Otajonova Aziza Nigmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali toksik gepatit va immunokorreksiyada peyer pilakchalarning struktur-funksional xususiyatlari», 14.00.02–Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib835.
Ilmiy rahbar: Azizova Feruza Xusanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Oripov Firdavs Sur`atovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Sadriddinov Asomiddin Fayozovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali geliotrin gepatit va immunokorreksiya sharoitida peyer pilakchalarning  struktur-funksional xususiyatlarini  baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali toksik gepatitda peyer pilakchalarning struktur qayta qurilishining xarakteri, hujayralar proliferatsiyasining kamayishi va destruksiyasining kuchayishi hisobiga peyer pilakchalarda follikulalararo (T–ga to’be) soha maydoni va hujayralar joylashishi zichligining progressiv kichrayishi  asoslangan;
limfoid follikulalar egallagan maydonning oshishi, ularda keng germinativ markazlarining shakllanishi bilan bir qatorda hujayralar proliferatsiyasining oshishi  asoslangan;
surunkali geliotrinli gepatit sharoitida peyer pilakchalarning T- va V–sohalari orasida yaqqol disbalansning rivojlanganligi isbotlangan;
timus dori vositalarini, ya’ni taktivin i timalinning qo‘llanilishida, follikulalararo soha hujayralari proliferatsiyasining kuchayishi, ularning destruksiya darajasining kamayishiga olib kelishi hamda peyer pilakchalari T- va V – sohalari o‘zaro munosabatlarining tiklanishi isbotlangan;
splenin surunkali toksik gepatit sharoitida peyer pilakchalarilarning struktur holatiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaganligi asoslangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali toksik gepatit va immunokorreksiyada peyer pilakchalarining struktur-funksional xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Surunkali toksik gepatitda immunn statusni korreksiya qilish usullari»  uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi 8n-d/285-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali toksik gepatit va immunokorreksiyada peyer pilakchalarining struktur-funksional xususiyatlari solishtirma tahlili asosida  baholash imkonini bergan;
curunkali toksik gepatit va immunokorreksiyada peyer pilakchalarining struktur-funksional xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muassasalararo ilmiy tadqiqot laboratoriyasi  va Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti tibbiy-biologiya laboratoriyasi fundamental tadqiqotlar ilmiy natijalari  faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 8n-d/230-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi surunkali toksik gepatit sharoitida immun tizimining o‘zgarishlari mavjud bemorlarda  kasalliklarning oldini olish va davolashning patogenetik usullarini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish