Ermatov Abdukarim Raxmanberdievichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Respublikamiz tuproq-iqlim sharoitlariga mos nokning nav va duragaylarini tanlash hamda istiqbolli navini yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya  va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Qx1614.
Ilmiy rahbar: Abduramanova Salomat Xudaybergenovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.05.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: Nokning “Farizi” navi (NAP 445).
II. Tadqiqotning maqsadi Nokning turli tuproq-iqlim sharoitlariga moslashgan istiqbolli, ertapishar, serhosil, kasallik va zararkunandalarga bardoshli yangi navini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy qilishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor nokning respublikamiz iqlim sharoitiga mos “Doktor Jyul Gyuyo” va “Lesnaya krasavisa” navlarini chatishtirish orqali olingan duragaylarining morfo-biologik va qimmatli-xo‘jalik belgilarini kompleks o‘rganish asosida, qiyosiy baholanib, ustunlik jihatlari aniqlangan;
nokning 3 ta (№5-11, №5-16, №5-19) duragaylari orasidan morfo-biologik va qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan va seleksiya jarayonlarida foydalanish uchun xizmat qiladigan turlari tanlab olingan;
nokning tanlab olingan №5-16 duragayidan istiqbolli, tashqi muhit noqulay omillariga chidamli, ertapishar, meva sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan “Farizi” navi yaratilgan;
nokning yangi yaratilgan “Farizi” navini gullashi andoza “Lyubimisa Klappa” naviga nisbatan 3-5 kun kechroq bo‘lishi va pishish muddati 15-20 kunga ertapisharligi hamda mevasining sifat ko‘rsatgichlari yuqori bo‘lishi bilan ustunligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Respublika tuproq-iqlim sharoitlariga mos nokning nav va duragaylarini tanlash hamda istiqbolli navini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
nokning “Doktor Jyul Gyuyo” va “Lesnaya krasavisa” navlarini chatishtirish natijasida ajratib olingan shakllari orasida andoza navlardan issiqqa, nok shirinchasiga va kasalliklarga bardoshli, gullashi va pishish muddati farq qiladigan yangi “Farizi” navi Samarqand viloyati fermer xo‘jaliklarining 8,6 gektar er maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 11 noyabrdagi № 05/06-03-503-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer dehqon xo‘jaliklari va aholi xonadonlarida etishtirish uchun nokning yarim pakana, hosildor va meva sifat ko‘rsatgichlari yuqori bo‘lgan yangi nav sifatida ekish uchun tavsiya etilgan;
nokning yangi “Farizi” navi nazorat (“Doktor Jyul Gyuyo”) naviga nisbatan iqtisodiy samarali ekanligi aniqlangan va Samarqand viloyatining Samarqand tumanidagi “Rasulov G‘ani bog‘dorchilik” fermer xo‘jaligi maydonida 3,5 gektar, Tayloq tumanidagi “Dilshodjon Dilmurodjon Ishonch” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi maydonida 5,1 gektar jami 8,6 gektar er maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 11 noyabrdagi № 05/06-03-503-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir dona nok mevalarining vazni 170-210 grammdan olishga, o‘rtacha bir tupidan 24-26 kg hosil etishtirishga erishilgan.
nokning yangi “Farizi” navi nazorat (“Doktor Jyul Gyuyo”) navga nisbatan iqtisodiy samarali ekanligi aniqlangan va Samarqand viloyatining Samarqand tumanidagi “Rasulov G‘ani bog‘dorchilik” fermer xo‘jaligi maydonida 3,5 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 11 noyabrdagi №05/06-03-503-sonli va “Rasulov G‘ani bog‘dorchilik” f/x ning 2024 yil 17 dekabrgi №7-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, nokning yangi yaratilgan “Farizi” navi mahsuldorligi “Doktor Jyul Gyuyo” naviga nisbatan 20-25% ga yuqori bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish