Tadjiboeva Gulzoda Baxromjon qizining    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi xalq tabobati terminlarining struktural-semantik va lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5788.
Ilmiy rahbar: Solijonov Sobirjon Otaxonovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02
Rasmiy opponentlar: Satimova Dilafruzxon Numonjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Rahimov Usmonjon Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalq tabobat terminlarining kelib chiqishi, shakllaninsh bosqichlari va ularning ingliz va o‘zbek tillarida struktural-semantik va lingvokulturologik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi xalq tabobatiga oid terminlarning o‘xshash va farqli xususiyatlari aniqlanib, tabobat terminologiyasining shakllanishida o‘zlashma qatlamning morfologik, leksik va strukturaviy o‘rni ochib berilgan; 
xalq tabobati terminlarining yasalishida metaforik, paradigmatik, sintagmatik va assotsiativ munosabatlar tahlil qilinib, motivlangan va motivlanmagan terminlarda metafora hamda metonimiya asosida yuzaga kelgan semantik ko‘chish modellari aniqlangan;
xalq tabobati terminlarining madaniy negizlari, mifologik va ramziy xususiyatlari hamda motivlangan birliklarning termin sifatida shakllanish mexanizmi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi xalq tabobati terminlarini tarjima qilishda yuzaga keladigan linvokulturologik va struktural-semantik muammolar tahlil qilinib, ularni hal etishning samarali usullari (kontekstual yondashuv, izohli tarjima, standartlashtirish) ishlab chiqilgan hamda amaliy tavsiyalar berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi ingliz va o‘zbek tillarida “Xalq tabobati” terminlarining struktural-semantik va linvokulturologik tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
xalq tabobatiga oid terminlarining yasalishida metaforik, paradigmatik, sintagmatik va assotsiativ bog‘lanishlar soha doirasida motivlashgan va motivlashmagan terminlardagi metaforalar mavjudligi va metonimik ko‘chishning modellari ochib berilgan materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar nomoddiy milliy merosni rivojlantirish sho‘basi tomonidan bajarilgan 2025-yil 7-avgustdagi “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” 02-15-06-917-sonli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi 02-15-06-917-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosalarning qo‘llanilishi, shuningdek, foydalanilgan ilmiy-metodik tavsiyalar loyiha ishlanmalarining takomillashishiga xizmat qilgan;
xalq tabobatiga oid terminlarning madaniy asoslari, mifologik va ramziy xususiyatlari motivlangan birliklarning termin sifatida xoslanishi asoslab berilgan xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025 yil 22-noyabr 04/1-5613-son ma’lumotnomasi). Natijada axborot-qidiruv tizimlari uchun mo‘ljallangan o‘zbek tilining morfoleksikoni xalq tabobati terminlarining strukturaviy-semantik tizimi, ularning paradigmatik va sintagmatik munosabatlari hamda asosiy semantik xususiyatlari bilan boyitildi;
ingliz va o‘zbek tillaridagi xalq tabobatiga oid terminlar struktural-semantik hamda lingvomadaniy o‘xshash va farqli jihatlari tabobat terminologiyasining shakllanishida o‘zlashma qatlamining (morfologik, leksik, strukturaviya) o‘rni ochib berilgan xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PF-201912258 sonli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan ( Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 22-noyabrdagi 04/1-5614-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga doir, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlar samaradorligiga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi xalq tabobati terminlarining tarjima jarayonida yuzaga kelgan linvokulturologik va struktural-semantik muammolarni samarali hal etish uchun kontekstual yondashuv, izohli tarjima hamda terminlarni standartlashtirish orqali xalq tabobati me’rosini ilmiy asosda jahon hamjamiyatiga yetkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 4-dekabrdagi 05-09-1953-son ma’lumotnomasi).  Natijada, ushbu eshittirish uchun tayyorlangan materiallarning ilmiy ahamiyati ortib, mazmunan mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish