Atadjanov Mamirjon Yusupovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Milliy psixologik qiyofa xavfsizligiga zamonaviy tahdidlar transformatsiyasi va himoya mexanizmlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/P229.
Ilmiy maslahatchi: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullajonova Dilnoza Sultonbekovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Safaev Nuriddin Salihovich, psixologiya fanlari doktori, professor, Nazarov Akmal Mardonovich psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy psixologik qiyofa xavfsizligiga zamonaviy tahdidlar transformatsiyasi va himoya mexanizmlarini ilmiy jihatdan ochib berish hamda milliy ong va psixologik barqarorlikni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan samarali himoya mexanizmlarini ilmiy asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
psixologik qiyofa xavfsizligiga zamonaviy tahdidlar va ulardan himoyalanish mexanizmlari psixologiya, sotsiologiya, etnografiya, madaniyatshunoslik va xavfsizlik sohalarining kompleks uyg‘unligiga ko‘ra milliy qiyofa indikatorlari ierarxiyasidagi ijtimoiy xususiyatlarning ikki qutbli ta’sirini differensiatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
o‘zbek xalqining etnopsixologik xususiyatlarini tavsiflashda etnogenez, etnodemografiya, ijtimoiy guruhga mansublik, etnolingvistika, etnik madaniyat, baynalmilalchilik, etnik siyosat, etnik iqtisodiyot, etnik ijtimoiy o‘ziga xoslik omillarini milliy g‘oya va mafkura uzviyligida konseptual birlashtiruvchi mexanizmlarga asoslanib, milliy psixologik qiyofa tushunchasining ijtimoiy-demografik ta’sirlarga bog‘liq qadriyatlar ierarxiyasi bilan korrelyasiyalangan indikatorlar orqali etnopsixologik kategoriyalar tizimlashtirilgan;
milliy psixologik qiyofada shakllanishi psixologik qiyofa va ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga tahdidlar transformatsiyasini baholashning yangi ilmiy asoslari hamda salbiy psixologik transformatsiyalarni diagnostika qilish metodologiyasiga asoslanib, tahdidlarning an’anaviy shakllaridan zamonaviy shakllariga madaniy identiklikning ikki qutbli chegarasi orqali o‘zgarish dinamikasi asosida yuzaga kelishi dalillangan;
zamonaviy tahdidlarning latent, tezkor va tarmoqlashgan xususiyatiga ko‘ra tarixiy-ma’naviy an’analar bilan zamonaviy milliy davlatchilik qurilishi uzviyligida “milliy psixologik qiyofa”, “milliy xarakter”, “tahdidlar transformatsiyasi”, “xavfsizlik” va “himoya mexanizmlari” tushunchalarining yangi mazmun-mohiyatini ochib berish natijasida shaxsiy xavfsizlik qadriyatining shaxsning o‘ziga bo‘lgan munosabati orqali davlat xavfsizligini ta’minlashiga ta’siri konseptual asosda dalillangan;
milliy psixologik qiyofa xavfsizligiga zamonaviy tahdidlarning ta’siri shaxsiy xavotir qadriyatining gibrid madaniy axborotlarga bog‘liq transformatsiyalashgan yo‘nalishiga ko‘ra shaxsiy xavotirlanish darajasining o‘ziga, agressiv reaksiyalarning davlatga yo‘nalganlik rakursida o‘zgarishiga olib keladigan emotsional holat bilan bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  Milliy psixologik qiyofa xavfsizligiga zamonaviy tahdidlar transformatsiyasi va himoya mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
psixologik qiyofa xavfsizligiga zamonaviy tahdidlar va ulardan himoyalanish mexanizmlari psixologiya, sotsiologiya, etnografiya, madaniyatshunoslik va xavfsizlik sohalarining kompleks uyg‘unligiga ko‘ra milliy qiyofa indikatorlari ierarxiyasidagi ijtimoiy xususiyatlarning ikki qutbli ta’sirini differensiatsiyalash orqali takomillashtirilgan ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-sentyabrdagi № PM-128-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-sentyabrdagi № PM-128-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologiya, etnografiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik va jamiyatshunoslik fanlarida milliy psixologik qiyofa va milliy xarakterni o‘rganish imkoni kengaytirilgan;
o‘zbek xalqining etnopsixologik xususiyatlarini tavsiflashda etnogenez, etnodemografiya, ijtimoiy guruhga mansublik, etnolingvistika, etnik madaniyat, baynalmilalchilik, etnik siyosat, etnik iqtisodiyot, etnik ijtimoiy o‘ziga xoslik omillarini milliy g‘oya va mafkura uzviyligida konseptual birlashtiruvchi mexanizmlarga asoslanib, milliy psixologik qiyofa tushunchasining ijtimoiy-demografik ta’sirlarga bog‘liq qadriyatlar ierarxiyasi bilan korrelyasiyalangan indikatorlar orqali etnopsixologik kategoriyalar tizimlashtirilgan ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-sentyabrdagi № PM-128-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-sentyabrdagi № PM-128-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud ilmiy manbalardagi ma’lumotlarni tahlil qilish asosida xavfsizlik va xavfsizlik sohalari, xatarlar turlari va manbalari, tahdidlar shakli va transformatsiyasi kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini aniqlash imkoni yaratilgan;
milliy psixologik qiyofada shakllanishi psixologik qiyofa va ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga tahdidlar transformatsiyasini baholashning yangi ilmiy asoslari hamda salbiy psixologik transformatsiyalarni diagnostika qilish metodologiyasiga asoslanib, tahdidlarning an’anaviy shakllaridan zamonaviy shakllariga madaniy identiklikning ikki qutbli chegarasi orqali o‘zgarish dinamikasi asosida yuzaga kelishi dalillangan ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-sentyabrdagi № PM-128-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-sentyabrdagi № PM-128-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsus tadqiqot usullari yordamida zamonaviy o‘zbek milliy psixologik qiyofasida ustun sifatlami aniqlash samaradorligi oshgan;
zamonaviy tahdidlarning latent, tezkor va tarmoqlashgan xususiyatiga ko‘ra tarixiy-ma’naviy an’analar bilan zamonaviy milliy davlatchilik qurilishi uzviyligida “milliy psixologik qiyofa”, “milliy xarakter”, “tahdidlar transformatsiyasi”, “xavfsizlik” va “himoya mexanizmlari” tushunchalarining yangi mazmun-mohiyatini ochib berish natijasida shaxsiy xavfsizlik qadriyatining shaxsning o‘ziga bo‘lgan munosabati orqali davlat xavfsizligini ta’minlashiga ta’siri konseptual asosda dalillangan ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-sentyabrdagi № PM-128-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-sentyabrdagi № PM-128-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot jarayonida aniqlangan zamonaviy tahdidlaming manbalari, shakllari, obektlari va usullari asosida samarali himoya mexanizmlarini aniqlashga erishilgan;
milliy psixologik qiyofa xavfsizligiga zamonaviy tahdidlarning ta’siri shaxsiy xavotir qadriyatining gibrid madaniy axborotlarga bog‘liq transformatsiyalashgan yo‘nalishiga ko‘ra shaxsiy xavotirlanish darajasining o‘ziga, agressiv reaksiyalarning davlatga yo‘nalganlik rakursida o‘zgarishiga olib keladigan emotsional holat bilan bog‘liqligi aniqlangan ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-sentyabrdagi № PM-128-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-sentyabrdagi № PM-128-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy psixologik qiyofa xavfsizligiga zamonaviy tahdidlar transformatsiyasi va himoya mexanizmlari mazmuni atroflicha o‘rganilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish