To‘xtanova Mumtozbegim Ortiqali qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Zamonaviy Amerika diaspora adabiyoti tarjimalarida milliylikni aks ettirsih muammolari (Xolid Husayniyning Ming quyosh shu’lasi asari misolida), 10.00.06 Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil3586
Ilmiy rahbar: Sadiqov Zohid Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori  (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.04.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Xayrulla, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Sidiqov Qosim Abilovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II.Tadqiqotning maqsadi zamonaviy badiiy adabiyotda aks etgan diaspora fenomenining hususiyatlari, milliylik tushunchasi hamda Xolid Husayniyning “Ming quyosh shu’lasi” romanidagi obrazlilik va milliy xoslikni ifodalovchi leksik birliklarning o‘zbekcha va ruscha tarjimalari bilan qiyosiy va chog‘ishtirma tahlil qilish orqali  asliyatga muqobillik darajasini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Zamonaviy Amerika diaspora adabiyotida milliylik va muhojirlik kategoriyalarining badiiy ifodalanishi ilk bor lingvokulturologik, tarjimashunoslik yondashuvlari asosida tizimli tahlil qilinib, milliy o‘ziga xoslikni aks ettiruvchi til birliklarini tarjimada muqobillik asosida qayta yaratish usullari ilmiy jihatdan asoslab berildi.
Diaspora adabiyotida milliy-madaniy birliklarning tarjimasi ilk bor lingvokulturologik yondashuv bilan tadqiq qilinib, adaptatsiya, transliteratsiya, funksional ekvivalentlik va izohli tarjima usullarining milliy identifikatsiyani saqlashdagi samaradorligi ilmiy asosda ko‘rsatildi. Shu orqali realiyalarni boshqa madaniyat kontekstida qayta yaratishdagi murakkabliklar ochib berildi hamda milliy-madaniy tafovutlarning tarjima jarayoniga ta’siri tizimli ravishda baholandi.
Xolid Husayniy asarida uchraydigan realiyalar milliylikni saqlash darajasi nuqtayi nazaridan ilk bor tizimli guruhlashtirildi. Antroponimlar, toponimlar, diniy va glyuttonik birliklarning o‘zbekcha hamda ruscha tarjimalari qiyosiy tahlil qilinib, ularning tarjimadagi semantik, stilistik va madaniy kontrastlari kontekstual tarjima tahlili asosida chuqur o‘rganildi.
“Ming quyosh shu’lasi” romanidagi frazeologik birliklar va badiiy-tasviriy vositalarning o‘zbek tiliga tarjima jarayonidagi funksional-semantik nomuvofiqlik holatlari, madaniy uzilish, kontekstga moslashtirish o‘quvchiga mos ravishda soddalashtirish kabi muammolari aniq misollar asosida asoslab berildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy Amerika muhojirlik adabiyoti o‘zbekcha tarjimalarida milliylikni aks ettirish muammolari (Xolid Husayniy asarlari misolida) tadqiqi natijasida olingan xulosalar asosida:
          Zamonaviy Amerika muhojirlik adabiyoti namunalaridan Xolid Husayniy romanlari “Ming quyosh shu’lasi”, “Shamol ortidan yugurib” va “Tog‘lar hado berdi” asarlaridagi milliy xoslikka ega bo‘lgan leksik birliklar tarjimasi, obrazlilik, frazeologik birliklar va ularning tarjimasi kabi ilmiy natijalardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan I-OT-2019-4 “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” bo‘yicha innovatsion loyiha doirasida foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 9-iyundagi 01/4-2350-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijaning amaliyotga tatbiq etilishi loyiha doirasida yaratilgan  elektron platformaning milliy-madaniy komponentlarini shakllantirishda metodik asos sifatida xizmat qilgan.
          Xolid Husayniy qalamiga mansub “Ming quyosh shu’lasi”, “Shamol ortidan yugurib” va “Tog‘lar hado berdi” romanlarini o‘qish orqali, biz muhojirlik jarayoni hamda qiyinchiliklari, shuningdek, madaniyatini his qilamiz. Jumladan, asarlardagi madaniy kodlar tarjimasi, antroronimlarning semantik xususiuatlari va ularning tarjimasi masalalari hamda frazeologik birliklar va ularning tarjimasi kabi ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan “Adabiy jarayon”, “Bedorlik”, “Jahon adabiyoti” dasturlarining 2025-yil yanvar va iyun oylaridagi sonlarida dasturlarni mazmunan boyitish maqsadida, ssenariysida foydalanildi (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 05-09-872-sonli 2025-yil 10-iyundagi dalolatnomasi). Natijada, mazkur dasturlar tarkibida milliy-madniy kontentning mazmunan aniq, lingvistik jihatdan asosli va auditoriyaga tushunarli shaklda yoritilishi ta’minlangan.
          Zamonaviy Amerika diaspora adabiyoti namunalarida milliy o‘ziga xoslikni aks ettiruvchi til birliklarini tarjimada muqobillik asosida qayta yaratish usullari, realiyalarni boshqa madaniyat kontekstida qayta yaratishdagi murakkabliklari hamda milliy-madaniy tafovutlarning tarjima jarayoniga ta’siri kabi ilmiy natijalaridan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PF-201912258. O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” bo‘yicha amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 17-martdagi 04/1-1451-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar loyihaning milliy-madaniy qismini shakllantirishda metodik asos bo‘lib xizmat qilgan hamda platformani mazmunan boyitishga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish