Abdurahimova Manzura Shokirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek nasrida psixofiziologik tasvir muammolari va badiiy mahorat (Nabi Jaloliddin va Qo‘chqor Norqobil ijodi bo‘yicha)”, 10.00.02 - O‘zbek adabiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B20252.1.PhD/Fil5771.
Ilmiy rahbar: Qayumov Abduvahob Abdurashidovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.25.03 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamraqulova Xurshida Quvvatovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qurbonova Feruza A’zamovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek nasrida qahramonlarning psixofiziologik holat tasvirlarini badiiy tahlil qilish orqali ularning estetik va poetik ifoda vositalarini aniqlash, shuningdek, Nabi Jaloliddin va Qo‘chqor Norqobil ijodidagi psixofiziologik tasvirlarning o‘zaro uyg‘unlashuvida namoyon bo‘luvchi yozuvchining badiiy mahoratini tadqiq etish hamda uni ilmiy mezonlar asosida isbotlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jahon va o‘zbek adabiyotshunosligida badiiy qahramon psixofiziologiyasini o‘rganishga doir yondashuvlar differensial tahlil qilinib, “psixofiziologik holat” tushunchasining poetik kategoriya sifatidagi nazariy-metodologik parametrlari hamda o‘zbek nasridagi o‘rganilmagan jihatlari aniqlangan hamda muammolarning ilmiy-nazariy ahamiyati asoslangan;
hozirgi o‘zbek nasrida psixofiziologik holatlarning o‘zaro determinantlik aloqalari asoslangan, bunda jismoniy reaksiyalarning (jest, mimika, harakat o‘zgarishlari) qahramon ichki dunyosini ochishdagi obrazli xizmati hamda kitobxon ongida assotsiativ obraz yaratish orqali estetik ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari dalillangan;
o‘zbek nasri misolida “sukut” hodisasi ilk bor psixofiziologik tasvir vositasi sifatida kompleks tahlilga tortilib, Nabi Jaloliddin va Qo‘chqor Norqobil asarlarida ushbu pauzalarning personaj milliy va umuminsoniy identifikatsiyasini ko‘rsatuvchi badiiy-psixologik xodisa ekanligi isbotlangan;
qahramon sukuti va unga hamroh bo‘lgan fiziologik belgilar o‘zbek milliy mentalitetining o‘ziga xos ifodasi (bosiqlik, andisha, ichki kechinma ustuvorligi) sifatida tadqiq etilgan hamda badiiy matn strukturasida milliy psixofiziologik holatlarning predikativ funksiyalari va ahamiyatlilik darajalari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
badiiy asar qahramonlarining psixofiziologik holatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarni tizimli o‘rganish natijasida chiqarilgan ilmiy xulosalar asosida masalaning echim topmagan jihatlari aniqlangan hamda muammolarning ilmiy-nazariy ahamiyati asoslanganligiga ilmiy-nazariy fikrlar va xulosalardan Turkiyaning “Artvin Coruh Universiteti Rektorlugu” talabalarining (2024-2025-yillardagi bahorgi semestrida TDE-404: Tadqiqot loyihasi (bakalavr) TDE-453: Zamonaviy turkiy adabiyotlar (bakalavr) TDE-5846: Qiyosiy turkiy adabiyot (magistratura) kabi fanlarni o‘qitishda foydalanilgan. (Artvin Coruh Universiteti Rektorluguning 21.01.2026 dagi E-52659-son ma’lumotnomasi. Shuningdek, dissertatsiyada tahlil qilingan badiiy ohang, jest mimika, psixologik tuzilma tahlillari hamda o‘quvchi ongida vujudga kelgan assotsiativ obraz qahramonning ma’lum vaziyatda o‘zini qanday baholash jarayonida yuqori darajadagi amaliy tajriba orttirdilar. Mazkur ilmiy mazmun asosida talabalar mustaqil ilmiy hisobotlar, kontseptual taqdimotlar va badiiy matn tahlillari kabi akademik topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajardilar. Bu esa ta’lim jarayonining mazmunan va metodik jihatdan boyishiga xizmat qildi.
qahramonning ichki kechinmalari, mimikasi va ovoz ohangi orqali ifodalangan psixofiziologik holat tasvirlarining badiiy-estetik funksiyalari aniqlanib, ularning individual uslub yaratishdagi ahamiyati ochib berilgan hamda ilmiy jihatdan dalillanganligiga doir nazariy fikrlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanildi. Shuningdek, ushbu ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallar M.Abdurahimova tomonidan tavsiya etilgan maqolalar va o‘quv adabiyotlar bilan mazmunan boyitildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 14-fevraldagi 26-36-962-son ma’lumotnomasi). Natijada teleradiokompaniya ko‘rsatuvlarida ushbu dissertatsiya natijalaridan foydalanish o‘zining ijobiy samarasini berdi. Ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni chuqurlashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan hamda ko‘rsatuv va eshittirishlarda ko‘tarilgan zamonaviy adabiy janrlar masalalarining ilmiy asosi kuchaytirilgan.
sukut holatining psixofiziologik tasvir vositasi sifatida qo‘llanishi ilk bor o‘zbek nasri misolida keng qamrovli tahlil qilinib, uning Nabi Jaloliddin hamda Qo‘chqor Norqobil ijodi orqali milliy va umuminsoniy identifikatsiya jarayonlarining badiiy aks ettirilishi ilmiy jihatdan asoslanib, hozirgi o‘zbek nasrida bu yo‘nalishning metodologik ahamiyati ochib berilganligiga oid mulohazalardan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. Jumladan, dissertatsiyaning hozirgi o‘zbek nasrida psixofiziologik holatlar psixologik jihatdan o‘zaro bir-biriga bog‘langan holda asar qahramonlarining ruhiy holatini o‘quvchiga yaqqolroq namoyon qilish vazifasini bajarishi, o‘quvchi ongida vujudga kelgan assotsiativ obraz qahramonning ma’lum vaziyatda o‘zini qanday tutgani, o‘z ruhiy holatini sukut, jest va mimikalar orqali qanday ifoda qilgani haqida tasavvur paydo qilishi, bu orqali kitobxonga ruhiy ta’sir o‘tkazilishi dalillanganligiga doir xulosa va tavsiyalari loyiha doirasida yaratilgan ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformaning mukammallashuviga xizmat qilgan.
qahramon sukuti yordamida ifodalangan psixofiziologik holatlar orqali milliy xarakter, ruhiy jarayonlar, badiiy mahorat topilmalari aks etgan tasvirlar va o‘zbek milliy xarakterida sukut psixofiziologik holatining o‘rni masalasi alohida e’tiborga olingan holda milliylik parametrlari bo‘yicha tahlil qilingan hamda milliy psixofiziologik holat funksiyalari, predikativ markaz uchun ahamiyatlilik darajalari aniqlanganligiga doir mulohazalardan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan IL-402104474-raqamli ““bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil` ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan, elektron platformaning mukammallashuviga xizmat qilgan.