Ergashev Mirsaid Baxtiyor o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida muhabbat izhorining konseptual va pragmatik mazmuni”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil5165
Ilmiy rahbar: Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ingliz va o‘zbek tillarida muhabbat izhori ifodasining kommunikativ, konseptual va pragmatik mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida emotiv va ekspressiv vositalarning kognitiv asoslari (leksik konsept, ekspressivlik) hamda konseptuallashish jarayoni (ekspressiv nutqiy aktlar) aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida muhabbat izhorini ifodalovchi lisoniy vositalar (leksik birliklar, frazeologik birliklar, idiomalar, paremiologik birliklar) tavsiflangan hamda muhabbat konseptining badiiy matnlarda va nutqda voqelanishi chog‘ishtirma aspektda ochib berilgan;
turli tizimli tillarda muhabbat izhorini shakllantiruvchi verbal (his-hayajon gaplar, tuyg‘uga asoslangan ifodalar, sifatlovchi ifodalar, ramziy ifodalar) va noverbal (imo-ishora, masofa saqlash, yuz ifodasi, nigoh, sovg‘a, turli ramziy xatti-harakatlar) vositalarning pragmatik mazmunga aloqadorligi isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillardagi muhabbat izhorini ifodalovchi lisoniy vositalarning lingvomadaniy omillarga (leksik va frazeologik birliklar, ekspressiv nutqiy aktlar, emotsional-baholovchi birliklar, ramziy predmetlar va madaniy stereotiplar, kommunikativ qoidalar va kontekstual me’yorlar) bog‘liqligi va kommunikativ kontekstda pragmatik vazifalarga (muhabbat izhorini rejalashtirish, izhor strategiyalari, nutqiy aktlar, emotsional va ekspressiv vositalar) bog‘liqligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy ishda ingliz va o‘zbek tillariga xos bo‘lgan muhabbat izhori bilan bog‘liq lisoniy birliklar va ularning har ikki tilda ifodalanishi misollar yordamida solishtirilgan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida emotiv va ekspressiv vositalarning kognitiv asoslari (leksik konsept, ekspressivlik) hamda konseptuallashish jarayoni (ekspressiv nutqiy aktlar) aniqlanganligi borasidagi ilmiy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2026–yil 5-yanvardagi 6/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ishtirokchilari tilning emotiv va ekspressiv xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishgan;
ingliz va o‘zbek tillarida muhabbat izhorini ifodalovchi lisoniy birliklar (leksik birliklar, frazeologik birliklar, idiomalar, paremiologik birliklar) tavsiflangan hamda muhabbat konsepti badiiy matnlarda voqelanishi chog‘ishtirma aspektda ochib berilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2020–2022-yillarga mo‘ljallangan Britaniya Kengashi (British Council) hamkorligida amalga oshirilgan 1683580-raqamli “English as a school subject” nomli xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026–yil 6-yanvardagi 11-25/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, muhabbat konseptining badiiy matnlarda ifodalanish usullari hamda uni yuzaga chiqaruvchi lisoniy vositalarning milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etishda foydalanilgan;
turli tizimli tillarda muhabbat izhorini shakllantiruvchi verbal (his-hayajon gaplar, tuyg‘uga asoslangan ifodalar, sifatlovchi ifodalar, ramziy ifodalar) va noverbal (imo-ishora, masofa saqlash, yuz ifodasi, nigoh, sovg‘a, turli ramziy xatti-harakatlar) vositalarning pragmatik mazmun bilan uzviy bog‘liqligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2026–yil 5-yanvardagi 03/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy loyiha doirasida olib borilgan tadqiqotlar yangi nazariy xulosalar va qo‘shimcha lingvomadaniy materiallar bilan boyitilgan.
qiyoslanayotgan tillardagi muhabbat izhorini ifodalovchi lisoniy vositalarning lingvomadaniy omillarga (leksik va frazeologik birliklar, ekspressiv nutqiy aktlar, emotsional-baholovchi birliklar, ramziy predmetlar va madaniy stereotiplar, kommunikativ qoidalar va kontekstual me’yorlar) bog‘liqligi va kommunikativ kontekstda pragmatik vazifalarga (muhabbat izhorini rejalashtirish, izhor strategiyalari, nutqiy aktlar, emotsional va ekspressiv vositalar) bog‘liqligi dalillanganligiga doir ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi”da 2025-yil 1-yanvar kuni efirga chiqqan “Akmal Nur: san’atda ham raqobat kerak” nomli ko‘rsatuvining navbatdagi soni ssenariyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Axborot agentligining 2026-yil 6-yanvardagi 01-23/12 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlarning badiiy tarjima planidagi zamonaviy yo‘nalishlar to‘g‘risida bilimlar fondini oshirishga erishilgan.