Diyarov Akmal To‘lqin o‘g‘lining falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillaridagi bog‘dorchilik terminlarining semantikasi, o‘zaro tarjimasi va lug‘atlarda berilishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʼyxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5668
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat koʼrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Saidxonov Ma’murjon Muxammedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xamzaev Sobir Amirovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi bog‘dorchilik terminlarining lingvistik xususiyatlarini aniqlash hamda tavsiflashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillari bog‘dorchilik terminlarining semantik-tipologik xususiyatlari atrof-muhit, biologik omillar, ijtimoiy-tarixiy va madaniy kontekstlar bilan chambarchas bog‘liqligi hamda mazkur semantik hodisalarning madaniy-antropologik omillarga asoslanishi aniqlangan;
bog‘dorchilik terminlari mavzuviy jihatdan ingliz tilida 5 ta (umumiy bog‘dorchilik terminlari, o‘simlik tuzilishiga oid, o‘stirish va parvarishlashga oid, turlar va klassifikatsiyaga oid, atrof-muhit ta’siriga oid), o‘zbek tilida esa 6 ta (mevachilik, sabzavotchilik, gulchilik, ko‘chatchilik, manzarali bog‘dorchilik va sohaga oid jarayonlar) guruhga tasniflanib, ularning tillarga xos shakliy-struktur yasalish tizimi (ingliz tili affiksatsiya, konversiya, neoklassik kompozisiya, blending; o‘zbek tilida sodda, qo‘shma, birikma) ilmiy dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillarida bog‘dorchilik terminlari asosida ixtisoslashgan lug‘atlar yaratishning leksikografik tamoyillari ishlab chiqilib, terminlarni xalqaro kodlash tizimi asosida 3 ta asosiy kategoriya([tr], [agr], [clim.])ga ajratish, lug‘at makrosturkturasida alifbo tartibini qo‘llash, mikrostrukturasida esa polisemantik ma’nolarni qo‘llanilish chastotasi va tayanch ma’nodan uzoqlashish darajasiga qarab izchil joylashtirish hamda sohaviy turg‘un birikmalarni lug‘atda aks ettirish mezonlari ilmiy asoslangan;
tarjima lug‘atlarining faol va nofaol tabiatiga ko‘ra turlicha mikrostrukturaviy tamoyillar asosida yaratilishi ularning kommunikativ funksiyasini ta’minlovchi muhim shart ekanligi ko‘rsatilib, passiv lug‘atlarda terminlarning barcha ma’nolari keng qamrovli izohlanishi, aktiv lug‘atlarda esa kontekstual-funksional ekvivalentlar, uslubiy xususiyatlar va sintagmatik aloqalarning batafsil berilishi zarurligi hamda har ikkala lug‘at turida lingvomadaniy xususiyatlarni aks ettirish uchun korpus lingvistikasiga va semantik muvofiqlashuv jarayoniga tayanish ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida bog‘dorchilik sohasiga oid terminlarni leksik-semantik tahlilidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalarni tarjima qilishda bog‘dorchilikka oid bo‘lgan o‘simliklarning lingvistik nuqtayi nazardan nomlanishi, shuningdek, dissertatsiyadagi funksional yondashuv va Skopos nazariyasining integratsiyasiga asoslangan innovatsion tamoyillar, lingvistik aniqlik, semantik izchillik va madaniy moslashuvni ta’minlashga qaratilgan nazariy qarashlardan olingan xulosalardan Qishloq xo‘jaligida bilim vaa innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Akademik Mahmud Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik institutida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida 2020-2022-yillarda bajarilgan “Toshkent viloyati sharoitida rezavor mevali o‘simliklarning yuqori hosilli, qurg ’oqchilikka, issiqqa, sovuqqa, chidamli navlarini yaratish hamda introduksiya qilingan navlarni o‘rganish“ nomli amaliy loyiha loyiha doirasida foydanilgan. ( O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi akademik Mahmud Mirzaev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 23-apreldagi 25/1-son ma’lumotnomasi). Natijada bog‘dorchilik sohasi terminlari qo‘llanilishi bo‘yicha mavzuviy guruhlarga ajratilgan va morfemik jihatdan sodda, yasama, qo‘shma, birikmali, qisqartma va gibrid terminlardan iboratligi aniqlangan, ingliz va o‘zbek tillaridagi bog‘dorchilik terminlarini ilmiy kontekstda izohli, transkripsiya va muqobil tarjima qilish usullari, aniqlik mezoni hamda leksikografik jihatidan sohaga oid terminologik lug‘atlar yaratish tamoyili ishlab chiqilgan;
