Dang Yu Leining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Paeonia lactiflora (Pall.) ning bioekologik xususiyatlariga etishtirish sharoitlarining ta’siri », 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/B1670.
Ilmiy rahbar: Allaberdiev Rustamjon Xamraevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.B.01.15.
Rasmiy opponentlar: Xojimatov Olimjon Kaxxarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Maxkamov Turobjon Xusanboevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: P. lactiflora o‘simligining turli ekologik sharoitlardagi bioekologik xususiyatlarini aniqlash hamda uni amaliy ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor P. lactiflora o‘simligini Toshkent va Heze agroiqlim sharoitlarida bioekologik, morfologik va ekofiziologik ko‘rsatkichlari tizimli tarzda tadqiq qilinib, turli tuproq-iqlim sharoitlariga moslashish xususiyatlari ilmiy asoslangan;
P. lactifloraning mavsumiy gullash dinamikasi o‘rganilib, turli ekologik sharoitlarda abiotik omillar ta’sirida yuzaga keladigan fenologik o‘zgarishlar aniqlangan hamda vegetatsiya davrining davomiyligi bo‘yicha o‘zaro farqlanishi ochib berilgan;
O‘zbekiston Milliy universiteti Botanika bog‘i va Xitoyning Heze shahri sharoitlarida abiotik omillar hamda o‘simliklarning fiziologik ko‘rsatkichlari o‘rtasida muhim korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi, o‘simlik barg to‘qimalaridagi suv miqdori bilan hujayra shirasining osmotik bosimi o‘rtasida teskari bog‘liqlik aniqlanib, bu moslashuv jarayonlarining muhim ko‘rsatkichi sifatida baholangan;
P. lactiflora ildizlarida to‘plangan ikkilamchi metabolitlarning dorivor komponentlari metabolomika texnologiyasi asosida aniqlanib, ushbu o‘simlikning dorivorlik qiymatini nazariy asosi yaratilib, turli sharoitlarda uning biomassa ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. P. lactiflora o‘simligining bioekologik xususiyatlariga etishtirish sharoiti ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
P. lactiflorani introduksiya sharoitida etishtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 17 dekabrdagi 03-03/1-03/3-13755-son ma’lumotnomasi). Natijada, P. lactiflora Toshkent adirlarida etishtirilib, uning xom ashyosi dorivor maqsadlarda foydalanish imkonini bergan;
P. lactiflorani introduksiya sharoitida etishtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Toshkent Botanika bog‘i amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 13 noyabrdagi 4/1255-2825- son ma’lumotnomasi). Natijada, P. lactiflora Toshkent Botanika bog‘iga introduksiya qilinib, etishtirish imkonini bergan. Botanika bog‘i uer maydonlarida P. lactiflora turining onalik plantatsiyalari yaratilgan, bu esa o‘z navbatida ushbu o‘simliklarni o‘stirish hamda ko‘paytirish imkonini bergan.