Ismatova Shaxnoza axror qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Siyosiy nutqlarning pragmatik xususiyatlari” 10.00.01 - O‘zbek tili. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4318 Ilmiy rahbar: Baxriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Tursunali Jumaev; filologiya fanlari doktori, professor Laylo Raupova
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbek tilidagi siyosiy nutqlarning nutq aktlari, adresant-adresat munosabatlari asosida pragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilidagi siyosiy nutqlar asosida siyosiy nutqning mazmuniy tuzilishi, kommunikativ niyati va ta’sirchanlik komponentlari o‘rtasidagi pragmatik munosabatlar nutq aktlari modeli (assertiv, direktiv, kommissiv, ekspressiv, deklarativ) asosida aniqlangan;
 siyosiy nutqda adresant va adresat o‘rtasidagi munosabatlar auditoriyani maqsadli yo‘naltirishga xizmat qiluvchi pragmatik jarayon sifatida talqin qilinib, ushbu jarayon doirasida ishontirish, motivatsiya va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishga qaratilgan kommunikativ strategiyalar (inklyuzivlik – “biz” konsepti, murojaat shakllari, samimiylik va ochiqlik, auditoriyani ruhlantirish, birdamlik tuyg‘usini shakllantirish hamda ijtimoiy murosaga da’vat) tahlil qilinib, ularning funksional-pragmatik xususiyatlari oydinlashtirilgan;
 o‘zbek tilidagi siyosiy nutqlar janrlararo farqlanish mezonlari asosida tavsiflanib, tashkiliy, tantanali, adressiv va agonal janrlarning kommunikativ maqsadlari hamda pragmatik funksiyalariga ko‘ra differensiyasi aniqlanib, ularning siyosiy nutqdagi o‘rni yoritilgan; 
Siyosiy nutqda qo‘llaniladigan lingvostilistik vositalar adresantning kommunikativ niyatini amalga oshirishga xizmat qiluvchi pragmatik resurslar sifatida talqin qilinib, ularning siyosiy kontekst bilan uzviy bog‘liqlikda auditoriyaga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari (obrazli ifodalash, semantik kuchaytirish, emotsional ta’sir, auditoriyani bilvosita fikrlashga undash hamda nutqiy uyg‘unlikni ta’minlash) tizimli ravishda tavsiflangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada olingan ilmiy natijalar amaliyotga joriy etilgan va vakolatli muassasalar tomonidan tasdiqlangan. Jumladan, siyosiy nutqlarning pragmatik xususiyatlari, adresant va adresat o‘rtasidagi kommunikativ munosabat hamda ishontirish va ta’sir mexanizmlariga oid dissertant tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalardan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2022–2023-yillarda amalga oshirilgan II-4721101717-raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida metodik va nazariy asos sifatida foydalanilgan.(Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2025-yil 22-oktyabrdagi 1606-son ma’lumotnomasi).
 Shuningdek, dissertatsiyada siyosiy nutqlarning pragmatik xususiyatlarini tavsiflash asosida ishlab chiqilgan lingvistik tahlil mezonlari hamda adresant–adresat munosabatini ifodalovchi nutq birliklarini tasniflashga oid yondashuvlardan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209-raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi — o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha doirasida til birliklarini avtomatik aniqlash, funksional-pragmatik belgilash va raqamli lingvistik modellashtirish jarayonlarida nazariy asos sifatida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026 - yil 8-yanvardagi 04/1-122- son ma’lumotnomasi). 
Tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy xulosalar 2025-yil 8-aprel kuni Qashqadaryo viloyati teleradiokanalining “Qashqadaryo axboroti” informatsion dasturida efirga uzatilgan intervyu orqali ommaviy kommunikatsiya amaliyotiga tatbiq etilib, siyosiy nutqlarning jamiyat ongiga ta’siri, ularning ijtimoiy - madaniy hayotdagi o‘rni hamda pragmatik ta’sir mexanizmlarini keng auditoriyaga ilmiy asosda etkazishga xizmat qilgan.(Qashqadaryo viloyati teleradiokanalining 2025-yil 8-apreldagi 17-05/85-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish