Kurbanova Ilmira Sharifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida temir yo‘l terminlarining struktur-semantik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2259.
Ilmiy rahbar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Fil.45.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari  doktori, professor; Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida temir yo‘l sohasiga oid terminologiyani, uni tashkil etuvchi terminologik birliklarni tizimli tadqiq qilish, derivatsion xususiyatlarini chog‘ishtirish hamda o‘ziga xos lisoniy hodisalarni ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz tiliga lotin, yunon, nemis, italiyan va fransuz tillaridan, o‘zbek tiliga esa rus tili orqali Evropa tillaridan o‘zlashgan terminlarning dominantligi hamda ularning semantik universallik va terminal lakoniklikka asoslangan izomorfik, chastotalik assimetriya, milliylashtirish, kalkalash hamda morfologik moslashuv bilan xarakterlanuvchi allomorfik xususiyatlari diaxron, sinxron va lingvostatistik usullar vositasida aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida temir yo‘l terminlarining qo‘llanilishida metaforizatsiya hodisasiga nisbatan definitiv, nominativ va deskriptiv funksiyalarning ustuvor ekanligi hamda soha terminlarining leksik-semantik transformatsiyasining konseptual asoslari intralingvistik va ekstralingvistik omillarni aniqlash orqali isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida temir yo‘l sohasiga oid terminlarni sodda, tub, qo‘shma, ikki va bir nechta uzvli, juft va ko‘p tarkibli formal tiplarga ajratish hamda ularning derivatsion-struktur ishchi modellarini ishlab chiqish orqali sohaga oid terminlarning morfologik va sintaktik derivatsion modellarining transpozisiya va semantik usuldagi modellarga nisbatan mahsuldor ekanligi dalillangan;    
sohalararo vujudga keladigan polisemik, sinonimik hamda omonimlik leksik birliklarning birlamchi hamda ikkilamchi nominativ semantik dominantlari ingliz va o‘zbek tillaridagi temir yo‘l sohasiga oid terminlarning transterminlash va determinlash jarayonlaridagi kontekstual differensiallashuvi funksional-semantik xususiyatlariga o‘zaro bog‘liq holda aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida temir yo‘lga oid terminlarning qiyosiy-tipologik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tiliga lotin, yunon, nemis, italiyan va fransuz tillaridan, o‘zbek tiliga esa rus tili orqali Evropa tillaridan o‘zlashgan terminlarning dominantligi hamda ularning semantik universallik va terminal lakoniklikka asoslangan izomorfik, chastotalik assimetriya, milliylashtirish, kalkalash hamda morfologik moslashuv bilan xarakterlanuvchi allomorfik xususiyatlari diaxron, sinxron va lingvostatistik usullar vositasida aniqlanganligi xususidagi mulohazalardan  Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan “English Access Microscholarship Program” mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 14-apreldagi 1019/02-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi yuzlab temir yo‘l sohasiga oid terminlarning chog‘ishtirma tahlili ushbu loyihaning mazmun-mohiyatini boyitishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan; 
ingliz va o‘zbek tillarida temir yo‘l terminlarining qo‘llanilishida metaforizatsiya hodisasiga nisbatan definitiv, nominativ va deskriptiv funksiyalarning ustuvor ekanligi hamda soha terminlarining leksik-semantik transformatsiyasining konseptual asoslari intralingvistik va ekstralingvistik omillarni aniqlash orqali isbotlanganligiga oid ilmiy xulosalardan Toshkent transport texnikumi, Samarqand va Qo‘qon temir yo‘l texnikumlari pedagog xodimlari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Temiryo‘linfratuzilma” aksiyadorlik jamiyati Personalni tayyorlash muassasasi Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash o‘quv Markazi, Mashinist va mashinist yordamchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazi, temir yo‘l tizimidagi boshqa korxona va tashkilotlarda “Temir yo‘l terminologiyasining struktur-semantik tahlili va uni amaliy sohalarga joriy etish masalalari” mavzusida o‘tkazilgan mahorat darslarida foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 4-noyabrdagi 07/4355-25-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy tavsiyalar va xulosalar temir yo‘l sohasidagi til, termin va tarjima ishlari, texnik hujjatlar va o‘quv-uslubiy materiallarda soha terminlaridan me’yoriy foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatiga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida temir yo‘l sohasiga oid terminlarni sodda, tub, qo‘shma, ikki va bir nechta uzvli, juft va ko‘p tarkibli formal tiplarga ajratish hamda ularning derivatsion-struktur ishchi modellarini ishlab chiqish orqali sohaga oid terminlarning morfologik va sintaktik derivatsion modellarining transpozisiya va semantik usuldagi modellarga nisbatan mahsuldor ekanligi dalillanganligiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2023-yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining taʼlimiy korpusini yaratish” mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 22-apreldagi 01/4-1555-son ma’lumotnomasi). Natijada chog‘ishtirilayotgan tillardagi temir yo‘l sohasiga oid terminlarning struktur-semantik modellari, formal-struktur belgilari haqidagi bilim va ko‘nikmalar shakllantirilgan;
sohalararo vujudga keladigan polisemik, sinonimik hamda omonimlik leksik birliklarning birlamchi hamda ikkilamchi nominativ semantik dominantlari ingliz va o‘zbek tillaridagi temir yo‘l sohasiga oid terminlarning transterminlash va determinlash jarayonlaridagi kontekstual differensiallashuvi funksional-semantik xususiyatlariga o‘zaro bog‘liq holda aniqlanganligiga oid xulosalardan Erasmus+dasturi ICM, KA-107-International Credit Mobility between Evropean Union and Uzbeksitan HELs, through staff and student mobility exchange projecs between Uzbek State University of World LanguaGES (Uzbekistan) and Ruhr University Bochum (Germany) – 2020-1-DE01-KA 107-005433-raqamli loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 11-yanvardagi 17-1/25-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillari temir yo‘l transporti terminologik sistemasining leksik, morfologik, sintaktik va semantik derivatsiyaning o‘ziga xosliklari vositasida loyiha mazmunini boyitishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish