Nishonova Muattarxon Alisherovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i) “Ta’limiy platforma asosida talabalarning universal o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasi”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10539
Ilmiy rahbar: Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12. Ped.04.03          
Rasmiy opponentlar: Sariev Rustam Bobomuradovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Atamuratov Rasuljon Kadirjanovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’limiy platforma asosida talabalarning universal o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
universal o‘quv faoliyatini tashkil etishda ta’limiy platformalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari talabalarning regulyativ personal-akademik trektoriyasini ta’minlash jarayoniga vizual-pedagogik dizayn tamoyilini kollaboratsiya ustuvorligida kiritish orqali aniqlashtirilgan; 
ta’limda universal o‘quv faoliyatni tashkil etishning integrallashgan modeli elektron resruslarda shaxsiy o‘zlashtirish tezligi va intellektual potensial chegarasiga mos akdemik buyruqlarning talabalar tomonidan tanlanishi va topshiriqlar bajarilishini kasbga doir tahlil va qarorlar sifati bo‘yicha avtomatik baholashni differensial qaydlarda maqbullashtirish asosida takomillashtirilgan; 
universal o‘quv faoliyatni tashkil etishda ta’limiy platformalardan foydalanish texnologiyalari geymikatsion va motivatsion topshiriqlarni kasbiy-pedagogik raqamli kontentda yakka va frontal ish shakllariga avtomatik moslashuvini qisqa intervalli monitoringda ta’minlash asosida takomillashtirilgan; 
universal o‘quv faoliyatini tashkil etishning elektron-metodik ta’minoti bulutli hizmatlar, sun’iy intellekt elementlari, analitik modullar integratsiyalangan raqamli kontentni mustaqil ta’limda talabalarning konstruktivistik faoliyatini refleksiv va akademik-adaptatsiyaga yo‘naltirish hamda natijalar sintezini nazorat topshiriqlariga avtorizatsiya qilish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’limiy platforma asosida talabalarning universal o‘quv faoliyatini tashkil etish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
universal o‘quv faoliyatini tashkil etishda ta’limiy platformalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari talabalarning regulyativ personal-akademik trektoriyasini ta’minlash jarayoniga vizual-pedagogik dizayn tamoyilini kollaboratsiya ustuvorligida kiritishga doir amaliy taklif va tavsiyalar Matematika va informatika yo‘nalishi talabalari uchun “Informatika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 621303-sonli ruxsatnoma) Natijada, Informatika o‘qitish metodikasini o‘qitish jarayonida interaktiv mashg‘ulotlarni tashkil etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
ta’limda universal o‘quv faoliyatni tashkil etishning integrallashgan modeli elektron resruslarda shaxsiy o‘zlashtirish tezligi va intellektual potensial chegarasiga mos akademik buyruqlarning talabalar tomonidan tanlanishi va topshiriqlar bajarilishini kasbga doir tahlil va qarorlar sifati bo‘yicha avtomatik baholashni differensial qaydlarda maqbullashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2024-2025-yillar davomida bajarilgan IL-7823051524 – sonli “Paratranslator: parallel korpusga asoslangan kontestologik elektron tarjima lug‘at platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 29-oktyabrda berilgan №04/11-25769-son ma’lumotnomasi) Natijada, talabalarning platformadagi faolligi, topshiriqlarni bajarish dinamikasi va ijodiy yondashuvlarini tahlil qilish imkoni oshgan;
universal o‘quv faoliyatni tashkil etishda ta’limiy platformalardan foydalanish texnologiyalari geymikatsion va motivatsion topshiriqlarni kasbiy-pedagogik raqamli kontentda yakka va frontal ish shakllariga avtomatik moslashuvini qisqa intervalli monitoringda ta’minlashga oid taklif va tavsiyalar “Amaliy matematik dasturiy paketlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 100884-sonli ruxsatnoma) Natijada, oliy ta’limda talabalarning mustaqil o‘rganish, izlanish va refleksiya faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularning kognitiv faolligi va motivatsiyasini oshirishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish