Xaytmetov Raimberdi Kudratulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Akmeologik tamoyillar asosida talabalarning rivojlanish vektorini belgilashning pedagogik mexanizmlari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7936.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xasonboev Bekzodjon Valijonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Raxmonova Muqaddas Qaxramonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Akramova Gulbahor Renatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi akmeologik yondashuv asosida talabalarning rivojlanish vektorini belgilashning pedagogik mexanizmlari takomillashtirish hamda shu orqali ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari uning tuzilmaviy-funksional komponentlari (gnostik, dizayn, konstruktiv, tashkiliy va kommunikativ qobiliyatlar)ni shaxsning kasbiy faoliyat subekti sifatida rivojlanishining fundamental akmeologik tamoyillari (hayotiylik, faoliyat subekti, potensial va reallik) bilan tizimlashtirish va o‘zaro uyg‘unlikda ilmiy-qiyosiy dalillash asosida takomillashtirilgan;
akmeologik tamoyillarning shaxsiy refleksiya, ijodiy avtonomiya va kasbiy yuksalishga yo‘naltirilgan fundamental-sinergetik mazmuni mustaqil tadqiqot faoliyatiga asoslangan pedagogik mexanizmlar (interaktiv ta’lim, fanlararo integratsiya va refleksiv tahlil)ga kognitiv-funksional uyg‘unlashtirish va tizimli optimallashtirish asosida talabalarning shaxsiy-kasbiy rivojlanish vektorlarini diagnostik belgilashning ilmiy-metodik echimlari konseptual-asosli shaklda takomillashtirilgan;
mustaqil ta’lim jarayonidagi pedagogik determinantlarning optimal korreksiyasi akmeologik-prognostik diagnostika hamda adaptiv raqamli ta’lim ekotizimining moslashuvchan funksionali asosida tizimli ta’minlash orqali talabalarning shaxsiy-kasbiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan individual ta’lim traektoriyalarini maqsadli realizatsiya qilish va nazorat qilishning metodik-ta’miniy tizimi tizimli-funksional yondashuv asosida konseptual-integrativ asosda takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda akmeologik kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik-akmeologik paradigmalar kompleksini (kognitiv, motivatsion, tizimli, kompetensiyaviy va integratsion yondashuvlar) tizimli-funksional uyg‘unlashtirish hamda talabalar shaxsiy-kasbiy rivojlanishining diagnostik-prognostik vektorlarini aks ettiruvchi vizuallashtirish asosida global mehnat bozorining talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning innovatsion modelining konseptual asoslari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Akmeologik tamoyillar asosida talabalarning rivojlanish vektorini belgilashning pedagogik mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari uning tuzilmaviy-funksional komponentlarini shaxsning kasbiy faoliyat subekti sifatida rivojlanishining fundamental akmeologik tamoyillari bilan tizimlashtirish oid tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-2017093020-sonli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish va kompleks dasturini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 16-avgustdagi 04/11-4865-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning akmeologik kompetentligini rivojlantirishga bog‘liq pedagogik jarayoni akmeologik, integrativ, shaxsga yo‘naltirilgan, madaniyatshunoslik yondashuvlari asosida takomillashtirilgan;
akmeologik tamoyillarning shaxsiy refleksiya, ijodiy avtonomiya va kasbiy yuksalishga yo‘naltirilgan fundamental-sinergetik mazmuni mustaqil tadqiqot faoliyatiga asoslangan pedagogik mexanizmlarga kognitiv-funksional uyg‘unlashtirish va tizimli optimallashtirish asosida talabalarning shaxsiy-kasbiy rivojlanish vektorlarini diagnostik belgilashning ilmiy-metodik echimlari konseptual-asosli shaklda takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlarining 2023-yil may va avgust oylaridagi sonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-avgustdagi 02-06-1228-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini oshirishga oid bilimlari rivojlantirilgan;
mustaqil ta’lim jarayonidagi pedagogik determinantlarning optimal korreksiyasi akmeologik-prognostik diagnostika hamda adaptiv raqamli ta’lim ekotizimining moslashuvchan funksionali asosida tizimli ta’minlash orqali talabalarning shaxsiy-kasbiy rivojlanishiga yo‘naltirilgan individual ta’lim traektoriyalarini maqsadli realizatsiya qilish va nazorat qilishning metodik-ta’miniy tizimi tizimli-funksional yondashuv asosida konseptual-integrativ asosda takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar “Falsafa” nomli o‘quv qo‘llanmada o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i, 302-0029 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning akmeologik kompetentligini rivojlantirish, ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish, ilg‘or xorijiy pedagogik texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish hamda ta’lim amaliyotida barqaror ishlashining optimallashgan amaliy mexanizmlari takomillashtirilgan;