Poyanov Ixtiyor Abdimumin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda qadimgi shaharlar va ilk davlatchilik jarayonlarining bog‘liqligi tarixi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1686
Ilmiy rahbar: Berdiev Jamshid Panjievich, t.f.f.d.,dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, Raimqulov Abdusabur Azzamovich; tarix fanlari doktori, Xushvaqov Nabi Olimovich.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston hududidagi qadimgi shaharlar va dastlabki davlatchilikning rivojlanish jarayonlaridagi o‘zaro bogʻliqlik tarixini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Avesto”, Eron, Yunon va Rim kabi qadimiy yozma manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, miloddan avvalgi VIII asrda Baqtriya hududida ilk shaharlar asosida mustaqil va qudratli davlat shakllangani, miloddan avvalgi VI asr o‘rtalarida qadimgi Xorazm davlatchiligida shaharlar va qa’lalar nafaqat harbiy-strategik, balki iqtisodiy va ma’muriy jihatdan ham muhim o‘rin tutgani ma’lum bo‘lib, ular hunarmandchilik, savdo va boshqaruv markazlari sifatidagi faoliyati ilmiy jihatdan dalillangan;
Arxeologik ma’lumotlar va turli yozma manbalar tahliliga asoslanib, mintaqaning Baqtriya, Sug‘d va qadimgi Xorazm hududlarida shakllangan ilk davlatlari muayyan sun’iy sug‘orish inshootlari tizimi bilan chegaralangan voha davlatchiligi shaklida vujudga kelgani, bu davlatlarning rivojlanish jarayonlari asosan suv bilan ta’minlanish imkoniyatlariga chambarchas bog‘liq bo‘lib, sug‘orish tizimlari qishloq xo‘jaligi, aholi joylashuvi, shaharlar tarkibi va ularning iqtisodiy-ijtimoiy hayotini yuksaltirishda hal qiluvchi omil sifatida xizmat qilganligi, shu jihatdan, mazkur hududlardagi davlatchilikning yuzaga chiqishi va taraqqiyoti vohalarning tabiiy resurslaridan samarali foydalanishga asoslangani arxeologik topilmalar bilan asoslangan;
Qadimgi O‘zbekiston hududlaridagi davlatlar ustidan miloddan avvalgi VI – IV asrlarda Ahamoniylar sulolasi asosan siyosiy hukmronlikni o‘rnatgani, ammo ularning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmagani arxeologik yodgorliklarning qurilish uslublari hamda moddiy madaniy merosning qiyosiy tahlili asosida ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Arxeologik ma’lumotlar mahalliy shaharsozlik an’analari, me’morchilik shakllari va mahalliy hunarmandchilik rivoji o‘zligini saqlab qolganini, bu esa Ahamoniylar hukmronligi siyosiy nazorat bilan cheklanganini, mintaqaning ichki ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlariga chuqur kirib bormaganligi ilmiy jihatdan dalillangan;
Qadimgi Xorazm va Sug‘diyona miloddan avvalgi IV asrdan milodiy IV asrgacha yirik shaharlarga ega bo‘lgan mustaqil davlatlar sifatida mavjud bo‘lgani sababli, ularning tarixiy taraqqiyotini “Qang‘” yoki “Kushon” davri atamalari bilan ifodalash to‘g‘ri emasligi, balki ushbu davrni mazkur davlatlarning mustaqil rivojlanish davri sifatida atash lozimligi, Xorazm va Sug‘diyona siyosiy mustaqillik, xos davlat boshqaruv tizimi, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot hamda o‘ziga xos madaniy an’analarini rivojlantirganligi, mazkur hududlar tarixini ularning ichki taraqqiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda mustaqil rivojlanish davri sifatida o‘rganish ilmiy jihatdan to‘g‘ri hisoblanishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan,
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arxeologik ma’lumotlar va turli yozma manbalar tahliliga asoslanib, mintaqaning Baqtriya, Sug‘d va qadimgi Xorazm hududlarida shakllangan ilk davlatlari muayyan sun’iy sug‘orish inshootlari tizimi bilan chegaralangan voha davlatchiligi shaklida vujudga kelgani, bu davlatlarning rivojlanish jarayonlari asosan suv bilan ta’minlanish imkoniyatlariga chambarchas bog‘liq bo‘lib, sug‘orish tizimlari qishloq xo‘jaligi, aholi joylashuvi, shaharlar tarkibi va ularning iqtisodiy-ijtimoiy hayotini yuksaltirishda hal qiluvchi omil sifatida xizmat qilganligi, shu jihatdan, mazkur hududlardagi davlatchilikning yuzaga chiqishi va taraqqiyoti vohalarning tabiiy resurslaridan samarali foydalanishga asoslanganiga oid ilmiy xulosalar “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 9-oktyabrdagi 01-44-292-son ma’lumotnomasi). Natijada Baqtriya va qadimgi Xorazmda ilk davlatchilik sun’iy sug‘orish inshootlariga asoslangan voha tizimi bilan chambarchas bog‘lanib, suv resurslaridan samarali foydalanish ularning iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanishida hal qiluvchi omil bo‘lganligi ilmiy jihatdan asoslab berildi va teletomoshabinlarga etkazildi.
Qadimgi O‘zbekiston hududlaridagi davlatlar ustidan miloddan avvalgi VI – IV asrlarda Ahamoniylar sulolasi asosan siyosiy hukmronlikni o‘rnatgani, ammo ularning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmagani arxeologik yodgorliklarning qurilish uslublari hamda moddiy madaniy merosning qiyosiy tahlili asosida ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Arxeologik ma’lumotlar mahalliy shaharsozlik an’analari, me’morchilik shakllari va mahalliy hunarmandchilik rivoji o‘zligini saqlab qolganini, bu esa Ahamoniylar hukmronligi siyosiy nazorat bilan cheklanganini, mintaqaning ichki ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlariga chuqur kirib bormaganligiga doir ilmiy ma’lumotlardan “Oltin meros” xayriya jamoat fondi dasturlarini bajarishda foydalanildi (Xalqaro “Oltin Meros” xayriya jamoat fondining 2025-yil 22-fevraldagi 01-26-son ma’lumotnomasi). Natijada qadimgi O‘zbekiston hududlarida Ahamoniylar sulolasi asosan siyosiy hukmronlikni o‘rnatgan bo‘lsa-da, ularning iqtisodiy va madaniy jarayonlarga chuqur ta’sir ko‘rsata olmagani, bu erda mahalliy shaharsozlik, me’morchilik va hunarmandchilik an’analari o‘zligini saqlab qolganligi ilmiy jihatdan asoslab berildi.