Turg‘unov Jaloliddin Rahmonali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Introduksiya sharoitida Momordica charantia L. turining bioekologik xususiyatlari (Andijon viloyati misolida)», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/B1513.
Ilmiy rahbar: Naralieva Nasibaxon Mamanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.B.01.15.
Rasmiy opponentlar: Raximova Tashxanim Tuymuxamedovna, biologiya fanlari doktori, professor; Maxkamov Turobjon Xusanboevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: introduksiya sharoitlarida Momordica charantia L. ning bioekologik xususiyatlarini, fitokimyoviy tarkibini aniqlash va ekologik moslashuvini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Momordica charantia L. ning introduksiya sharoitida ontogenez qonuniyatlarini o‘rganish asosida vegetativ va generativ organlarining rivojlanish biologiyasi aniqlangan;
laboratoriya sharoitida Momordica charantia L. ning urug‘ unuvchanligiga abiotik omillarning ta’siri va chidamlilik darajasi aniqlangan;
M.charantia ning generativ davridagi morfobiologik xususiyatlari, mavsumiy rivojlanish maromi kuzatilgan va yangi muhitga moslanish darajasi baholangan;
ilk bor turli tuproq iqlim sharoitlarida Momordica charantia L. ning gullash va mevalash fazalarini o‘rganish orqali potensial va real urug‘ mahsuldorligi aniqlangan;
ilk bor molekulyar tadqiqotlar asosida Momordica charantia L. ning abiotik stress omillarga, ya’ni qurg‘oqchilik, sho‘rlanish, harorat ta’siriga chidamlilik xususiyatlari ochib berilgan;
o‘simlikning vegetativ va generativ organlarining fitokimyoviy tarkibi aniqlangan hamda M.charantia yangi muhitga introduksion baholangan va etishtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Momordica charantia L. ning turli tuproq iqlim sharoitlarida bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
arab anori (Momordica charantia L.) o‘simligini turli tuproq iqlim sharoitlarda etishtirish yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Andijon viloyatining (Andijon, Paxtaobod va Marhamat) tumanlari faoliyati amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 23 dekabrdagi 03-03/1-03/3-14077-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon viloyatining turli xil tuproq iqlim sharoitida bioekologik xususiyatlarini o‘rganish va molekulyar-genetik tahlillar asosida o‘simlikni stressga, sovuqqa, qurg‘oqchilikka va sho‘rlanishga, patogenlar va og‘ir metall (kadmiy)ga chidamlilik genlarini aniqlash orqali Momordica charantia L. ning keng masshtabda etishtirish imkonini bergan;
Momordica charantia L. ning nukleotid ketma-ketliklari Biotexnologik Ma’lumotlar Milliy markazi (National Center for Biotechnology Information) Genbankiga joylashtirilgan (Biotexnologik Ma’lumotlar Milliy markazining 2024 yil 31-iyuldagi PQ 043853-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur turning molekulyar-genetik ma’lumotlari xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasiga kiritilib, uning filogenetik o‘rnini aniqlash, boshqa turlar bilan genetik yaqinligini qiyosiy tahlil qilish hamda global miqyosda molekulyar sistematika tadqiqotlarida foydalanish imkonini bergan.