Hamroeva Sharifa Shukur qizining 

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
“O‘zbek tarixiy romanlarining inglizcha tarjimalarida milliylik va davr koloritini saqlash muammolari(Oybekning “Navoiy”, P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarlari misolida)”, 
10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3908 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Yusupova  Hilola O‘ktamovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: Mirsanov G‘aybullo Kulmurodovich filologiya fanlari doktori, professor,  Xalilova Dilbar Jalilovna filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat  universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Oybekning “Navoiy” hamda P. Qodirovning “Yulduzli tunlar (Bobur)” romanlari inglizcha tarjimalaridagi tarixiylik, milliylik va davr kolorotini saqlash muammolarini o‘rganish, bu boradagi lingvokulturologik va pragmatik xususiyatlarni aniqlash iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- Oybekning “Navoiy” hamda P. Qodirovning “Yulduzli tunlar” singari o‘zbek tarixiy romanlaridagi milliy-madaniy birliklar va realiyalarni tarjima tiliga o‘girishda konseptual ekvivalentlik va pragmatik adekvatlikni ta’minlovchi lingvistik modellar dalillangan;
- asliyat matnidagi tarixiy shaxslar nutqiy portretini shakllantiruvchi etiket shakllari va ijtimoiy status markerlarining tarjima tilida qayta yaratilish qonuniyatlari hamda pragmatik yo‘qotishlar sabablari qiyosiy-diskursiv tahlillar asosida ochib berilgan;
- badiiy matn sarlavhalari va metaforik tizimining tarjimada “makro-pragmatik signal” vazifasini o‘tashi hamda ularning tarjima tili kitobxoni idrokiga ta’sir etish mexanizmlari lingvopragmatik jihatdan asoslangan;
- “Navoiy” va “Yulduzli tunlar” tarixiy romanlari tarjimasida milliy kolorit hamda davr ruhini saqlashda tarjimon qo‘llagan foreynizatsiya va domestikatsiya strategiyalarining samaradorlik darajasi hamda badiiy haqiqatni ifodalashdagi roli aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tarixiy romanlarining inglizcha tarjimalarida milliylik va davr koloritini saqlash muammolari mavzusini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
2022-2024-yillarda Yaponiya akademik almashinuv xizmati (IRCI) tomonidan moliyalashtirilgan APC2C/10-sonli “Sustainable Collection of Research Data for the Protection of Intangible Cultural Heritage: Focus on Central Asia and Small Island Developing States” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2025-yil 17-iyundagi MA01/01-36-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy romanlarga xos stilistik va pragmatik muammolarning optimal echimlari ilmiy jihatdan dalillangan;
2021-2023-yillarda Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida moliyashtirilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli(o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagiToshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 14-yanvardagi  01/04-1335-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tarixiy romanlaridagi milliy-madaniy birliklar va realiyalarni tarjima tiliga o‘girish orqali  lingvistik modellar ilmiy jihatdan asoslangan;
tarixiy romanlardagi milliy urf-odatlar, qadimiy istilohlar va diniy tushunchalarning inglizcha tarjimalarda aks etishi hamda milliy identitetning saqlanish darajasiga oid tahliliy materiallardan 2024-2025-yillarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Jahon tamadduni durdonalari”, “Asrlarning asraganlari” ko‘rsatuvlari hamda “Muloqot va munozara” radioeshittirishi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 28-maydagi 01-09-133-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalarning joriy etilishi teleradiodasturlarning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga va tinglovchilarning milliy adabiyotimizga oid bilimlarini boyitishga xizmat qilishi ko‘rsatilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish