Abdullaeva Shoxista Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Og‘ir neft gudronlari asosida kolloid va ekspluatatsion xossalari yaxshilangan yo‘l bitumlari olish texnologiyasi”, 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi  (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5821.
Ilmiy rahbar: Xo‘jaqulov Aziz Fayzullaevich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.16.05.
Rasmiy opponentlar: Anorov Rustamjon Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, dotsent;  Abdurahmonov Eldor Barotovich, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: og‘ir neft gudronlari asosida kolloid va ekspluatatsion xossalari yaxshilangan yo‘l bitumlari olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
asfaltenlar ko‘p yoki kam flokulyasiyalangan holatlarda bitumlar “gel” dispers holatida bo‘lib, asfaltenlardan iborat panjara-karkas koagulyasiyalangan kuchsiz strukturaga ega bo‘lib, ushbu struktura struksiyalangan dispers muhitda nyuton suyuqliklari bo‘lmagan xarakteristikalarni namoyon etishi ilmiy asoslangan;
og‘ir neft gudronini 220-280 °C haroratlar oralig‘ida 1 kg gudron xomashyosi uchun havo sarfi 8 l/min va oksidlash davomiyligi 6 soat oksidlash jarayonining optimal sharoitlari ekanligi asoslangan bitumning yumshash harorati 27,5 °C dan 53,5 °C gacha oshishi isbotlangan;
oksidlangan bitum namunalarini modifikatsiyalash uchun QMMPE va DEA modifikatorlarini optimal konsentratsiyalari QMMPE – 15% va DEA – 2% deb tanlandi, bunda BND-M-1 bitum namunasining cho‘ziluvchanligi 57 sm dan 81 sm gacha, BND-M-3 bitum namunasining cho‘ziluvchanligi 31 sm dan 55 sm gacha va BND-M-4 bitum namunasining cho‘ziluvchanligi 28 sm dan 49 sm gacha oshishi hamda BND-M-1 bitum namunasining mo‘rtlashish harorati -13 ⁰C dan -19 °C gacha, BND-M-3 bitum namunasining mo‘rtlashish harorati -8 °C dan -16 °C gacha va BND-M-4 bitum namunasining mo‘rtlashish harorati -6 °C dan -11 °C gacha pasayishi isbotlangan;
og‘ir neft gudronidan fizik-kimyoviy, kolloid va ekspluatatsion xossalari bo‘yicha qo‘yilgan talablarga javob beruvchi BND-M-1 yo‘l neft bitumi, BND-M-3 yo‘l neft bitumi va BND-M-4 yo‘l neft bitumi olinishi ilmiy asoslangan; 
og‘ir neft gudronlari, QMMPE va DEA modifikatorlari asosida tovar yo‘l bitumlari olishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Og‘ir neft gudronlari asosida kolloid va ekspluatatsion xossalari yaxshilangan yo‘l bitumlari olish texnologiyasi boʻyicha olingan natijalar asosida:
og‘ir neft gudronidan olingan oksidlangan BND-M-1, BND-M-2, BND-M-3 va BND-M-4 bitum namunalarini QMMPE va DEA modifikatorlari bilan modifikatsiyalash texnologiyasi “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJ XKning “2026-2030-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“PETROMARUZ UZBEKISTAN” XKning 2025 yil 22 oktyabrdagi 04-11/258-son ma’lumotnomasi). Natijada, QMMPE – 15% va DEA – 2% konsentratsiyalarda aralashtirib olingan modifikatorlar asosida yuqori sifatli yo‘l bitumlari ishlab chiqarish imkonini beradi;
og‘ir neft gudronlari, QMMPE va DEA asosida ishlab chiqilgan resepturalarni qo‘llash orqali kolloid va ekspluatatsion xossalari yaxshilangan yo‘l bitumlarini ishlab chiqarish texnologiyasi “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJ XKning “2026-2030-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“PETROMARUZ UZBEKISTAN” XKning 2025 yil 22 oktyabrdagi 04-11/258-son ma’lumotnomasi). Natijada, og‘ir neft gudronidan fizik-kimyoviy, kolloid va ekspluatatsion xossalari bo‘yicha BND 130/200 markadagi bitumga qo‘yilgan talablarga javob beruvchi – BND-M-1 yo‘l neft bitumi, BND 60/90 markadagi bitumga qo‘yilgan talablarga javob beruvchi – BND-M-3 yo‘l neft bitumi va BND 40/60 markadagi bitumga qo‘yilgan talablarga javob beruvchi – BND-M-4 yo‘l neft bitumi ishlab chiqarish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish