Burxonova Go‘zal Muxammadievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va rus tillarida agrar terminlarning o‘zaro tarjimasi va leksikografik talqini”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/ Fil3832.
Ilmiy rahbar: Hamroeva Shahlo Mirdjanovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent  davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Fil.45.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporboevich, filologiya fanlari doktori, professor; Sarimsoqov Xurshid Abdimalikovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.                                                                         
   Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va rus tillaridagi agrar terminlarning o‘zaro tarjimasi va leksikografik talqinini tadqiq etishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
o‘zbek va rus tillaridagi agrar soha terminlarini morfologik, morfem (sodda, qo‘shma) va sintaktik (birikma terminlar) jihatdan guruhlashtirish orqali olingan statistik ma’lumotlar asosida soha terminologiyasining tadrijiy rivojlanishida lingvistik (affiksatsiya, terminlashish, metaforizatsiya, metonimiya, o‘zlashtirish, sinonimiya, omonimiya) omillarning ekstralingvistik (fan taraqqiyoti, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy) omillarga nisbatan ustuvorligi dalillangan; 
agrar soha terminlarining komponent tarkibini lingvistik-struktur va semantik tahlil qilish hamda agrar terminologik tizimning ichki tashkil topishi, semantik maydonlarini aniqlash, ularni mavzuviy guruhlash orqali  terminologik birliklarning paradigmatik va sintagmatik munosabatlari hamda terminologik uyalardagi funksional-semantik dominantlari asoslangan;
tarjima lug‘atlarida agrar sohaga oid terminlarning ekvivalentlik va noekvivalentlik munosabatlarini aniqlash, ularning tizimiy tashkil topishi, semantik-struktur xususiyatlari hamda umumlingvistik va lingvokulturologik (milliy-spesifik) belgilarini ilmiy-nazariy asosda tavsiflash orqali soha terminlarini kontekstual muhitda adekvat ekvivalentlashtirishga yo‘naltirilgan tarjima strategiyalari: denotativ va konnotativ mazmunning aniqligini ta’minlash, funksional-stilistik adekvatlikka erishish hamda kommunikativ-pragmatik moslikni optimallashtirish imkonini beruvchi metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
terminlashish, reterminlashish va transterminlashish hodisalarini tahlil qilish hamda o‘zbek va rus tillaridagi agrar terminlarning leksik-semantik (polisemiya, sinonimiya, omonimiya kabi) jihatlarini aniqlash asosida agrar soha terminologiyasida sof terminlardan tashqari umumiste’mol so‘zlar, ekologiya, botanika, kimyo, zoologiya, entomologiya kabi boshqa terminologik tizimlarning ham iste’molda samarador ekanligi  isbotlangan; 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va rus tillarida agrar terminlarning o‘zaro tarjimasi va leksikografik talqini mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek va rus tillaridagi agrar soha terminlarini morfologik, morfem (sodda, qo‘shma) va sintaktik (birikma terminlar) jihatdan guruhlashtirish orqali olingan statistik ma’lumotlar asosida soha terminologiyasining tadrijiy rivojlanishida lingvistik (affiksatsiya, terminlashish, metaforizatsiya, metonimiya, o‘zlashtirish, sinonimiya, omonimiya) omillarning ekstralingvistik (fan taraqqiyoti, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy) omillarga nisbatan ustuvorligi dalillanganiga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat agrar universitetida 2023-2025-yillarda amalga oshirilgan AI-702250635-R4-sonli “Sabzavotlarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilish “tuzoq o‘simliklar – trap crop”lardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish” hamda 2024-2025-yillarda bajarilgan AI-662204356-sonli “Raqamli tahlil asosida tog‘ hududlari erlarini eroziyaga xavfliligini xaritalash va baholash” mavzusidagi loyihalarda foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2025-yil 30-yanvardagi 1/4-1-103 va 1-101/4-1-104-son ma’lumotnomalari). Natijada agrar soha terminlarining lug‘atlarda berilish qamrovining tahlili natijasida olingan statistik ma’lumotlar loyiha mazmun-mohiyatini boyitgan; 
agrar soha terminlarining komponent tarkibini lingvistik-struktur va semantik tahlil qilish hamda agrar terminologik tizimning ichki tashkil topishi, semantik maydonlarini aniqlash, ularni mavzuviy guruhlash orqali  terminologik birliklarning paradigmatik va sintagmatik munosabatlari hamda terminologik uyalardagi funksional-semantik dominantlari asoslangani borasidagi  xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-Fz-201908172 – “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli loyihada  foydalanilgan  (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 15-apreldagi 01/4-1409-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘at yaratish, til bo‘yicha kompyuter dasturlarini rivojlantirish va lingvistik tadqiqotlar uchun asos bo‘ladigan ta’limiy korpusni takomillashtirishga xizmat qilgan;
tarjima lug‘atlarida agrar sohaga oid terminlarning ekvivalentlik va noekvivalentlik munosabatlarini aniqlash, ularning tizimiy tashkil topishi, semantik-struktur xususiyatlari hamda umumlingvistik va lingvokulturologik (milliy-spesifik) belgilarini ilmiy-nazariy asosda tavsiflash orqali soha terminlarini kontekstual muhitda adekvat ekvivalentlashtirishga yo‘naltirilgan tarjima strategiyalari: denotativ va konnotativ mazmunning aniqligini ta’minlash, funksional-stilistik adekvatlikka erishish hamda kommunikativ-pragmatik moslikni optimallashtirish imkonini beruvchi metodik tavsiyalar ishlab chiqilganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Toshkent telekanalining “Salom Toshkent” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil  24-fevraldagi 01-15-32-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning zamonaviy agrotexnologiyaga oid bilimlarini kengaytirish, o‘zbek va rus tillaridagi agrar terminlarni aniq qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish imkoni yaratilgan; 
terminlashish, reterminlashish va transterminlashish hodisalarini tahlil qilish hamda o‘zbek va rus tillaridagi agrar terminlarning leksik-semantik (polisemiya, sinonimiya, omonimiya kabi) jihatlarini aniqlash asosida agrar soha terminologiyasida sof terminlardan tashqari umumiste’mol so‘zlar, ekologiya, botanika, kimyo, zoologiya, entomologiya kabi boshqa terminologik tizimlarning ham iste’molda samarador ekanligi  isbotlangani bo‘yicha ilmiy-nazariy xulosalardan 2024-yilda chop etilgan “Russkiy yazik (uchebnik dlya studentov sel`skoxozyaystvennix vuzov s uzbekskim yazikom obucheniya)” darsligida foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2025-yil 13-maydagi dalolatnomasi). Natijada darslik talabalarning ta’lim yo‘nalishiga oid agrar terminlarni o‘zlashtirishi, rus va o‘zbek tillaridagi muqobili bilan tanishishiga xizmat qilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish