Nurmuxammadov Sharofitdin Shermaxammat o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro xonligida valiahdlik maqomi va hukmdorlarni taxtga chiqarish an’analari tarixi (XVI-XVIII asrlar)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tar2197
Ilmiy rahbar: Zamonov Akbar Turginovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oriental universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.01.01.
Rasmiy opponentlar: Xolikulov Ahmadjon Boymaxammatovich, tarix fanlari doktori, professor; Adilov Abror Anvarovich, tarix fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Buxoro xonligida valiahdlik maqomi va hukmdorlarni taxtga chiqarish an’analari tarixiga oid masalalarini ochib berish va umumlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
shayboniylar Movarounnahrni qo‘lga kiritgach, temuriylar va chig‘atoy malikalariga uylanish (siyosiy maqsaddagi nikoh) orqali o‘z hokimiyatining legitimligiga erishgan bo‘lsa, ashtarxoniylarning ona tomondan shayboniylar avlodini taxtga ko‘tarish orqali o‘z hokimiyati qonuniyligini asoslashga harakat qilganligi dalillangan; 
shayboniylar sulolasi davrida xon saylashda o‘ziga xos yangilik kiritilib, unga ko‘ra, xon bilan bir paytning o‘zida valiahd (qolg‘a) ham saylab qo‘yilganligi, valiahdlar sulola ichida yosh jihatidan xondan keyingi o‘rinda turuvchi xonadon vakili bo‘lganligi, shuningdek so‘nggi shayboniylar va ashtarxoniylar davridan boshlab valiahdlar boshqaruvi uchun maxsus viloyat belgilanib, bu o‘rinda aksariyat hollarda Balx tanlanganligi, Balxning tanlanishiga bu shahar Jonibek sulton avlodlari uchun merosiy mulk ekanligi hamda strategik va tabiiy jihatdan qulay bo‘lganligi aniqlangan; 
qudratli hukmdorlar valiahdlik tizimidagi qoidalarga ta’sir qilganligi, o‘zlarining mavqelari va kuch-qudratidan foydalanib, sulolada xonning yoshi katta ukasi, amakisi yoki boshqa qarindoshlari bo‘lishiga qaramay, o‘z o‘g‘lini valiahd sifatida e’lon qilganligi aniqlanib, bu borada Shayboniyxon  o‘zidan yoshi kattaroq bo‘lgan amakilari, amakivachchalari bo‘lishiga qaramay, o‘z o‘g‘lini valiahd deb e’lon qilganligi, Ubaydullohxon ham Buxorodagi o‘z hokimiyatini ota meros mulk sifatida o‘g‘li Abdulazizxonga berganligi, Abdullohxon ham ukalari emas, o‘g‘li Abdulmo‘minga valiahdlikni topshirganligi manbalar asosida isbotlangan; 
Shayboniy hukmdorlar taxtga chiqish marosimida o‘zidan oldingi ikki buyuk davlat arbobi (Chingizxon va Amir Temur)ning rasm-rusumini birlashtirganligi, shuningdek, saylanadigan xonlar avval Chingizxon udumi bo‘lgan oq kigizga ko‘tarilib, keyin Amir Temur joriy qilgan “ko‘k tosh”ga o‘tqazilgan, shu bilan birgalikda, shayboniylar va ashtarxoniylarning ayrim xonlari davrida poytaxt Buxoro shahrida bo‘lsa-da, vorisning taxtga o‘tirish marosimi Amir Temurning taxtga o‘tirish an’anasiga muvofiq Samarqandda o‘tkazilgan, bu harakatlari bilan esa xonlarning o‘zlarini ham chingiziylar, ham temuriylar vorisi sifatida ko‘rsatishga uringanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Buxoro xonligida valiahdlik maqomi va hukmdorlarni taxtga chiqarish an’analari tarixi (XVI – XVIII asrlar) mavzusiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Shayboniylar Movarounnahrni qo‘lga kiritgach, temuriylar va chig‘atoy malikalarga uylanish (siyosiy maqsaddagi nikoh) orqali o‘z hokimiyatining legitimligiga erishgan bo‘lsa, ashtarxoniylarning ona tomondan shayboniylar avlodini taxtga ko‘tarish orqali o‘z hokimiyati qonuniyligini asoslashga harakat qilganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekіston tarіxі telekanalida efirga uzatilgan  Ochiq dars ko‘rsatuvi ssenariysini hamda “Mavzu” va “Tarixiy savol” kabi ko‘rsatuvlarning ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi – “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 5-noyabrdagi 01-33/831-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarning joriy etilishi Buxoro xonligi hokimiyati tepasiga shayboniylar sulolasining hokimiyatga kelishi va legitimlik masalalari to‘g‘risida yangi ma’lumotlarni ommalashtirishga, shu bilan bir qatorda o‘zbek davlatchiligi tarixidagi xon saylash va ularni taxtga ko‘tarish masalalarining ilmiy asoslab berilishi orqali tomoshabinlarning O‘zbekiston tarixiga oid bilimlarining kengayishiga xizmat qilgan. 