Buxoro botanik ziyoratgohlarining elektron 3 D modelini yaratishga qaratilgan bo‘lib, xalqaro va milliy standartlarga mos yuqori sifatli innovatsion model yaratishga yo‘naltirilgan bog‘dorchilikka oid bo‘lgan o‘simliklarning platforma orqali taqdim etiladigan ma’lumotlarning funksionalligini oshirish, bog‘dorchilik terminlarining semantikasini keltirish orqali ziyoratgohlarda keltirilgan ingliz tilidagi bog‘dorchilikka oid o‘simliklarning nomlarini to‘g‘ri talqin qilishga xulosalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2023-2025-yillarda bajarilayotgan ILM-202405160857-shifrli “Buxoro ziyoratgohlarining elektron 3D modelini yaratish” nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan. Natijada platforma milliy va xalqaro ziyoratchilarni jalb qilishda samarali vosita bo‘lib, erishilgan tipologik xususiyatlar va umumlashmalarni atrof-muhit sharoitlari, biologik omillar, ijtimoiy-tarixiy hamda madaniy sharoitlar bilan tushuntirish mumkinligi va semantik tipologiyaning pragmatika hamda ijtimoiy lingvistika bilan aloqasi yuzaga chiqishini isbotlashga erishilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi bog‘dorchilik terminlarini ilmiy kontekstda izohli, transkripsiya va muqobil tarjima qilish usullari, aniqlik mezoni hamda leksikografik jihatidan sohaga oid terminologik lug‘atlar yaratish tamoyili ishlab chiqish xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209. “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 10-dekabrdagi 04/1-5927-son ma’lumotnomasi). Natijada terminlarni xalqaro terminografik kodlash tizimiga ko‘ra uch asosiy kategoriyaga ajratish, lug‘at makrostrukturasida alifbo tartibini qo‘llash, mikrostruktura elementlarini izchil joylash, terminlarning ma’nolarini qo‘llanilish chastotasiga ko‘ra berish, polisemantik so‘zlarning asosiy va hosila ma’nolarini tayanch ma’nodan sezilarli uzoqlashishi tartibida keltirish, bog‘dorchilik terminlari ishtirokidagi turg‘un birikmalar va iboralarni ham leksikografik talqinda aks ettirish tamoyillari isbotlangan;
“O‘zbek va ingliz tillaridagi bog‘dorchilik terminlarining semantikasi, o‘zaro tarjimasi va lug‘atlarda berilishi’’mavzusiga oid nazariy va amaliy ma'lumotlardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2025-yilning 16-iyul kuni efirga uzatilgan "Assalom,Samarqand!" ko'rsatuvining navbatdagi sonini ssenariysini tayyorlashda foydanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyati teleradiokanalining 2025-yil 2-sentyabrdagi 01-07/299 – son ma’lumotnomasi). Natijada faol va nofaol tabiatiga ko‘ra tarjima lug‘atlarining turlicha mikrostruktura tamoyillari asosida yaratilishi ularning kommunikativ funksiyasining bajarilishidagi muhim shart ekanligi g‘arb leksikografiyasi tajribasiga tayangan holda bog‘dorchilikka oid terminlar misolida dalillangan bo‘lib, bunda passiv lug‘atlarda bog‘dorchilik terminlarining barcha ma’nolari keng qamrovli izohlanishi, aktiv lug‘atlarda esa kontekstual-funksional ekvivalentlar, stilistik xususiyatlar va sintagmatik aloqalarning batafsil taqdim etilishi zaruratligi, tarjima ekvivalentlarining nisbiy omonimlik darajasi muammo tug‘dirishi, har ikkala lug‘at turida terminlarning lingvokulturografik xususiyatlarini aks ettirish maqsadida korpus lingvistikasi ma’lumotlariga tayanish va terminlarning konnotativ muqobillarini aniqlashda koleksifikatsiya jarayonini hisobga olish ahamiyati izohlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish