Nasibboeva Mukarrama Salimjon qizining    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ingliz va O‘zbek tillarida moliyaviy-iqtisodiy atamalarning lingvokognitiv va lingvomadaniy jihatlari 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2024. 2. PhD/Fil 4878
Ilmiy rahbar:  Abduvaliev Maxamatjon Arabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc 03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Saidxonov Ma’murjon Muhammedovich, filologiya fanlari  doktori, professor; Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida moliyaviy-iqtisodiy lisoniy birliklar hisoblangan bank terminologiyasi, investisiya tushunchalari, birja atamalari, soliqqa oid leksika, audit tushunchalari, iqtisodiy neologizmlar, moliyaviy metaforalar va shunga o‘xshash boshqa iqtisodiy terminologik qatlamlarni turli diskurslar doirasida lingvokognitiv, lingvokulturologik hamda qiyosiy tipologik jihatdan atroflicha aniqlash hamda qiyosiy tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillari iqtisodiy leksik korpusining differensiatsiya qatlamlari iste’mol doirasiga ko‘ra, qiyosiy analitik mezonlar asosida terminologik va determinologik kategoriyalarga ajratilib, moliya, bank, investisiya va audit tizimiga xos professional birliklarning kognitiv modellari, hamda ularning terminologik taksonomiyasi ijtimoiy nutqiy pragmatik jihatlar doirasida qiyosiy tahlil qilish orqali tillarning umumiy hamda differensial xususiyatlari dalillangan;
moliyaviy iqtisodiy atamalarning ommaviy axborot vositalari va internet platformalaridagi nutqiy reallashuvi, iqtisodiy media matnlarining emotsional ekspressiv bo‘yoqdorligi, moliya neologizmlari hamda anglisizmlarning shakllanishida interlingvistik, intralingvistik va ekstralingvistik omillar, shuningdek iqtisodiy terminlarning morfoleksik integratsiyasi hamda ularni qabul qilish bilan bog‘liq sotsiopragmatik mexanizmlar ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillari iqtisodiy diskursida moliyaviy metaforalarning lisoniy manzarani shakllantirish va konseptual mazmunni ifodalashdagi funksional ahamiyati aniqlangani, shuningdek tarjimada sotsiokulturologik omillarni hisobga olgan holda, terminologik uyg‘unlikni ta’minlovchi lingvokulturologik ekvilibr tamoyili ishlab chiqilganligi, hamda milliy xususiyatga ega bo‘lgan iqtisodiy frazeologik birliklarni translyasiya qilishda funksional ekvivalentlik usulining samaradorligi ilmiy jihatdan asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida iqtisodiy lisoniy birliklarning kiberlug‘atlarda qayd etilishi hamda ularning lingvokulturologik, sotsiolingvistik va kommunikativ pragmatik xususiyatlarini tizimli tahlil qilishda onlayn korpuslar hamda avtomatik leksik tasnif algoritmlarini qo‘llash tamoyillari ishlab chiqilgan holda, chog‘ishtirilayotgan tillardagi moliyaviy terminlarning kiberlug‘atlardagi izomorfik hamda allomorfik jihatlari qiyosiy–statistik metodlar yordamida modellashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotining ilmiy natijalari, taklif va tavsiyalaridan quyidagi loyihalarda foydalanildi:
ingliz va o‘zbek tillari iqtisodiy leksik korpusining differensiatsiya qatlamlari iste’mol doirasiga ko‘ra keng qamrovda qiyosiy analitik mezonlar asosida terminologik hamda professional muloqot qatlamlariga ajratilib, iqtisodiy konseptlarning yadro va periferiya strukturasini tashkil etuvchi til birliklarining madaniy arxetiplari hamda milliy tafakkurdagi verbal akslari yoritilganiga doir ilmiy natijalardan Andijon davlat universitetida 2022–2023–yillarda amalga oshirilgan IL–402104213 raqamli “O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Ma’lumotnoma: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025–yil 26–apreldagi 04–1557–sonli hujjati). Natijada sistem–semantik tahlillar lug‘atdagi terminlarni izohlashda asos sifatida xizmat qilib, til birliklarining izomorf hamda allomorf xususiyatlari asosida tahliliy izohlar shakllantirilgan;
moliyaviy iqtisodiy terminlarning nafaqat semantik, balki perlokutiv xususiyatlari hisoblangan ogohlantirish, maslahat, tanqid hamda kesatiq kabilarni ifodalashdagi kommunikativ samaradorligi hamda anglisizmlarning shakllanishida interlingvistik, intralingvistik va ekstralingvistik omillar xususidagi ilmiy natijalaridan Andijon davlat universitetida 2017–2020–yillarda bajarilgan 
OT–F1–18 raqamli “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” nomli davlat fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Ma’lumotnoma: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025–yil 27–apreldagi 04–1567–sonli hujjati). Natijada moliyaviy iqtisodiy konseptlarning lingvistik tavsifiga oid metodologiya yangi nazariy qarashlar bilan boyitilib, lisoniy madaniyatni shakllantirish metodikasi chuqur yoritilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida moliyaviy iqtisodiy atamalarning paradigmatik hamda sintagmatik xususiyatlarini o‘rganish orqali ishlab chiqilgan iqtisodiy frazeologizmlar va turg‘un birikmalarning uslubiy hamda madaniy tafovutlarini dalillashga xizmat qiluvchi yondashuvlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston–24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”,“Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda (2025 yil may va noyabr oylarida) foydalanilgan natijada radiotinglovchilar Ingliz va o‘zbek tillaridagi moliyaviy–iqtisodiy atamalarning lingvokognitiv va lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash, ularning tushunchaviy asoslari,semantik modeli va tarjima strategiyalarini tadqiq qilish imkoniyati xususidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. (Ma’lumotnoma: O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘ZBEKISTON 24» DMning 2025–yil 25–noyabrdagi 05–09–1893–sonli hujjati);
moliyaviy iqtisodiy atamalarning lingvokognitiv xususiyatlari, ularning publisistik va badiiy tarjimalarda metaforalar hamda nutqiy etik birliklar orqali namoyon bo‘lishi, shuningdek milliy tafakkurdagi verbal talqini haqidagi ilmiy qarashlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi“O‘zbekiston–24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradokanali tomonidan tayyorlangan“Jahon adabiyoti”, “Adabiy jarayon” radioeshittirishlarini tayyorlashda (2024–2025 yillardavomida) foydalanildi. (Ma’lumotnoma: O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali DMning 2025–yil 15–iyuldagi 05–09–1143–sonli hujjati). Natijada moliyaviy madaniy tushunchalarning milliy mentalitetdagi lingvokognitiv asoslari keng ommaga ilmiy nazariy jihatdan taqdim etilib, eshittirishlarning ilmiy saviyasi va lingvistik boyligi ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish