Matqulov Xosilbek Mavlonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida “kurash” konseptining lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2957.
Ilmiy rahbar: Abduvaliev Maxamatjon Arabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillar istituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Saidxonov Ma’murjon Muhammedovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Tojiboev Ilxomjon Usmonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida “kurash” konseptini voqelantiruvchi birliklarning lingvokognitiv, lingvomadaniy va lingvopragmatik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida “kurash” semantikasiga ega birliklarning madaniy konnotatsiyalari, kuchli pragmatik yuklamalari, ularning kontekstual va perlokutiv ta’sir samaradorligi konstativ, kommunikativ maqsadlar bilan bog‘liq intensiv pragmatik ottenkalarga egaligi dalillangan;
“kurash” konseptining ingliz va o‘zbek tillaridagi idiomatik va kontekstual tafovutlarining izomorf (o‘xshash) va kognitiv madaniy tafovutlarining allomorf (farqli) lingvomadaniy xususiyatlari belgilab berilib, konseptning lisoniy va madaniy obektivlashuvi ochiqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida “kurash” konseptining semantik maydonini tashkil etuvchi yadro va periferiya birliklari hamda ular o‘rtasida shakllangan sistem munosabatlar aniqlanib, ushbu konseptning kognitiv tuzilishi ochib berilgan;
“kurash” konsepti bilan bog‘liq frazeologik birliklar va paremiyalarning ingliz hamda o‘zbek xalqlari milliy ongida namoyon bo‘lishi, ularning umuminsoniy, milliy, ijobiy, salbiy va neytral qatlamlar orqali xalqning intellektual merosi, ma’naviy qadriyatlari va axloqiy stereotiplari ilmiy asosda dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida “kurash” konseptining semantik maydonini tashkil etuvchi yadro va periferiya birliklari hamda ular o‘rtasida shakllangan sistem munosabatlar, shuningdek, ingliz va o‘zbek tillarida ushbu konseptning lingvomadaniy xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Jahon adabiyoti” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 05-maydagi 05-09-601-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirish uchun tayyorlangan materiallarning ilmiy ahamiyati ortib, mazmunan mukammallashgan;
“kurash” konseptining umuminsoniy qadriyatlarga mansubligi asosida ingliz va o‘zbek tillarida uning izomorf (o‘xshash) va allomorf (farqli) lingvomadaniy xususiyatlari to‘g‘risidagi materiallaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 24-iyuldagi 01/4-3273-son ma’lumotnomasi). Natijada, “kurash” konseptining semantik maydonini tashkil etuvchi yadro va periferiya birliklari aniqlanib, ularning sistem munosabatlari ochib berilgan;
“kurash” konsepti bilan bog‘liq frazeologik birliklar va paremiyalarning ingliz hamda o‘zbek xalqlari milliy ongida namoyon bo‘lishi, ularning umuminsoniy, milliy, ijobiy, salbiy va neytral qatlamlar orqali xalqning intellektual merosi, ma’naviy qadriyatlari va axloqiy stereotiplarini ifodalashi xususidagi xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 1-maydagi 01/4-1813-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlar samaradorligiga erishilgan;
“kurash” semantikasiga ega birliklarning madaniy konnotatsiyalari va kuchli pragmatik yuklamalari aniqlanib, ularning kontekstual va perlokutiv ta’sir samaradorligi konstativ kommunikativ maqsadlar (maslahat, buyruq, ogohlantirish, kesatiq) bilan bog‘liq xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida bajarilgan “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 1-maydagi 01/4-1814-son ma’lumotnomasi). Natijada axborot-qidiruv tizimlari uchun mo‘ljallangan o‘zbek tilining morfoleksikoni “kurash” konsepti bilan bog‘liq leksik va frazeologik birliklar bilan boyitilgan.