Tojiboev Umidjon Usmonjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkistonda milliy san’at: an’ana va taraqqiyot jarayonlari (XIX asr oxiri – XX asr birinchi choragi)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tar1589
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdulla Nuritdinovich – tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.12.2025.Tar.10.01. 
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna – tarix fanlari doktori, professor, Mahmudov Sherzodxon Yunusovich – tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ilmiy muomalaga kiritilmagan tarixiy manbalar asosida, XIX asr oxiri – XX asr birinchi choragidagi Turkiston xalqlarining milliy madaniyati tarixini tomosha, teatr va musiqa san’ati misolida ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston aholisining asosiy ko‘ngilochar tadbirlari asosan Ramazon oyida tashkil etiladigan “kechki tomoshalar” bo‘lganligi, bunday tomoshalarga rus va rusiyzabon aholi ham tashrif buyurganligi, o‘lkaga ko‘chib kelganlar ommaviy hordiq chiqarishining asosiy ikki turi teatr hamda musiqa tomoshalari bo‘lganligi, teatr tadbirkorlari tomonidan rus teatrlarning o‘lkaga dastlabki gastrol safarlari tashkil etilganligi aniqlangan; 
Tatar va ozarbayjon ma’rifatparvarlari (Abdulla Qoriev, Ilyosbek Oshkozorskiy, Muhammad Komil al-Mut’iy, Qosim Shomil, Abdulla Kamol,  Aliaskar Asqarov, Xontalshinskiy, Ahmad Kamarinskiy, Sidqiy Ruhulla, Yunus Narimonovlar) tomonidan tuzilgan “Sayyor”, “Shirkat”, “Nur” kabi truppalarining o‘lkaga gastrol safarlari, shuningdek, ular tomonidan mahalliy havaskorlarni ham jalb etgan holda tashkil etilgan “Hilol”, “Cho‘lpon” “Teatr va musiqa” kabi to‘garaklarning faoliyati Turkistonda zamonaviy teatr va musiqa san’atining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatganligi ochib berilgan; 
Sovet hokimiyati tomonidan tashkil etilgan Turkiston xalq konservatoriyasida dastlab 17 kishidan iborat pedagogik kengash faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi, konservatoriya qoshida “Xalq simfonik orkestri” va ikki tarkibli “Xalq simfonik ansambli” faoliyat yuritganligi, dastlab “Xalq simfonik orkestri”da 6 nafar musulmon musiqachining faoliyat ko‘rsatganligi, musiqachilarga to‘lanadigan oylik ish haqlaridagi tafovutlar arxiv hujjatlari asosida aniqlangan; 
Sovet hokimiyatining siyosiy maqsadlaridan kelib chiqib “Turon”, “Sharq”, “Guliston” teatr truppalari, shuningdek, o‘lkadagi barcha teatr to‘garaklari hamda havaskor musulmon teatr truppalari tarqatib yuborilganligi, soha xodimlarining og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy holatga tushib qolganligi arxiv hujjatlari asosida dalillandi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Turkistonda XIX asr oxiri – XX asr birinchi choragida teatr va musiqa san’ati tarixini o‘rganish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflardan: 
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston aholisining asosiy ko‘ngilochar tadbirlari asosan Ramazon oyida tashkil etiladigan “kechki tomoshalar” bo‘lganligi, bunday tomoshalarga rus va rusiyzabon aholi ham tashrif buyurganligi, o‘lkaga ko‘chib kelganlar ommaviy hordiq chiqarishining asosiy ikki turi teatr hamda musiqa tomoshalari bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2025-yil 29-iyuldagi 01-33/582-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar teletomoshabinlarga XIX asr oxiri – XX asr birinchi choragidagi teatr va musiqa san’ati haqida xolis bilimlarini etkazib berilishiga xizmat qilgan. 
Tatar va ozarbayjon ma’rifatparvarlari tomonidan tuzilgan “Sayyor”, “Shirkat”, “Nur” kabi truppalarining o‘lkaga gastrol safarlari, shuningdek, ular tomonidan mahalliy havaskorlarni ham jalb etgan holda tashkil etilgan “Hilol”, “Cho‘lpon” “Teatr va musiqa” kabi to‘garaklarning faoliyati Turkistonda zamonaviy teatr va musiqa san’atining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining V yo‘nalishida belgilangan “Madaniyat, san’at, teatr, muzey, kitobxonlik va ijod sohalarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar” dasturining 40-bandida belgilangan “Mamlakatimizda iste’dodli yoshlarni aniqlash, ijodiy intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning Ona Vatanni madh etuvchi, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, an’analarni targ‘ib qiluvchi, yaratuvchanlik, bunyodkorlikni ulug‘lovchi tadbirlar va targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti 2025-yil 29-sentyabrdagi 10/619-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar saviyasini yanada oshirishga xizmat qiladi. Natijada targ‘ibot tadbirlarda ishtirok etganlar san’atdan siyosiy maqsadlarda ham foydalanilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘zbekiston milliy arxivi fondlarida saqlanayotgan hujjatlar asosida aniqlangan, Sovet hokimiyatining siyosiy maqsadlaridan kelib chiqib “Sharq”, “Turon”, “Guliston” teatr truppalari tarqatib yuborilganligi, san’atkorlarning og‘ir ijtimoiy ahvoli haqidagi ma’lumotlardan kasaba uyushmalari tomonidan tashkil etilgan davra suhbatlari, madaniy-gumanitar tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi 2025-yil 9-oktyabrdagi BM-06/1259-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ma’lumotlar davra suhbatlari va  madaniy-gumanitar tadbirlarda ishtirok etganlarda XIX asr oxiri – XX asr birinchi choragida Turkistonda faoliyat olib borgan san’atkorlarning mehnat huquqlari himoya qilinmaganligi hamda og‘ir ijtimoiy holati haqida tasavvur hosil qilishlariga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish