Raximov Ruslan Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalar og‘ir shakllarining klinik xususiyatlari, xavf omillari, davolash va profilaktikasini takomillashtirish», 14.00.10–Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib61.
Ilmiy rahbar: Abdukadirova Muazzam Alievna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Ibadova Gul`nara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudaykulova Gul`nara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir respirator virus infeksiyalari va grippning og‘ir shakllari rivojlanishining xavf omillari, klinik kechishi, davolash va oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda og‘ir o‘tkir respirator infeksiyalarning keng tarqalganlik darajasi va tizimli organlarni og‘ir zararlanishi asoslangan;
gripp va respirator-sinsitial infeksiyalarining og‘ir o‘tkir respirator infeksiyalar shakllanishda respirator viruslar etiologik tarkibining asosiy o‘rni isbotlangan;
og‘ir o‘tkir respirator infeksiyalari va ularning asoratlari shakllanishida o‘ziga xos bo‘lgan og‘ir intoksikatsion klinik sindrom xosligi asoslangan;
0-2 yoshdagi bolalar, III trimestrdagi homilador ayollar va odam immunitet tanqisligi sindromi mavjud shaxslarda o‘tkir respirator infeksiyalarning og‘ir kechishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalar og‘ir shakllarining klinik xususiyatlari, xavf omillari, davolash va profilaktikasini takomillashtirish baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Virusli etiologiyaning og‘ir o‘tkir respirator infeksiyalari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 31 oktyabrdagi 8n-d/230-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma og‘ir o‘tkir respirator infeksiyalari muammosi miqyosini baholash, uning etiologik tarkibi va asosiy xavf omillarini belgilash, davolash va oldini olish tizimini ishlab chiqish imkonini bergan;
gripp va boshqa og‘ir o‘tkir respirator virusli infeksiyalar og‘ir shakllarining klinik xususiyatlari, xavf omillari, davolash va profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar 1-son yuqumli kasalliklar hamda 1-son shahar bolalar klinik shifoxonalari klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 dekabrdagi 8n-z/251-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishini grippga qarshi spesifik profilaktikani amalga oshirish va kasallikni samarali davosining qo‘llanilishi gripp bilan kasallanishlar darajasini kamaytirish, kasallik asoratlarini qisqartirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.