Ro‘zieva Dilafro‘z Ibragimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni amalga oshirishda Qarshi shahar mahallalarining o‘rni (1991-2022 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar1191
Ilmiy rahbar: Achilov Anvar Tuychievich, t.f.f.d., dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Ergasheva Yulduz Alimovna; tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Gadaev Omon Olimjonovich.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Qarshi shahar mahallalarining ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyati dinamikasini tarixiy nuqtai nazardan o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada rivojlantirish va mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarish tizimini kuchaytirish to‘g‘risida”gi farmoni orqali mahalla va oilaning ma’naviy va axloqiy jihatlari yanada rivojlantirildi. Bu farmon, mahallaning ijtimoiy rolining oshirish, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilishni yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, “Yoshlar yordami” dasturi orqali Qarshi shahridagi mahallalarda yoshlarning ma’naviy o‘sishi, axloqiy tarbiyasi va madaniy darajasini oshirishga katta e’tibor qaratilganligi aniqlangan;
Mustaqillik yillarida mahallalar faoliyatida, jumladan Qarshi shahri mahallalarida tub burilish jarayonlari sodir bo‘lganligi, mazkur tarixiy institutining qayta tiklanganligi, ajdodlarimizning asriy tajribalaridan keng foydalanila boshlanib mahallaga aholini ijtimoiy himoya qilish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar maskaniga aylanganligi isbotlangan;
Qarshi shahri mahallalari o‘zining geografik joylashuvi va aholisining tarkibiga qarab bir nechta hududiy, jumladan “Temir yo‘lchi”, “Shahar markazi” mahallalari markazi mahallalar toifasiga kirib, bu mahallalar shaharning asosiy yo‘llariga yaqin joylashganligi, “Shodlik” va ”Istiqlol” kabi mahallalar shaharning markazidan biroz uzoqda joylashganligi bois o‘rta mahallalar, shuningdek, chegaradagi mahallalar, ya’ni shaharning tashqi chegaralariga yaqin joylashgan mahallalar, qishloq mahallalari Qarshi shahriga yaqin joylashgan agrar soha bilan shug‘ullanuvchi qishloqlardan mahallalar toifalarga bo‘linishi dalillangan;
Yoshlar o‘rtasida Qarshi shahri mahallalarida va ta’lim muassasalarida “Mening shajaram” mavzusidagi aksiyalar o‘tkazish orqali o‘quvchilar o‘rtasida tarixiy xotira, yuksak ma’naviyat, o‘zbek xalqining tarixiy an’analari, madaniy merosga hurmat, mustaqilligimizni asrab avaylash, uni taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish, ona vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “Mening ajdodlarim-mening g‘ururim” shiori ostida insholar tanlovi, “Oilaviy-shajaram” ko‘rik tanlovi, “Urf-odatlar o‘zligimiz tayanchi” tanlovi, “Mahallamiz qadamjolari” kabi tadbirlari doimiy tashkil etib kelinayotgani isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qarshi shahri mahallaridan ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy ma’rifiy islohotlarni amalga oshirishda mahallarning tutgan o‘rni mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
mahallalar jahon sivilizatsiyasi o‘choqlaridan biri bo‘lgan Qarshi shahri hududida mavjud bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarishning eng asosiy va muhim shakllaridan biri ekanligiga oid ilmiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 27-oktyabrdagi 02-31-616/2-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv organlari, ya’ni mahallalar boshqaruvi demokratik asosda shakllanganligi, sharqona urf-odat va an’analar bu jarayonda asosiy rol o‘ynaganligi keng jamoatchilikka etkazib berilgan;
mustaqillik yillarida mahallalar faoliyatida, jumladan Qarshi shahri mahallalarida tub burilish jarayonlari sodir bo‘lganligi, mazkur tarixiy institutining qayta tiklanganligi, ajdodlarimizning asriy tajribalaridan keng foydalanila boshlanib mahallaga aholini ijtimoiy himoya qilish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar maskaniga aylanganligiga oid ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 27-oktyabrdagi 02-31-616/2-son ma’lumotnomasi). Natijada mustaqillik yillarida Qarshi shahri mahallarida “Mahalla” xayriya jamoat fondi va uning bo‘limlari, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” hamda mahalla raislari hamda boshqa ma’lumotlar ko‘rsatib berilgan;
Qarshi shahri mahalllalari o‘zining geografik joylashuvi va aholisining tarkibiga qarab bir nechta hududiy, jumladan “Temir yo‘lchi”, “Shahar markazi” mahallalari markazi mahallalar toifasiga kirib, bu mahallalar shaharning asosiy yo‘llariga yaqin joylashganligi, “Shodlik” va”Istiqlol” kabi mahallalar shaharning markazidan biroz uzoqda joylashganligi bois o‘rta mahallalar, shuningdek, chegaradagi mahallalar, ya’ni shaharning tashqi chegaralariga yaqin joylashgan mahallalar, qishloq mahallalari Qarshi shahriga yaqin joylashgan agrar soha bilan shug‘ullanuvchi qishloqlardan mahallalar toifalarga bo‘linishiga oid ma’lumotlardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining ma’lumotlaridan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 13 iyundagi 03-15/26-son ma’lumotnoma). Natijada mahallalar hududida joylashgan tadbirkorlik subektlarining normativ-huquqiy mexanizmlarini shakllantirish borasida taklif va tavsilar ishlab chiqilgan.
Yoshlar o‘rtasida Qarshi shahri mahallalarida va ta’lim muassasalarida “Mening shajaram” mavzusidagi aksiyalar o‘tkazish orqali o‘quvchilar o‘rtasida tarixiy xotira, yuksak ma’naviyat, o‘zbek xalqining tarixiy an’analari, madaniy merosga hurmat, mustaqilligimizni asrab avaylash, uni taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish, ona vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “Mening ajdodlarim-mening g‘ururim” shiori ostida insholar tanlovi, “Oilaviy-shajaram” ko‘rik tanlovi, “Urf-odatlar o‘zligimiz tayanchi” tanlovi, “Mahallamiz qadamjolari” kabi tadbirlari doimiy tashkil etib kelinayotganiga oid ma’lumotlardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining ma’lumotlaridan foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 13 iyundagi 03-15/26-son ma’lumotnoma). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiya va ilmiy xulosalar Yangi O‘zbekistonda oila-mahalla hamkorligi va yosh avlod tarbiyasidagi islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni mahalliy shart-sharoitlar asosida o‘rganishga xizmat qilgan.