Agzamxodjaev Jamshid Baxadirovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Limonning (Citrus limon) yuqori hosilli, yirik mevali va eksportbop navlarini yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya  va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Qx1536.
Ilmiy rahbar: Sultonov Kamoliddin Sadriddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.05.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: Limonning “Manzur” navi (NAP 575).
II. Tadqiqotning maqsadi limonning xorijiy va mahalliy seleksiya manbalaridan qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha yirik (150-200 g) mevali, eksportbop navlarini yaratish hamda onalik bog‘larini barpo qilish.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk marotaba limonning istiqbolli “Meer” va “Yubileyniy” navlarini chatishtirish orqali olingan duragaylarni kompleks morfo-biologik belgilari bo‘yicha baholangan va qimmatli-xo‘jalik belgilarga ega bo‘lgan shakllari ajratib olingan;
limonning №1-11-5 duragayining muhim xo‘jalik belgilari o‘rganilgan va mevalarini yirikligi hamda hosildorligini yuqoriligi bo‘yicha aniqlangan;
limonning istiqbolli duragay kombinasiyalari asosida, yirik mevali hamda yuqori hosilli №1-11-5 duragayi asosida “Manzur” navi yaratilgan;
limonning yangi yaratilgan “Manzur” navi “Meer” andoza naviga nisbatan mevalarini yirikligi, hosildorligini yuqoriligi bilan farq qilishi aniqlangan;
limonning istiqbolli deb topilgan “Manzur” naviga seleksiya yutug‘i sifatida Intellektual mulk markazi davlat muassasasi tomonidan NAP575 guvohnoma (patenti) olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Limonning (Citrus limon) yuqori hosilli, yirik mevali va eksportbop navlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
limonning “Meer” va “Yubileyniy” navlarini chatishtirish natijasida olingan duragaylaridan tanlab olingan namunasidan (№1-11-5) Respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos yangi “Manzur” (UZ NAP 575) navi yaratilgan va 2025-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk agentligi” davlat muassasasi tomonidan patent olingan va Toshkent viloyatidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida jami 0,20 ga maydonda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2026-yil 28-yanvardagi №05/06-03-42-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika miqyosida bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida limonning yirik mevali, yuqori hosildor, import o‘rnini bosuvchi, istiqbolli “Manzur” navini etishitirish orqali aholi ehtiyojini limon mahsulotlari bilan qondirishiga xizmat qilgan;
limonning istiqbolli “Manzur” navini Toshkent tumanidagi akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent ilmiy-tajriba stansiyasida 0,06 ga maydonda 2011-2024 yillarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2026-yil 28-yanvardagi №05/06-03-42-son ma’lumotnomasi). Natijada, limonning standart sifatida tanlab olingan “Meer” naviga nisbatan “Manzur” navida hosildorlik 2,4 barobar yuqori bo‘lib, “Manzur” navining bir tupidan 27,7 kg, gektar hisobidagi umumiy hosildorligi esa 443 s ni tashkil etgan. Olingan daromad esa gektaridan 549,1 mln. so‘mni tashkil etgan;
limonning yirik mevali, yuqori hosildor, import o‘rnini bosuvchi, istiqbolli “Manzur” navini ko‘chatlari Toshkent tumanidagi “Tolib ota” fermer xo‘jaligining 0,05 ga, “Abduazim agro” fermer xo‘jaligining 0,05 ga, “Xamidjon imkon ishonch” fermer xo‘jaligining 0,05 ga, “Toxir TMT Tabaruk” fermer xo‘jaligining 0,05 ga, jami 0,20 ga maydonda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2026-yil 28-yanvardagi №05/06-03-42-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi limon navini ko‘chatlari ko‘paytirilib, fermer xo‘jaliklarining daromadi 15% ga ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish