Miradxamova Gulyorxon O‘tkir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Atrof muhit ob’ektlarida Mn(II) va Cr(III) ionlarini immobillangan nitrozo-R-tuzi yordamida aniqlash va ajratish usullarini ishlab chiqish”, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/K908.
Ilmiy rahbar: Madusmonova Nazira Kuchkarboevna , texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Pulatov Xayrullo Lutfillaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Olmaliq va Ohangaron sanoat zonasi chiqindi suvlaridagi marganes (II) va xrom (III) ionlarini azot saqlagan organik reagent yordamida sorbsion-spektroskopik aniqlash va tozalashning tezkor va maxsus yo‘naltirilgan usullarini ishlab chiqish hamda atrof-muhit obektlarini monitoringini o‘tkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
marganes (II) va xrom (III) ionlarini selektiv eritish hamda xalaqit qiluvchi ionlarini cho‘ktirish asosida, eritmada, ushbu ionlarning konsentratsiyasini oshirishga yo‘naltirilgan samarali usuli ishlab chiqilgan;
nitrozo-R-tuzi reagentining polimerli PPF va SMA-1 tashuvchilarga immobillashning maqbul sharoitlari aniqlangan;
PPF va SMA-1 tolalariga immobillangan nitrozo-R-tuzi reagenti bilan, marganes (II), xrom (III) ionlaridan olingan komplekslarining tarkibi va jarayonning maqbul sharoitlari (pH=3-5, t=4-6 daqiqa, =500 nm, =510 nm, T=25 5oC) aniqlangan;
sorbsion-spektroskopik usulning metrologik xususiyatlarini tahlil qilish orqali marganes (II) va xrom (III) ionlarini aniqlanishning quyi chegarasi, eritmaga nisbatan 100 marta yaxshilanganligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
marganes (II) va xrom (III) ionlarini aniqlashning, ishlab chiqilgan sorbsion-spektroskopik usuli yordamida, sanoat chiqindi, oqova suvlar hamda turli tabiiy obektlarda ushbu ionlarning tahliliy monitoringi o‘tkazilgan va ob’ektlarning ekologik holati baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat chiqindi suvlari tarkibidagi Marganes(II), xrom (III) ionlarini aniqlash maqsadida PPF va SMA-1 tolalariga immobillangan nitrozo-R-tuzini qo‘llashga asoslangan sorbsion-spektroskopik usulni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
immobillangan nitrozo-R-tuzi yordamida marganes (II) ionini aniqlashning sorbsion-spektroskopik usuli «Olmaliq KMK» AJ markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida amaliyotga joriy qilingan (Olmaliq kon metallurgiya kanbinati AJning 2024 yil 25 dekabrdagi 1465-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat chiqindi suvlarda marganes (II) ionini tezkor aniqlash va konsentrlash imkonini bergan;
sanoat chiqindi suvlar tarkibidagi xrom (III) ionini aniqlashning sorbsion-spektroskopik usuli «Olmaliq KMK» AJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan (Olmaliq kon metallurgiya kanbinati AJning 2024 yil 25 dekabrdagi 1465-son ma’lumotnomasi). Natijada, atrof-muhit abekti tarkibidagi xrom (III) ioni miqdorini tezkor hamda iqtisodiy jihatdan samarali usulini ishlab chiqishga imkonini bergan.