Shayboniylar sulolasi davrida xon saylashda o‘ziga xos yangilik kiritilib, unga ko‘ra, xon bilan bir paytning o‘zida valiahd (qolg‘a) ham saylab qo‘yilganligi, valiahdlar sulola ichida yosh jihatidan xondan keyingi o‘rinda turuvchi xonadon vakili bo‘lganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekіston tarіxі telekanalida efirga uzatilgan Ochiq dars ko‘rsatuvi ssenariysini hamda “Mavzu” va “Tarixiy savol” kabi ko‘rsatuvlarning ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi – “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 5-noyabrdagi 01-33/831-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarning joriy etilishi Buxoro xonligi hokimiyati tepasiga shayboniylar sulolasining hokimiyatga kelishi va legitimlik masalalari to‘g‘risida yangi ma’lumotlarni ommalashtirishga, shu bilan bir qatorda o‘zbek davlatchiligi tarixidagi xon saylash va ularni taxtga ko‘tarish masalalarining ilmiy asoslab berilishi orqali tomoshabinlarning O‘zbekiston tarixiga oid bilimlarining kengayishiga xizmat qilgan. 
Shuningdek, qudratli hukmdorlar valiahdlik tizimidagi qoidalarga ta’sir qilganligi,  o‘zlarining mavqelari va kuch-qudratidan foydalanib, sulolada xonning yoshi katta ukasi, amakisi yoki boshqa qarindoshlari bo‘lishiga qaramay, o‘z o‘g‘lini valiahd sifatida e’lon qilganligi aniqlanib, bu borada Shayboniyxon o‘zidan yoshi kattaroq bo‘lgan amakilari, amakivachchalari bo‘lishiga qaramay, o‘z o‘g‘lini valiahd deb e’lon qilganligi, Ubaydullohxon ham Buxorodagi o‘z hokimiyatini ota meros mulk sifatida o‘g‘li Abdulazizxonga berganligi, Abdullohxon ham ukalari emas, o‘g‘li Abdulmo‘minga  valiahdlikni topshirganligiga doir natijalardan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 16-dekabrdagi 10/858-son ma’lumotnomasi). Natijalar Buxoro xonligida valiahd tayinlash va ularni taxtga chiqarish an’analariga oid masalalarni ochib berish va umumlashtirishga, keng jamoatchilikka tanishtirishga xizmat qilgan.
Shayboniylar Movarounnahrni qo‘lga kiritgach, temuriylar va chig‘atoy malikalarga uylanish (siyosiy maqsaddagi nikoh) orqali o‘z hokimiyatining legitimligiga erishgan bo‘lsa, ashtarxoniylarning ona tomondan shayboniylar avlodini taxtga ko‘tarish orqali o‘z hokimiyati qonuniyligi, shuningdek, Shayboniylar sulolasi Movarounnahr hokimiyatini egallagach, xon saylashda o‘ziga xos yangilik kiritilib, unga ko‘ra, xon bilan bir paytning o‘zida valiahd (qolg‘a) ham saylab qo‘yilganligi, valiahdlar sulola ichida yosh jihatidan xondan keyingi o‘rinda turuvchi xonadon vakili bo‘lganligiga oid ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 16-dekabrdagi 10/858-son ma’lumotnomasi). Natijalar Buxoro xonligida valiahd tayinlash va ularni taxtga chiqarish an’analariga oid masalalarni ochib berish va umumlashtirishga, keng jamoatchilikka tanishtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish