Raximov Odilbek Raxmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida sigirlarda alimentar bepushtliklarning sabablari, diagnostikasi va profilaktikasi”, 16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2024.1.PhD/V115
Ilmiy rahbar: Eshburiev Baxtiyar Mamatqulovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomiSamarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.08/2025.27.12.V.11.01.
Rasmiy opponentlar: Dilmurodov Nasriddin Babakulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Tursagatov Jahongir Mamatovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasining noqulay geoekologik iqlim sharoitida yuqori mahsuldor sigirlarda alimentar bepushtliklarning uchrash darajasi, sabablari, rivojlanish mexanizmlari va ertachi diagnostikasini o‘rganish hamda oldini olish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitidagi qoramolchilik fermer xo‘jaliklarida mahsuldor sigirlar alimentar bepushtliklarining uchrash darajasi “Saparov O‘mirbek” fermer xo‘jaligida - 42,9%, “Amir oq chashma” da - 41,7% va Nukus tumani “Qoniratbay Mexri” fermer xoʻjaligida 31,6% ni tashkil etishi aniqlangan;
sigirlarning alimentar bepushtliklarida ratsionning me’yorlashtirilmaganligi, hayvonlarni qand bilan ta’minlanishining 61,6% ga, karotinni – 22,57%, kalsiyni -9,9%, fosforni – 35,88%ga kamligi asosiy sabablar ekanligi aniqlangan;
sigirlarning alimentar bepushtliklarini ultratovush tekshiruvi (UTT) va “Ekspress-test to‘plami” yordamida tekshirish, qon zardobidagi follikulastimullovchi gormon (0,67 ng/ml), lyuteinlovchi gormon (0,65 ng/ml) va proGEStron gormoni (2,1nmol/l) tekshirishga asoslangan zamonaviy ertachi aniqlash usullari ishlab chiqilgan;
sigirlarda alimentar bepushtliklarni oldini olishda energetik-protein jihatdan me’yorlashtirilgan “Innutra” omuxta emi va “Sammiks EKO” primeksini qo‘llash hamda “Fergalin” preparatidan bir marta muskul orasiga 2 ml in’eksiya qilishga asoslangan guruhli profilaktikasi usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fermer xo‘jaliklari sharoitida parvarishlanayotgan mahsuldor sigirlarda alimentar bepushtliklarni ertachi aniqlash va guruh usulida oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida sigirlarda alimentar bepushtliklarning diagnostikasi va profilaktikasi bo‘yicha tavsiyalar” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 17 noyabrdagi №18- son bayonnomasi). Natijada sigirlarda alimentar bepushtliklarning rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish asosida zamonaviy tekshirish usullarini qo‘llash orqali ertachi diagnostika va profilaktika qilishga erishilgan;
sigirlarda alimentar bepushtliklarni ertachi diagnostika qilish maqsadida ultratovush tekshiruvi (UTT), “Ekspress-test to‘plami” yordamida tekshirish, qon zardobidagi follikulastimullovchi gormon, lyuteinlovchi gormon va proGEStron miqdorini tekshirishga asoslangan zamonaviy ertachi aniqlash usullari ishlab chiqilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 21 noyabrdagi 33/03-12-1385-son ma’lumotnomasi). Bunda sigirlarni urug‘lantirishning bir oyligidan boshlab bepushtliklarni ertachi aniqlash imkoniyati yaratilgan;
sigirlarda alimentar bepushtliklarni profilaktika qilish uchun “Innutra” omuxta emini qo‘llash bilan ratsionni takomillashtirish, bir boshga bir sutkada 150 g “Sammiks EKO” premiksini berish va “Fergalin” preparatidan 2 ml muskul orasiga ineksiya qilishga asoslangan profilaktik majmua Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumanidagi “Qoniratbay-mexri” fermer xo‘jaligi, Ellikqa’la tumani “Amir oq chashma” fermer xoʻjaligi va Beruniy tumanidagi “Saparov O‘mirbek” fermer xoʻjaliklariga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 21 noyabrdagi 33/03-12-1385-son ma’lumotnomasi). Natijada sigirlarning alimentar bepushtliklarini oldini olishda yuqori samaradorlikka erishilib, servis davrini o‘rtacha 20 kunga qisqartirish va otalanish darajasini 40 foizga oshirishga erishilgan.