Achilov Nuriddin Abdugafforovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Al-Hakim at-Termiziy ta’limoti vositasida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2022.1.DSc/Ped268.
Ilmiy maslahatchi: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.11.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Qutlug‘ Bekmurodovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Izbullaeva Gulchehra Valerievna pedagogika fanlari doktori, professor, Xodjaev Begzod Xudoyberdievich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: al-Hakim at-Termiziy ta’limoti vositasida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha nazariy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Hakim at-Termiziyning “Navodir ul-usul” va “Adab un-nafs” asarlaridagi “bilish-ilm-nafs-axloq” g‘oyasiga oid gnoseologik qarashlari pedagogik transformatsiya qilinib, o‘quvchilarning ichki intellektual va ruhiy quvvatini faollashtirishga yo‘naltirilgan “komplementar tarbiya” mazmuni ilmiy asoslangan;
o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning aksiologik modeli “ma’rifat” va “riyozat” konsepsiyasiga ko‘ra “bilish-ilm-nafs-axloq” g‘oyasining pedagogik qadriyatlar va innovatsion tarbiya texnologiyalari bilan uyg‘unligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
ma’naviy-axloqqa erishish bosqichlariga ko‘ra ta’lim-tarbiya jarayonida at-Termiziyning “irshod” (yo‘l ko‘rsatish) va “hikmat” uslublarini qo‘llash hamda inson ruhiyati va qalb qatlamlari (sadr, qalb, fuod, lub) haqidagi ta’limotining pedagogik interpretatsiyasi orqali o‘quvchilarda ijtimoiy mas’uliyat va komillikka intilish motivatsiyasini shakllantirishning pedagogik algoritmi (poklanish-shakllanish-yuksalish) ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni Hakim at-Termiziy asarlaridagi nafs tarbiyasi muolajasi (nafs-qalb-aql)ga ko‘ra insonparvarlik, adolat va halollik tamoyillarini milliy o‘quv dasturlariga singdirish orqali konseptual jihatdan boyitilgan hamda oila-maktab-mahalla hamkorligida “Hakimiya ta’limoti”ni o‘rganishning institutsional-funksional mexanizmlari takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash samaradorligi “bilish-ilm-nafs-axloq” g‘oyasidagi “ilm va amal” mutanosibligiga ko‘ra ko‘p bosqichli metrik mezon (kognitiv-axloqiy, emotsional-irodaviy, faoliyatli-amaliy) va sifat ko‘rsatkichlar (ma’naviy immunitet, qadriyatlarga sodiqlik, ijtimoiy empatiya) tizimini ishlab chiqish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Al-Hakim at-Termiziy ta’limoti vositasida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
Hakim at-Termiziyning “Navodir ul-usul” va “Adab un-nafs” asarlaridagi “bilish-ilm-nafs-axloq” g‘oyasiga oid gnoseologik qarashlari pedagogik transformatsiya qilinib, o‘quvchilarning ichki intellektual va ruhiy quvvatini faollashtirishga yo‘naltirilgan “komplementar tarbiya” mazmunini ilmiy asoslashga oid taklif va tavsiyalar “Umumiy pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 8-sentyabrdagi 03-33-2174-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarida o‘qitiladigan pedagogika fanlari mazmunini boyitishga erishilgan;
o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning aksiologik modeli “ma’rifat” va “riyozat” konsepsiyasiga ko‘ra “bilish-ilm-nafs-axloq” g‘oyasining pedagogik qadriyatlar va innovatsion tarbiya texnologiyalari bilan uyg‘unligini ta’minlash orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Termiz davlat universitetida 2021-2025-yillarda amalga oshirilgan 617309-EPP-1-2020-1-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for studens through creating conditions for graduate’s employability in Central Asia – TRIGGER” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2025-yil 2-dekabrdagi 06/12-5023-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsning ichki dunyosini pedagogik jihatdan tahlil qilish, uning axloqiy-ruhiy rivojlanish bosqichlarini belgilash va tarbiyaviy jarayonni individuallashtirish imkoniyatlari yanada kengaygan;
ma’naviy-axloqqa erishish bosqichlariga ko‘ra ta’lim-tarbiya jarayonida at-Termiziyning “irshod” (yo‘l ko‘rsatish) va “hikmat” uslublarini qo‘llash hamda inson ruhiyati va qalb qatlamlari (sadr, qalb, fuod, lub) haqidagi ta’limotining pedagogik interpretatsiyasi orqali o‘quvchilarda ijtimoiy mas’uliyat va komillikka intilish motivatsiyasini shakllantirishning pedagogik algoritmi (poklanish-shakllanish-yuksalish)ni ishlab chiqishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (2021-yil 25-dekabrdagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 538-sonli buyrug‘i). Natijada, o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy ong, axloqiy refleksiya va ijobiy xulq kompetensiyalarini shakllantirishning samaradorligi oshishiga erishilgan;
o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni Hakim at-Termiziy asarlaridagi nafs tarbiyasi muolajasi (nafs-qalb-aql)ga ko‘ra insonparvarlik, adolat va halollik tamoyillarini milliy o‘quv dasturlariga singdirish orqali konseptual jihatdan boyitilgan hamda oila-maktab-mahalla hamkorligida “Hakimiya ta’limoti”ni o‘rganishning institutsional-funksional mexanizmlarini takomillashtirishga oid takliflar “Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil
24-noyabrdagi 226496155-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim muassasalarida o‘qitiladigan Tarbiya fani mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash samaradorligi “bilish-ilm-nafs-axloq” g‘oyasidagi “ilm va amal” mutanosibligiga ko‘ra ko‘p bosqichli metrik mezon (kognitiv-axloqiy, emotsional-irodaviy, faoliyatli-amaliy) va sifat ko‘rsatkichlar (ma’naviy immunitet, qadriyatlarga sodiqlik, ijtimoiy empatiya) tizimini ishlab chiqish asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan AI-XT-0-92997 – “Yoshlarda umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 3-dekabrdagi 467-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda komillik fazilatlarini bosqichma-bosqich shakllantirish imkoniyatlari kengayishiga hamda ustoz-shogird an’analarini zamonaviy pedagogik mazmunda qo‘llashning amaliy mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan.