Toshpulotov Lazizjon Ibodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gigienik xususiyatlari yuqori bo‘lgan ikki qatlamli mato olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bo‘yicha, texnika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5404
Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori, professor, Xamraeva Sanovar Atoevna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.16.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori Allaniyazov G‘ulomjon Sherniyazovich, texnika fanlari doktori Kadirova Dilfuza Negmatovna (05.06.02 - “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish”).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi polotnoli o‘rilish asosida qatlamlari yarim reps o‘rilishida bog‘langan, gigienik xususiyatlari yuqori bo‘lgan ikki qatlamli ko‘ylakbop mato olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kvadratsimon tuzilishga ega bo‘lgan ikki qatlam hosil qilinishi orqali matoning qatlamlararo bog‘lanish mustahkamligi, struktura barqarorligi hamda fizik-mexanik va gigienik xususiyatlarini yaxshilashni ta’minlaydigan, qatlamlarni yarim reps o‘rilishi asosida o‘zaro bog‘lashda tanda va arqoq iplarining joylashuv ketma-ketligi hamda bog‘lanish nuqtalarini optimallashtirishga asoslangan ikki qatlamli ko‘ylakbop matoning konstruktiv tuzilishi ishlab chiqilgan.
ikki qatlamli matolarda qatlamlarni yarim reps o‘rilishi orqali o‘zaro bog‘lash natijasida mikrog‘ovakli qatlamni shakllantirish hamda tanda va arqoq iplarining zichlik nisbatlarini maqbullashtirish asosida namlik va havo almashinuvini yaxshilovchi ikki qatlamli ko‘ylakbop mato olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ikki qatlamli ko‘ylakbop matolarning strukturaviy parametrlari, qatlamlararo bog‘lanish shakli hamda o‘rilish elementlarining o‘zaro joylashuvi matoning fizik-mexanik va gigienik xususiyatlariga ta’siri aniqlanib, barqaror mikrog‘ovakli struktura hosil qiluvchi texnologik parametrlarning ratsional qiymatlari asoslangan;
matoni shakllantirish jarayonida tanda va arqoq iplari tarangliklari hamda arqoq bo‘yicha zichlikning optimal qiymatlarini belgilash asosida qatlamlararo mikrog‘ovakli strukturaning ratsional joylashishi matoda havo o‘tkazuvchanlik va gigroskopik xususiyatlarning yuqori ko‘rsatkichlarini ta’minlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gigienik xususiyatlari yuqori bo‘lgan ikki qatlamli mato olish texnologiyasini ishlab chiqish asosida:
matoning havo o‘tkazuvchanlik va gigroskopiklik xususiyatlarini oshirishga imkon beradigan ikki qatlamli ko‘ylakbop mato olish texnologiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi Buxoro viloyati “Omad Kumushkent” MChJ korxonasida joriy etilgan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2025 yil 1 apreldagi 03/25-680-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ikki qatlamli ko‘ylakbop matoning havo o‘tkazuvchanligi 38% ga, suv shimuvchanligi 35% ga oshgan.
ko‘ylakbop matoning belgilangan fizik-mexanik xususiyatlarini yaxshilash uchun polotno o‘rilish asosida ikki qatlamli mato ishlab chiqarish “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi Buxoro viloyati “Al-Hakim Plyus” MChJ korxonasida joriy etilgan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2025 yil 1 apreldagi 03/25-680-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ikki qatlamli polotno o‘rilishda to‘qilgan matoni tanda bo‘yicha uzish kuchi 26,9% ga, arqoq bo‘yicha uzish kuchi 17,6% ga oshgan, biroq matoni yuvgandan so‘ng kirishishi o‘zgarmagan.