Abdullaev Ravshan Narzulloevich
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dasturiy ta’minot arxitekturasi fanini o‘qitishda pedagogik loyihalashtirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.06- Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9068
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.11.04
Ilmiy rahbar: Ergashev Nuriddin G‘ayratovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),professor
Rasmiy opponentlar: Kayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. Nekboev Xurshid Xoliyorovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Qarshi xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ixtisoslik ta’limi uchun “Dasturiy ta’minot arxitekturasi”fani mazmunini pedagog tomonidan loyihalashtirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ixtisoslashtirilgan ta’lim jarayonini loyihalashtirishning didaktik imkoniyatlari ta’lim mazmunini faoliyat konteksti bilan integratsiyalash; arixitekturaviy fikrlashga yo‘naltirilgan kognitiv modellarni qo‘llash; adaptiv va personallashtirilgan ta’lim mexanizmlarini tatbiq etish kabi pedagogik shartlar asosida didaktik-metodologik yondashuvlar orqali aniqlashtirilgan;
Dasturiy ta’minot arxitekturasi fanini o‘qitishni loyihalashtirish mazmuni diagnostik tahlil, mazmunni konseptuallashtirish, modulli loyihalashtirish, o‘quv-metodik ta’minotni ishlab chiqish hamda monitoring loyihalashtirish bosqichlari orqali tizimli-integrativ yondashuv sintezi asosida takomillashtirilgan;
Dasturiy ta’minot arxitekturasi fani mazmunini loyihalashtirishn metodikasi kognitiv modellashtirish, vizuallashtirish va refleksiv-tahlil mexanizmlari asosidagi integrativ didaktik tizimni o‘quv jarayoniga adaptiv implementatsiya qilish orqali kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirilgan;
Dasturiy ta’minot arxitekturasi fani mazmunini pedagogik loyihalashtirish samaradorligi ta’lim natijalarining kafolatlanganligi, diagnostik mezonlarga muvofiqligi hamda ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar tahlili asosida uning amaliyotga trnsfer qilish imkoniyatiga ko‘ra aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning axborot texnologiyalarining dasturlash texnologiyalarga doir analitik tafakkurni rivojlantirishga doir olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
dasturiy ta’minot arxitekturasi tuzilmalarni ishlab chiqish va dastur ta’minotni loyihalashda uning strukturaviy jarayonlarini rejalashtirish, takomillashtirish va ishlab chiqish doirasida texnologiyalar evolyusiyasiga doir genezis va rivojlanish kategoriyalari, tanⅼov imkoniyatⅼarining kengⅼigii, muvofiqⅼik (adekvatⅼik), mufassaⅼⅼik va tizimⅼiⅼik, o‘z-o‘zini rivojⅼantiruvchanⅼik kabi universal tamoyillari uyg‘unligi asosida aniqlashtirilganligiga doir xulosalardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2022-yil 6-iyuldagi 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-307-son qarori 7-ilovasi 310-bandida ko‘rsatilgan “Elektron tibbiyot kartasini joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihani yaratish (2022-yil,1-avgustdan,2022-yil,30-dekabr) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (2022-yil 29.11,519-sonli ma’lumotnoma) dasturiy ta’minot arxitekturasini rivojlantirishga doir nazariy ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
Dasturiy taminot arxitekturasi sohasida talabalar analitik tafakkurini rivojlantirishning funksional modeli metodik komponentiga nazariy va amaliy tayyorgarlik bilan bir qatorda o‘quv materiali mazmuniga muvofiq ravishda o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotining takomillashtirilgan tizimini tatbiq etishga doir ma’lumotlardan “Dasturiy ta’minot loyihani boshqarish usuli va texnologiyalari” nomli dastur ishlab chiqilgan hamda DGU № 38725 olingan hamda ta’lim jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi dasturiy maxsulotlar davlat reestrida 24.05.2024 Natijada, talabalarning dasturiy ta’minotni arxitekturasi kursini o‘zlashtirishlarida hamda talabalar dastur arxitekturasini shakllantirish tafakkurini rivojlantirish loyihalash, motivatsiyalash uslublarini va loyihalash o‘quv vazifalarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
Dasturiy ta’minot arxitekturasini fani bu dasturiy vositalarni ishlab chiqish bilimlarni tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik shartlari dasturlash sohalari rivojⅼantirishda qo‘ⅼⅼaniⅼadigan modeⅼⅼashtirishda me’yoriy deskritiv va tajribaviy metodⅼarning ustivorⅼigi asosida takomillashtirilganligiga doir xulosalardan “Dasturiy ta’minot arxitekturasi” fanidan taⅼabaⅼarga dars mashg‘ulotlarini tashkiⅼ etishda foydalanilgan “Dasturiy ta’minot arxitekturasi” nomli o‘quv qo‘llanma va elektron texnik va pedagogik dasturiy mahsuⅼot ishⅼab chiqiⅼgan hamda ta’ⅼim jarayoniga joriy etiⅼgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining, 2025 yil, 14 apreldagi 136-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotchi tomonidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkiⅼ etishda berilgan takⅼif va tavsiyaⅼar talabalarda dasturiy vositalarni arxitekturaviy loyihalash tafakkurni shakllantirish kompitensiyaⅼarini rivojⅼantirishga xizmat qiⅼdi;
talabalar dasturlash tillari bilan bir qatorda dasturiy vositalarni ishlab chiqish tafakkurining mazmun-mohiyati axborot texnologiyalari sohasigi loyihalashrish nazariyalar tahlili asosida muammo tahliliga kompleks yondashuv, ichki va tashqi aloqadorlikni aniqlash va tizimlashtirish, muammoga optimal echim topish kabi xususiyatlarini tizimlashtirish orqali ochib berish, dasturiy vositalarni ishlab chiqishga doir ma’lumotlardan “Dasturlash 2” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan hamda ta’lim jarayoniga joriy etilgan (Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazganlik natijasi bo‘yicha 2026 yil 24 martdagi 1473-sonli buyrug‘i, №4588-8969-c21d-4568-32f4-0851-3576 -sonli guvohnoma). Natijada, talabalarning “Dasturiy ta’minot arxitekturasi” kursini o‘zlashtirishlarida va Dasturiy ta’minot arxitekturasi fanini o‘qitishda pedagogik loyihalashtirish metodikasini takomillashtirishga erishildi.