Isaboeva Dilyora Zokirjon qizi
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarda kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishda integrativ o‘quv metodlarining samaradorligini oshirish asoslari”, 13.00.02 –  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘qish savodxonligi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.4.DSc/Ped1325
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
Ilmiy maslahatchi: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mardonov Shukurullo Qo‘ldoshivich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishda integrativ o‘quv metodlarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash va ularni ta’lim amaliyotiga samarali joriy etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarining kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishda integrativ o‘quv metodlarini qo‘llashning pedagogik zarurati ta’lim mazmunining fanlararo uyg‘unligini kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga nisbatan funksional qo‘llashga yo‘naltirilgan integrativ-kommunikativ faollashtiruvchi o‘quv mexanizmni ishlab chiqish orqali asoslangan;
kommunikativ faollikni shakllantirishda fanlararo bog‘liqlikning pedagogik imkoniyatlari integrativ o‘quv metodlari asosida shakllanuvchi mulohaza, ma’no yaratish va ijtimoiy anglashga yo‘naltirilgan faol ta’lim muhitini kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish maqsadiga ko‘ra tashkil etish asosida aniqlashtirilgan;
faol muloqotchi shaxsni tarbiyalashga xizmat qiluvchi integrativ o‘quv modeli fanlararo-kommunikativ faollikni ta’minlashga qaratilgan vosita va shakllarni ilmiylik va normativlik tamoyillariga ko‘ra tizimlashtirish hamda intersub’ektiv mashqlar tizimini o‘quvchilarning rivojlanish traektoriyasiga moslashtirish mexanizmlarini ta’limga tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan metodik qo‘llanmalarni joriy etish mexanizmini takomillashtirish shartlari fanlararo integratsiya, muloqot muhitini shakllantirish, metodik resurslar tizimini yangilash jarayonlarini pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash hamda motivatsion-refleksiv yondashuv vositasida individual pedagogik traektoriyani interaktiv-tahlilchilik faoliyatiga yo‘naltirish orqali asoslangan;
o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik echimlar majmui fanlararo integratsiya, muloqotga yo‘naltirilgan faol ta’lim va sub’ekt-sub’ektli munosabatga asoslangan “Muhokama maydoni”, “Rolli muloqot”, “Fikrni asoslash burchagi” kabi mualliflik metodlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Integrativ ta’lim metodlari asosida o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ta’lim mazmunining fanlararo uyg‘unligini kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga nisbatan funksional qo‘llashga yo‘naltirilgan integrativ-kommunikativ faollashtiruvchi o‘quv mexanizmni ishlab chiqish orqali asoslangan o‘quvchilarining kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishda integrativ o‘quv metodlarini qo‘llashning pedagogik zarurati hamda integrativ o‘quv metodlari asosida shakllanuvchi mulohaza, ma’no yaratish va ijtimoiy anglashga yo‘naltirilgan faol ta’lim muhitini kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish maqsadiga ko‘ra tashkil etish asosida aniqlashtirilgan kommunikativ faollikni shakllantirishda fanlararo bog‘liqlikning pedagogik imkoniyatlariga oid taklif va tavsiyalardan Qo‘qon davlat universitetida bajarilgan 2023 KA 171raqamli “Mobility Higher EEducation Studens (erasmus+)” nomli amaliy loyihasni bajarishda foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2025 yil 13-oktyabrdagi  118-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’limda fanlararo bog‘liqlik asosida o‘quvchilarning kommunikativ faolligini baholash uchun ko‘rsatkichlar, mezonlar va indikatorlar tizimini ishlab chiqishga xizmat qilgan; 
fanlararo-kommunikativ faollikni ta’minlashga qaratilgan vosita va shakllarni ilmiylik va normativlik tamoyillariga ko‘ra tizimlashtirish hamda intersub’ektiv mashqlar tizimini o‘quvchilarning rivojlanish traektoriyasiga moslashtirish mexanizmlarini ta’limga tatbiq etish asosida takomillashtirilgan faol muloqotchi shaxsni tarbiyalashga xizmat qiluvchi integrativ o‘quv modeliga oid taklif va tavsiyalardan Qo‘qon davlat universitetida bajarilgan 2023 KA 171raqamli “Mobility Higher Education Studens (erasmus+)” nomli amaliy loyihasni bajarishda foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2025 yil 13-oktyabrdagi  118-son ma’lumotnomasi). Natijada, kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan integrativ o‘quv modeli, uning tuzilmasi va amalga oshirish mexanizmlarini metodik jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan;
fanlararo integratsiya, muloqot muhitini shakllantirish, metodik resurslar tizimini yangilash jarayonlarini pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash hamda motivatsion-refleksiv yondashuv vositasida individual pedagogik traektoriyani interaktiv-tahlilchilik faoliyatiga yo‘naltirish orqali asoslangan kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan metodik qo‘llanmalarni joriy etish mexanizmini takomillashtirish shartlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi”  darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 6 apreldagi № 3580-6169-d3ee-c636-3fb7-9015-5268 raqami bilan tasdiqlangan hamda 265761436 – ariza raqamli o‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazganlik natijasi bo‘yicha ma’lumotnoma).  Natijada, kommunikativ kompetensiyani rivojlantiruvchi, integrativ metodlarga asoslangan mualliflik metodik echimlari va interfaol o‘qitish usullari takomillashtirilgan;
fanlararo integratsiya, muloqotga yo‘naltirilgan faol ta’lim va sub’ekt-sub’ektli munosabatga asoslangan “Muhokama maydoni”, “Rolli muloqot”, “Fikrni asoslash burchagi” kabi mualliflik metodlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik echimlar majmui borasidagi xulosa va tavsiyalardan “Oʻzbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” kabi dasturlarida mavzuga oid maxsus eshitirishlar ssenariylarini tayyorlashda faydalanilgan. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “2025 yil 23-oktyabrdagi 05-09-1667-son ma’lumotnomasi) Natijada, kommunikativ kompetensiyani rivojlantiruvchi, integrativ metodlarga asoslangan mualliflik metodik echimlari va interfaol o‘qitish usullarini ommalashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish