Rasulova Zilola Durdimurotovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Bo‘lajak o‘qituvchilar kreativ kompotentligini rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: DSc.03/30.122019.Ped.34.01.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich - pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01
Rasmiy opponentlar: Kurbaniyazova Zamira Kalbaevna - pedagogika fanlari doktori, professor, Isakulova Nilufar Janikulovna - pedagogika fanlari doktori, professor, Xojieva Maqsuda Sultonovna - pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish va ularning ta’lim jarayonidagi samaradorligini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilar kreativ kompetentligini rivojlantirish jarayoni innovatsion ta’lim sharoitida tahlil qilinib, ta’lim-tarbiyaviy jarayon obekti va subektlarining oʻzaro hamkorligi, kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillar aniqlangan, oʻquv-tarbiyaviy jarayondagi kuzatish, tushunish, tushuntirish amaliy faoliyat bilan integratsiyalashgan, ularning samaradorligi nazariy asoslangan, amaliy qoʻllangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirishda tayanch kompetensiyalar modellashtirilgan, MLP “Modeling the lesson process” (Dars jarayonini modellashtirish), EUDA “Envision–Understanding–Design–Accoplish” (Tasavvur qilish –Tushunish–Loyihalash – Amalga oshirish), STEAM (Science, Technology, Engineering, Mathematics), PBL “Project-Based Learning” (Loyihaga asoslangan) ta’lim texnologiyalari asosida loyihalashning motivatsion, kognitiv, faoliyatli va natijaviy bosqichlari uzviyligining didaktik ta’minoti yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ kompetentligi zamonaviy paradigmal yondashuv asosida kompetentlik darajalari AR (Augmented Reality) / VR (Virtual Reality) (VR/AR) interaktiv metodlar bilan uyg‘un pedagogik modeli psixologik, pedagogik tashxislashtirilgan, ta’limiy-tarbiyaviy jarayon tashkil qilingan va korreksiyalangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ kompetentligini baholash mezonlari va tashxis qilish metodikasi ishlab chiqilgan, o‘qitishning zamonaviy shakllariga asoslangan innovatsion ta’lim muhitini tashkil etishga oid “Kelajak ta’limi” elektron platformasi yaratilib, kasbiy faoliyatni korreksiyalash imkonini beruvchi tizimli diagnostik model takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, jarayonli, faol va interfaol dars shakllari pedagogik innovatsiyalar hamda raqamli va metodik savodxonlik bilan oʻzaro uygʻunlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy texnologiyalar orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirish innovatsion ta’lim sharoitida ta’lim-tarbiyaviy jarayon obekti va subektlarining o‘zaro hamkorligi, kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillar aniqlangan, o‘quv-tarbiyaviy jarayonidagi kuzatish, tushunish, tushuntirish, eslab qolish, qo‘llash, baholash, tahlil qilish amaliy faoliyat bilan integratsiyalashgan, ularning samaradorligi nazariy asoslangan, amaliy qo‘llanganligiga doir tavsiyalar “Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar” nomli darslikning ma’ruza mashg‘ulotlari bo‘limi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i, 438337 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning innovatsion metodlardan foydalanish ko‘nikmalarini va kreativ bilimlarini rivojlantirishga zamin yaratgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirishda tayanch kompetensiyalar modellashtirilgan, MLP “Modeling the lesson process” (Dars jarayonini modellashtirish), EUDA “Envision–Understanding–Design–Accoplish” (Tasavvur qilish –Tushunish–Loyihalash – Amalga oshirish), STEAM (Science, Technology, Engineering, Mathematics), PBL “Project-Based Learning” (Loyihaga asoslangan ta) zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida loyihalashning motivatsion, kognitiv, faoliyatli va natijaviy bosqichlari uzviyligining didaktik ta’minotiga doir taklif va tavsiyalar “Texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar” nomli darslikning amaliy mashg‘ulotlar bo‘limi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i, 438337 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning kreativ kompetentligini rivojlantirish va ularning innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ kompetentligi zamonaviy pradigmal yondashuv asosida kompetentlik darajalari AR (Augmented Reality), VR (Virtual Reality) interaktiv metodlar bilan uyg‘un pedagogik modeli psixologik, pedagogik tashxislashtirilgan, ta’limiy-tarbiyaviy jarayonni tashkillashtirish haqidagi ilmiy-nazariy qarashlar “PZ-202005236 – Oila psixologiyasi fanidan multimedia mahsulotini yaratish” mavzusidagi lohiyani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil, 22-dekabrdagi 01-11-05/7593-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalari shakllantirilib, ularning pedagogik faoliyatga ijodiy tanqidiy yondashuv shart-sharoitlari yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ kompetentligini baholash mezonlari va tashxis qilish metodikasi ishlab chiqilgan, o‘qitishning zamonaviy shakllariga asoslangan innovatsion ta’lim muhitini tashkil etishga oid “Kelajak ta’limi” nomli o‘qitish platformasi hamda zaruriy hollarda korreksiyalash imkonini beruvchi tizimli diagnostik modelidan foydalanishga qaratilgan o‘quv topshiriqlariga oid xulosalardan “AL-7823051675-sonli “Ijtimoiy tarmoqlardagi turli xarakterlik matnli ma’lumotlarni aniqlash va monitoringini amalga oshirish tizimini ishlab chiqish” nomli innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2025-yil 15-sentyabrdagi 2705/05-2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning axborot ta’lim muhitidan samarali foydalanishlari, mustaqil ishlash ko‘nikmalarining rivojlanishi, ularning kreativ bilimlarini baholashning shaffofligini ta’minlashda muhim omil sifatida xizmat qilgan;
dissertatsiya ishida keltirlgan zamonaviy texnologiyaga asoslangan bo‘lajak o‘qituvchilar kreativ kompetentligini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, faol va interfaol dars shakllari, pedagogik innovatsiyalar hamda raqamli va metodik savodxonlik o‘zaro uyg‘unlashtirilgan. Tadqiqot natijalari Buxoro davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat universiteti, Termiz davlat pedagogika instituti, Shaxrisabz davlat pedagogika institutlarida amaliyotga joriy etilgan va dalolatnomalar olingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 6-oktyabrdagi 02/01-01-379-sonli ma’lumotnomasi). Shuningdek , AIF 2/20-sonli “Texnik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan innovasion texnologiyalar asosida malakali muhandislarni tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” nomli xalqaro loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat texnika universitetining 2026-yil 20-yanvardagi 347-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, texnika yo‘nalishidagi talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash va ularning kreativ kompetentligini rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan.