Keldiyarova Vazira Botirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha yoshdagi bolalarning ko‘rgazmali-obrazli tafakkurini shakllantirish metodikasini takomillashtirish (maktabga tayyorlov guruhlari misolida)”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped2053.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Oripova Nodima Xalilovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02 raqamli kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Allaberdieva Qumri Hamraevna, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarning ko‘rgazmali obrazli tafakkurni shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
shaxs tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish muammosiga doir psixologik-pedagogik yondashuvlar ko‘rgazmali-obrazli tafakkur komponentlarini (tasavvur dinamikasi, obrazlar transformatsiyasi, vizual mantiqlash, makoniy munosabatlarni analiz-sintez qilish) o‘quv-tarbiyaviy faoliyatga intensiv adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘rgazmali-obrazli tafakkurining shakllanganlik mezonlari (tasavvurning boyligi, xotiraning mustahkamligi, ijodiy fikrlashning yuqoriligi) bola shaxsiga individual yondashuvning o‘ziga xoslik, tez fikrlash, sezgirlik, empatiya kabi sifatlariga ustuvorlik beruvchi shaxsga yo‘naltirilganlik, individuallik va ko‘p darajalilik tamoyillarini integrativ yaxlitlash asosida aniqlashtirilgan;
bolalar ko‘rgazmali-obrazli tafakkurini rivojlantirish modeli bilish jarayonining sezgi, diqqat, idrok, xotira kabi bilish jarayonlarining bosqichlariga moslashtirishni ta’minlovchi diagnostik va tatbiqiy bosqichlar uzviyligini ifodalovchi didaktik arxitektonika hamda prakseologik tartiblash algoritmini oddiydan murakkabga qarab shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalar obrazli tafakkurini rivojlantirish metodikasi tarbiyalanuvchilar tafakkuridagi sinkretik (tarqoq) bog‘lanishlarni mantiqiy determinizm asosida ta’limiy o‘yinlarga dinamik modellashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ko‘rgazmali-obrazli tafakkurini shakllantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
shaxs tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish muammosiga doir psixologik-pedagogik yondashuvlar ko‘rgazmali-obrazli tafakkur komponentlarini o‘quv-tarbiyaviy faoliyatga intensiv adaptivlashtirishga oid tavsiyalar “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 20-oktyabrdagi 441-son buyrug‘i bilan berilgan 441-027-son nashr tavsiyanomasi). Natijada, ko‘rgazmali-obrazli tafakkur komponentlarini bosqichma-bosqich aniqlash, tahlil qilish va baholash prakseologik tartiblash algoritmi asosida ta’lim jarayoniga kiritilgan va sahnalashtirish texnologiyalari orqali bolalarda obrazli fikrlashning intensiv rivojlanishiga sharoit yaratilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘rgazmali-obrazli tafakkurining shakllanganlik mezonlari (tasavvurning boyligi, xotiraning mustahkamligi, ijodiy fikrlashning yuqoriligi) bola shaxsiga individual yondashuvning o‘ziga xoslik, tez fikrlash, sezgirlik, empatiya kabi sifatlariga ustuvorlik beruvchi shaxsga yo‘naltirilganlik, individuallik va ko‘p darajalilik tamoyillarini integrativ yaxlitlashga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida bajarilgan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihadagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 28-oktyabrdagi 433-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalarning obrazli tafakkur operatsiyalari tizimliligi, izchilligi va refleksiv mushohada ko‘nikmalari kuchaytirilgan;
bolalar ko‘rgazmali-obrazli tafakkurini rivojlantirish modeli bilish jarayonining sezgi, diqqat, idrok, xotira kabi bosqichlariga moslashtirishni ta’minlovchi diagnostik va tatbiqiy bosqichlar uzviyligini ifodalovchi didaktik arxitektonika hamda prakseologik tartiblash algoritmini oddiydan murakkabga qarab shakllantirish doir xulosalardan Buxoro, Surxandaryo, Qashqadaryodagi MTTlarda ikkinchi bosqich tatbiqi sifatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 19-apreldagi 03-03/1-388-son ma’lumotnomasi) Natijada, bolalarning ijodiy-intellektual rivojlanish traektoriyasini manzilli intensivlashtirish imkoniyati vujudga kelgan va obrazli tafakkurning polikultural asoslarda yanada takomillashtirishga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalar obrazli tafakkurini rivojlantirish metodikasi tarbiyalanuvchilar tafakkuridagi sinkretik (tarqoq) bog‘lanishlarni mantiqiy determinizm asosida ta’limiy o‘yinlarga dinamik modellashtirishga oid tavsiyalar “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 20-oktyabrdagi 441-son buyrug‘i bilan berilgan 441-027-son guvohnoma). Natijada, maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda ko‘rgazmali-obrazli tafakkur jarayonlarini modellashtirish, konstruktiv tahlil qilish va kreativ transformatsiya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga erishilgan.