Yunusova Ganjina Rustamovnaning 

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
“Zamonaviy Amerika va o‘zbek adabiyotida yo‘l xronotopi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4506
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmonoy Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Turon universiteti,     PhD.03/2025.27.12.Fil.39.01   
Rasmiy opponentlar: To‘raeva Bahor Bahriddinovna filologiya fanlari doktori, professor,  Xalilova Shaxlo Jalilovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat  instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy Amerika va o‘zbek adabiyotida yo‘l xronotopining mushtarak badiiy-estetik vazifalari, o‘ziga xos milliy badiiy talqin xususiyatlari, ramziy hamda timsoliy ma’nolarda ifoda etilishiga xos jihatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
– xronotopning bir ko‘rinishi bo‘lgan yo‘l xronotopining zamonaviy Amerika va o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, badiiy-estetik mohiyati, poetik vazifalari, yo‘l bilan bog‘liq tasavvur-tushunchalarning epik tafakkur bilan bog‘liqlikdagi badiiy takomil xususiyatlari aniqlangan;
– zamonaviy Amerika va o‘zbek adabiyotida yo‘l xronotopining shakllanish asoslari, yo‘l bilan bog‘liq udumlar asosida kelib chiqqan urf-odatlarning etnografik folklorizm sifatida talqin etilishi, turlari, mifologik ildizlari ochib berilgan;
– zamonaviy Amerika va o‘zbek adabiyotida yo‘l bilan bog‘liq badiiy talqinlarni, poetik obrazlarni muqoyasaviy tarzda tekshirish natijasida folklordagi an’anaviy obraz va motivlar aniqlanishi barobarida xalq og‘zaki ijodining yozma adabiyot taraqqiyotida o‘ziga xos manba ekanligi asoslangan;
– zamonaviy Amerika va o‘zbek adabiyotida yo‘l xronotopining  umumiy va farqli jihatlari, milliy kolorit bilan bog‘liq tomonlari, bunda ijodkorlarning ko‘pincha metafora, ramz va epitetlardan  foydalanish mahorati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy Amerika va o‘zbek adabiyotida yo‘l xronotopi mavzusini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
adabiyotda yo‘l xronotopi, uning badiiy-estetik mohiyati, poetik vazifalari zamonaviy Amerika va o‘zbek shoir-u yozuvchilari ijodida qo‘llanishi, o‘rni, shakllanishi, yo‘l bilan bog‘liq udumlar asosida kelib chiqqan urf-odatlarning etnografik folklorizm sifatida talqin etilishi, turlari, mifologik ildizlari, yo‘l bilan bog‘liq tasavvur-tushunchalarning epik tafakkur bilan bog‘liqlikdagi badiiy takomil xususiyatlari ochib berilgan ushbu dissertatsiya natijalaridan Qarshi davlat universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 5-iyundagi 04/2401-son ma’lumotnosi). Natijada Amerika va o‘zbek adabiyotida yo‘l xronotopining lingvokulturologik, etnofolkloristik, badiiy-estetik mohiyati  xususidagi mulohazalar loyiha  mazmun-mohiyatini boyitgan;
zamonaviy Amerika va o‘zbek adabiyotida yo‘l xronotopining umumiy va farqli jihatlari, milliy kolorit bilan bog‘liq xususiyatlari, unga aloqador poetik obrazlilik asoslangan dalillardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan “REP-25112021/113 – UzUDT: O‘zbek tilida tabiiy tilni qayta ishlash uchun universal bog‘liqlik daraxti korpusi va uning semantik tahlili” nomli ilmiy loyiha doirasida foydalanildi (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 13-iyundagi 04/11-7414-son ma’lumotnomasi). Natijada poetik obrazlarni muqoyasaviy tarzda tekshirish folklordagi an’anaviy obrazlar va motivlarni aniqlashga yordam berishi barobarida folklorning yozma adabiyot taraqqiyotida o‘ziga xos manba ekanligini asoslashga xizmat qilgan;
zamonaviy Amerika va o‘zbek adabiyotida yo‘l bilan bog‘liq badiiy talqinlar, an’anaviy poetik obrazlar va motivlar muqoyasaviy tarzda tekshirilib, ularning umumiy hamda farqli jihatlari, milliy kolorit bilan bog‘liq qirralari, ijodkorlar tomonidan turli metafora, ramz va epitetlar orqali mahorat bilan ifodalanishi xususida aniqlangan xulosalardan “Buxoro” telekanalida efirga uzatilgan “O‘zlikni anglash” teleko‘rsatuvi hamda “Buxoro” radiosining  “Najot bilimda”, “Ijod zavqi” eshittirishlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 28-maydagi 01-09-112-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni ilmiy dalillar bilan boyitilib, ilmiy-ommabopligi oshirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish