Ismoilova Dilafruz Muhiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak tarbiya ishi pedagoglarini tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2984.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chichiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardonov Shukurillo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak tarbiya ishi pedagoglarini tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Tarbiya ishi pedagoglarini tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirishning didaktik jihatlari tarbiyada emosional ta’sirni barqarorlashtiruvchi ma’naviy shakllanish xaritasini individual diagnostikaga yo‘naltirilgan mustaqil ta’lim jarayonida refleksiv tahlilda qo‘llash asosida ochib berilgan;
Tarbiya ishi pedagoglarini tayyorlashning klaster modeli tizimlararo ma’naviy ekotizmning ko‘p funksionalligini ta’minlash hamda g‘oyalar diversifakasisida qadriyatli pozisiyani ongli realizatsiya qilishga talabalarni yo‘naltiruvchi didaktik kompleksni ijtimoiy sheriklik muhitida impulsiv qayta aloqani ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni tarbiya va ta’lim ishlarida integrativ faoliyat olib borishga tayyorlashning pedagogik mexanimzlari ma’anaviy immunitetni kuchaytirishga o‘rgatuvchi ijtimoiy trening hamda valeologik ta’sir algoritmini kasbiy rivojlanish trektoriyasi bo‘yicha differensial modifikatsiyalash asosida takomillashtiirlgan;
talabalarda tarbiya va ma’naviy ta’sir malakalarini shakllantirish samaradorligi mustaqil ta’lim va amaliyot uyg‘unligida emosional barqaror muhitda shaxsiy pedagogik qarorlarni qabul qilishga tayyorlash hamda real vaziyatlarni diagnostika qilish metodlarini refleksiv qo‘llash orqali ta’minlanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tarbiya ishi pedagoglarini tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirishning didaktik jihatlari tarbiyada emosional ta’sirni barqarorlashtiruvchi ma’naviy shakllanish xaritasini individual diagnostikaga yo‘naltirilgan mustaqil ta’lim jarayonida refleksiv tahlilda qo‘llashga doir g‘oyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 iyuldagi № 314-203 sonli guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan “Tarbiya” va “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o‘quv fanlari didaktik jihatdan boyitilgan;
Tarbiya ishi pedagoglarini tayyorlashning klaster modeli tizimlararo ma’naviy ekotizmning ko‘p funksionalligini ta’minlash hamda g‘oyalar diversifakasisida qadriyatli pozisiyani ongli realizatsiya qilishga talabalarni yo‘naltiruvchi didaktik kompleksni ijtimoiy sheriklik muhitida impulsiv qayta aloqani ta’minlashga doir yondashuvlaridan “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi № 232-406 sonli guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak Tarbiya ishi pedagoglarini tayyorlash modellari va mexanizmlarini takomillashtirilgan;
talabalarni tarbiya va ta’lim ishlarida integrativ faoliyat olib borishga tayyorlashning pedagogik mexanimzlari ma’anaviy immunitetni kuchaytirishga o‘rgatuvchi ijtimoiy trening hamda valeologik ta’sir algoritmini kasbiy rivojlanish trektoriyasi bo‘yicha differensial modifikatsiyalashga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining O‘zbekiston pedagogika ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston fillialining 2019-2020 yillarda bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminstoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zPITI Qoraqalpog‘iston fillialining 2022 yil 27 dekabrdagi 392-sonli Ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyihani amalga oshirishda ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan foydalanish amalga oshirilgan;
talabalarda tarbiya va ma’naviy ta’sir malakalarini shakllantirish samaradorligi mustaqil ta’lim va amaliyot uyg‘unligida emosional barqaror muhitda shaxsiy pedagogik qarorlarni qabul qilishga tayyorlash hamda real vaziyatlarni diagnostika qilish metodlarini refleksiv qo‘llash orqali ta’minlashga doir tavsiyalardan 2017-2020 yillarda bajarilgan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘ZPFITI Qaraqalpog‘iston fillialining 2022 yil 22 dekabrdagi №392/1 sonli dalolatnomasi). Natijada, ta’lim oluvchilarning ijtimoiy faolligi va emosional barqarorligi til ko‘nikmalariga integratsiyasi ta’minlangan.