Urazbaeva Dilnoza Ruzimbaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabda chet tilini o‘qitishning ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirish (10-11 sinflar misolida)” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped4417
Ilmiy rahbar: Narzikulova Dilnoza Xashimjanovna, pedagogika fanlari doktori, DSc, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01
Rasmiy opponentlar: Navruzbaeva Ayjan Sarsenbaevna, pedagogika fanlari doktori, DSc, professor; Bazarova Umida Mamurjanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi maktabda chet tilni o‘qitishning ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabda chet tilini o‘qitish jarayoniga metodik yondashuvlarni bosqichma-bosqich joriy etishning pedagogik-tashkiliy asoslari ishlab chiqildi hamda o‘quvchilarining ijtimoiy pedagogik rivojlanishini hisobga olib konseptual, adaptivlik, komunnikativ, lingvistik, madaniy, refleksiv kompetensiyalar asosida takomillashtirilgan;
innovasion texnologiyalar asosida o‘quvchilarida chet tilini o‘rgatishda pragmatik yondashuv, ijtimoiy-madaniy subkompetentlik, kommunikativ-raqamli texnologiya, CLIL texnologiyasi, loyiha asosida o‘qitish, gamifikatsiya, Blended learning kabi dasturiy–faol infratuzilma asosida rivojlantirilgan.
maktabda chet tilini o‘qitishning ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirish modeli tashkiliy, kollaborativ, kommunikativ hamda aksiologik yondashuvlar integratsiyasiga asoslanib, didaktik materiallarni loyihalashning tizimli mexanizmlari takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda chet tilini o‘qitishning samaradorligi aksial mezonlarning yuqori, o‘rta hamda past darajalariga mosligi ijtimoiy faollik va hamkorlik, adaptiv omillar orqali til o‘rganish bo‘yicha bilim va ko‘nikmani qo‘llashga yo‘naltirilgan baholash mezonlari va kompleks diagnostik tizim asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Maktabda chet tilini o‘qitishning ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar:
maktabda chet tillni o‘rganish va tahlil qilish asosida taqdim etilgan ta’lim tizimini pedagogik-tashkiliy asoslari ishlab chiqib o‘quvchilarining ijtimoiy pedagogik rivojlanishini hisobga olgan holda konseptual, adaptivlik, komunnikativ, lingvistik, madaniy, refleksiv kompetensiyalar asosida takomillashtirish jarayoni sifatida namoyon bo‘lishi, xorijiy madaniyatlar doirasida ijtimoiy tajribani integratsiya asosida doir amaliy taklif va tavsiyalar 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-381 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida xizmat qilgan. Natijada maktabda ingliz tilini o‘qitishning ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirilgan;
innovasion texnologiyalar asosida o‘quvchilarida chet tilini o‘rgatishda pragmatik yondashuv, ijtimoiy-madaniy subkompetentlik, kommunikativ-raqamli texnologiya, CLIL texnologiyasi, loyiha asosida o‘qitish, gamifikatsiya, Blended learning metodikalarni o‘quv jarayonida ijtimoiy madaniy kontekstli muloqotga kirishishda aksiologik motivatsiyasiyalar orqali ingliz tili darslarida qo‘llash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan ishlab chiqishga doir 2-3 bosqich bakalavr talabalariga “Chet tillini o‘rgatishning integrallashgan kursi” amaliy fanidan o‘quv qo‘llanma joriy etildi ( O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 09 iyuldagi “258”-sonli buyrug‘iga asosan Guvohnoma №584777 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ingliz tili darslarida o‘qitishning ilmiy asoslangan texnologiyalari, kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
maktabda chet tilini o‘qitishning ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirish modeli tashkiliy, kollaborativ, kommunikativ hamda aksiologik yondashuvlar integratsiyasiga asoslanib, didaktik materiallarni loyihalash, optimal darajaga erishish, o‘z-o‘zini baholashning ustuvorligiga erishish bosqichlarni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-381 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida xizmat qilgan. Natijada maktabda ingliz tilini o‘rgatishda ta’lim texnologiyalari samaradorligini oshirishga erishilgan.
o‘quvchilarda chet tilini o‘qitishning samaradorligi aksial mezonlarning yuqori, o‘rta hamda past darajalariga mosligi ijtimoiy faollik va hamkorlik, adaptiv omillar orqali til o‘rganish bo‘yicha bilim va ko‘nikmani qo‘llashga yo‘naltirilgan baholash mezonlari va kompleks diagnostik tizim asosida samaradorligini oshirishga qaratilgan metodikalar sinovdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 15-iyunda berilgan 03/40-1709 sonli raqamli ma’lumotnoma). Natijada maktabda ingliz tilini o‘rgatishda ta’lim texnologiyalari samaradorligini oshirishga erishilgan.