Salomov Ismoil Isroil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi davrida oliy ta’lim va fan (1941-1945)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD/Tar1251
Ilmiy rahbar: Ishanxodjaeva Zamira Rayimovna, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Ergasheva Yulduz Alimovna; tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Babadjanov Xasan Baxtiyorovich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekitonda oliy ta’lim va fan sohalarining rivoji, undagi muammolar va ularning echimini manbalar yordamida ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekistondagi mavjud barcha oliy o‘quv yurtlarining o‘quv, uslubiy va ilmiy faoliyatlari, ularning kadrlar tayyorlash borasida qayd etgan natijalari, urush yillarida oliy ta’lim muassasalarida qabul jarayonlarining tashkil etilish tartiblari, pedagog xodimlar va talabalar uchun urush sharoitida yaratilgan imkoniyatlar va oliy ta’lim tizimida amalga oshirilgan davriy o‘zgarishlar tarixiy xolislik asosida o‘rganilgan;
Urush davrida O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyati tarixi, ularning mahalliy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan olib borgan o‘zaro hamkorliklari, evakuatsiya qilingan ta’lim muassasalarni O‘zbekiston sharoitida o‘quv binolari, asbob-uskunalar va laboratoriya xonalari bilan ta’minlash natijasida erishilgan ilmiy yutuqlarning ahamiyati tarixiy manbalar yordamida isbotlangan;
O‘zbekistonda mavjud va g‘arbiy hamda markaziy hududlardan evakuatsiya qilingan ilmiy muassasalar va ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyat yo‘nalishlari urush davri talablari va front ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilishi oqibatida, barcha ilmiy muassasalar faoliyati amaliyot bilan bog‘liqlikda mamlakat iqtisodiyotining yirik muammolarini hal qilishga qaratilgani, xomashyo manbai, yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishning o‘ziga xos yangi usul va vositalari kashf etilgani hamda amaliyotga joriy etilgani, shuningdek, aniq va tabiiy fanlar, gumanitar fanlar, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda, shuningdek, turli yo‘nalishlardagi ilmiy stansiyalarda erishilgan ilmiy yutuqlar natijalari dalillangan;
Urush davrida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining tashkil etilishining ahamiyati, uning tarkibida faoliyat yuritgan ilmiy-tadqiqot institutlari va stansiyalari faoliyati, O‘zbekiston sharoitida mahalliy ilmiy-tadqiqot institutlarida erishilgan ilmiy yutuqlarning samaradorligi va ahamiyati arxiv manbalari va davriy matbuot ma’lumotlari yordamida aniqlangan va tahlil qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi davrida oliy ta’lim va fan sohalari tarixi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekistondagi mavjud barcha oliy o‘quv yurtlarining o‘quv, uslubiy va ilmiy faoliyatlari, ularning kadrlar tayyorlash borasida qayd etgan natijalari, urush yillarida oliy ta’lim muassasalarida qabul jarayonlarining tashkil etilish tartiblari, pedagog xodimlar va talabalar uchun urush sharoitida yaratilgan imkoniyatlar va oliy ta’lim tizimida amalga oshirilgan davriy o‘zgarishlar haqidagi materiallardan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasining “Shon-sharaf” davlat muzeyida ekskursiyalar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasining “Shon-sharaf” davlat muzeyining 42/406–sonli 2024-yil 21-maydagi ma’lumotnomasi). Aniqlangan arxiv hujjatlari urush davri tarixini qimmatli ma’lumotlar bilan to‘ldirishga xizmat qilgan.
Urush davrida O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyati tarixi, ularning mahalliy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan olib borgan o‘zaro hamkorliklari, evakuatsiya qilingan ta’lim muassasalarni O‘zbekiston sharoitida o‘quv binolari, asbob-uskunalar va laboratoriya xonalari bilan ta’minlash natijasida erishilgan ilmiy yutuqlarning ahamiyati haqidagi xulosalardan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasining “Shon-sharaf” davlat muzeyida ekskursiyalar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasining “Shon-sharaf” davlat muzeyining 42/406 – sonli 2024-yil 21-maydagi ma’lumotnomasi). Aniqlangan arxiv hujjatlari urush davri tarixini qimmatli ma’lumotlar bilan to‘ldirishga xizmat qilgan.
O‘zbekistonda mavjud va g‘arbiy hamda markaziy hududlardan evakuatsiya qilingan ilmiy muassasalar va ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyat yo‘nalishlari urush davri talablari va front ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilishi oqibatida, barcha ilmiy muassasalar faoliyati amaliyot bilan bog‘liqlikda mamlakat iqtisodiyotining yirik muammolarini hal qilishga qaratilgani, xomashyo manbai, yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishning o‘ziga xos yangi usul va vositalari kashf etilgani hamda amaliyotga joriy etilgani, shuningdek, aniq va tabiiy fanlar, gumanitar fanlar, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda, shuningdek, turli yo‘nalishlardagi ilmiy stansiyalarda erishilgan ilmiy yutuqlar haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston tarixi telekanali 2024-yil 24-maydagi 02-31-668-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ilgari ilmiy muomalaga kiritilmagan arxiv hujjatlari asosidagi ma’lumotlar teletomoshabinlarning urush paytida O‘zbekistonda oliy ta’lim va fan sohalarida amalga oshirilgan ishlar tarixi haqidagi bilimlarini boyitishda xizmat qilgan.
Urush davrida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining tashkil etilishining ahamiyati, uning tarkibida faoliyat yuritgan ilmiy-tadqiqot institutlari va stansiyalari faoliyati, O‘zbekiston sharoitida mahalliy ilmiy-tadqiqot institutlarida erishilgan ilmiy yutuqlarning samaradorligi va ahamiyati to‘g‘risidagi tadqiqotning nazariy xulosalari asosida “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston tarixi telekanali 2024-yil 24-maydagi 02-31-668-son ma’lumotnomasi). Ilgari ilmiy muomalaga kiritilmagan arxiv manbalari o‘zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi haqidagi bilimlarini boyitishda xizmat qilgan.