Atadjanova Dinara Ulug‘bekovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarda o‘zlashtirmovchilik sabablarini diagnostikasi va psixokorreksiyasi” 19.00.06-Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/P264. 
Ilmiy maslahatchi: Djumaniyazova Muxayya Xusinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abira Amanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor, Jumaev Ulug‘bek Sattorovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent, Sherimbetova Zamira Shalabaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi  tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarda o‘zlashtirmovchilik sabablarining diagnostikasi va psixokorreksiyasi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda o‘quv faoliyatini ijobiy qabul qilishida psixologik tayyorligi va yangi bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ichki qiziqishi, qoniqish hissining o‘zlashtirmovchilik ehtimolini kamaytiruvchi omil ekanligiga ko‘ra, psixokorreksion aralashuvning yo‘naltirilgan tarzda olib borilishida mustaqil fikrlash va muammoli vaziyatlarda echim izlashga moyillikning «o‘qishdan zavqlanish holati», «o‘qishga ehtiyoj» «kitobni tanlashda hissiy impulslilik» bilan uyg‘unlashuvi aniqlangan; 
o‘quvchilarda o‘zlashtirmovchilikni korreksiyalashda o‘zini-o‘zi anglash hamda akademik motivatsiyaga zarurat borligiga ko‘ra, “ichki qo‘llab-quvvatlash”, “moslashuvchanlik”, “sensorlik”, “o‘z-o‘zini qabul qilish” darajasining o‘quv faoliyatidagi salbiy ta’sirlarga qarshi ichki psixik muvozanatga bog‘liq namoyon bo‘lishi miqdoriy baholash asosida isbotlangan;
o‘quvchilarni o‘z-o‘zini tashkil qilish, ijtimoiy faollik va energiya uyg‘unligi orqali ta’limga yanada faol jalb qilinishida ichki uyg‘unlik va tashqi faollikning o‘zaro integratsiyalashuvining muhimligiga ko‘ra, o‘quvchiga ichki energiyasini maqsadli harakatlarga yo‘naltirishda psixokorreksion mashg‘ulotlarda kreativlikni oshiruvchi usullardan foydalanish zarurati asoslangan; 
o‘quvchilarda o‘zlashtirmovchilik sabablarini psixokorreksiyalashda o‘quvchilarning ichki intellektual jarayonlarini kommunikativ va transsendental metaforalar orqali uyg‘unlashtirish, harakatlarni ongli anglash va o‘zaro bog‘liq psixik holatlarni tushunishga yo‘naltirilgan konseptual yondashuv asosida psixologik o‘sish va emotsional etuklikka erishsish o‘quv fanlarini o‘zlashtirishga bo‘lgan ichki motivatsiyani kuchaytirishi psixologik trening dasturini qo‘llash asosida dalillangan; 
o‘quvchilarning bilim olishini rivojlantirishda shaxsiy o‘qishga qiziqish strukturasining bilimga asoslangan ichki ehtiyojlari faollashishiga olib kelganligi tufayli kognitiv, ijtimoiy, kommunikativ, emotsional va instrumental motivlar o‘zlashtirmovchilikni kamaytiruvchi psixologik tayanch ekanligi “O‘quv faoliyatida individual yondashuv modeli”ni qo‘llash asosida isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinganligi. 
“O‘quvchilarda o‘zlashtirmovchilik sabablarini diagnostikasi va psixokorreksiyasi” yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda o‘quv faoliyatini ijobiy qabul qilishida psixologik tayyorligi va yangi bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ichki qiziqishi, qoniqish hissining o‘zlashtirmovchilik ehtimolini kamaytiruvchi omil ekanligiga ko‘ra, psixokorreksion aralashuvning yo‘naltirilgan tarzda olib borilishida mustaqil fikrlash va muammoli vaziyatlarda echim izlashga moyillikning «o‘qishdan zavqlanish holati», «o‘qishga ehtiyoj» «kitobni tanlashda hissiy impulslilik» bilan uyg‘unlashuvi aniqlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-183-son buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-183-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda fanlarni yaxshi o‘zlashtira olmaslikka olib keluvchi omillarni aniqlashga yo‘naltirilgan metodikalar tizimi takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda o‘zlashtirmovchilikni korreksiyalashda o‘zini-o‘zi anglash hamda akademik motivatsiyaga zarurat borligiga ko‘ra, “ichki qo‘llab-quvvatlash”, “moslashuvchanlik”, “sensorlik”, “o‘z-o‘zini qabul qilish” darajasining o‘quv faoliyatidagi salbiy ta’sirlarga qarshi ichki psixik muvozanatga bog‘liq namoyon bo‘lishi miqdoriy baholash asosida isbotlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-183-son buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya»  moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-183-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning o‘zlashtirmovchilik darajasini ularning yosh psixologik xususiyatlari, o‘quv faoliyatiga munosabati va shaxsiy motivatsiyasi bilan bog‘liq holda tahlil qilish mezonlari ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarni o‘z-o‘zini tashkil qilish, ijtimoiy faollik va energiya uyg‘unligi orqali ta’limga yanada faol jalb qilinishida ichki uyg‘unlik va tashqi faollikning o‘zaro integratsiyalashuvining muhimligiga ko‘ra, o‘quvchiga ichki energiyasini maqsadli harakatlarga yo‘naltirishda psixokorreksion mashg‘ulotlarda kreativlikni oshiruvchi usullardan foydalanish zarurati asoslanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-183-son buyrug‘i bilan «Ta’limda psixodiognostika va psixokonsultatsiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-183-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda emotsional barqarorlik, o‘zini boshqara olish, ichki intizom va shaxsiy javobgarlik kabi psixologik omillar bilan bog‘liq o‘zlashtirish muammolarini differensial tahlil qilish mexanizmi ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarda o‘zlashtirmovchilik sabablarini psixokorreksiyalashda o‘quvchilarning ichki intellektual jarayonlarini kommunikativ va transsendental metaforalar orqali uyg‘unlashtirish, harakatlarni ongli anglash va o‘zaro bog‘liq psixik holatlarni tushunishga yo‘naltirilgan konseptual yondashuv asosida psixologik o‘sish va emotsional etuklikka erishish o‘quv fanlarini o‘zlashtirishga bo‘lgan ichki motivatsiyani kuchaytirishi psixologik trening dasturini qo‘llash asosida dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-183-son buyrug‘i bilan «Ta’limda psixodiognostika va psixokonsultatsiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-183-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zlashtirmovchilikka ega o‘quvchilar uchun shaxsiy yondashuvga asoslangan psixokorreksion mashg‘ulotlar kompleksi ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarning bilim olishini rivojlantirishda shaxsiy o‘qishga qiziqish strukturasining bilimga asoslangan ichki ehtiyojlari faollashishiga olib kelganligi tufayli kognitiv, ijtimoiy, kommunikativ, emotsional va instrumental motivlar o‘zlashtirmovchilikni kamaytiruvchi psixologik tayanch ekanligi “O‘quv faoliyatida individual yondashuv modeli”ni qo‘llash asosida isbotlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-183-son buyrug‘i bilan «peda» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 3-dekabrdagi PM-183-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning o‘zlashtirish jarayonini psixologik qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan pedagogik-psixologik trening dasturi amaliyotga tadbiq etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish