Xakimova Dilrabo Yo‘ldoshovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
 “O‘zbek va fransuz tillarida konchilik terminlari va ularning leksikografik talqini”, 
10.00.06 –  Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
 Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.2. PhD/Fil 2524    
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Raximovna,  filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Turon universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.39.01
 Rasmiy opponentlar: f.f.d.professor Danieva Maysara Djamalovna, f.f.d.professor
Yo‘ldasheva Xolida Qo‘zievna
Yetakchi tashkilot:  Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va fransuz tillaridagi konshilik terminlarining leksikografik, struktur - semantik, va lingvokulturologik tavsifini berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
konshilik sohasi terminlarining nazariy asoslari, ularning ma’noviy tuzilishi va lingvokulturologik tuzilmalari ilk marta o‘zbek  va fransuz tillarida tahlil qilingan;
o‘zbek va fransuz tillaridagi konchilik terminlarining polisemantik va polifunksionimik xususiyatlari ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda konchilik terminlarining o‘zlashma leksik qatlamining miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali iste’molga kiritilishida tillararo dominantlik xususiyatlari, ushbu leksik birliklarning aktiv va passiv tarjima lug‘atlaridagi leksikografik talqinining farqi, passiv lug‘atlarda xorijiy leksemaning milliy tildagi izohining berilishi, aktiv lug‘atlarda esa ona tilidagi so‘z orqali uning xorijiy muqobilini topish mumkinligi isbotlangan, shuningdek, ularning milliy korpusi va ta’limiy korpuslari uchun lingvistik ta’minot bo‘la olishi asoslangan.
konshilik terminlarini yangi turdagi, zamonaviy (ideografik, tezaurus) lug‘atlar ushun ahamiyatli bo‘lgan leksikografik talqini va tavsifi yoritilgan.
o‘zbek tilida ifodalanishi qiyin bo‘lgan ayrim konchilik tushunchalarining ilmiy aniqligini ta’minlash maqsadida fransuzcha terminlarning (masalan, gisement, minéralisation, stérile) fonetik moslashtirilgan shaklda qo‘llanishi taklif etilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyaning konshilik terminlarining o‘zbek va fransuz lug‘atshiligida til va madaniyat mushtarakligini ta’minlovshi tashqi, ishki va lingvistik omillar ma’nolarining ifodalanishiga doir ilmiy natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ish sinf o‘quvshilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvshi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-fevraldagi 04/1-421-son ma’lumotnomasi). Natijada, jahon izohli lug‘atshiligida til va madaniyat uyg‘unligi, konshilik terminlarining leksikografik muammolari, bosma shuningdek, zamonaviy elektron lug‘atlar tizimini yaratishning lisoniy asoslari, konshilik terminlari tadqiqi olib borilganda konshilik sanoatida faoliyat olib borayotgan muhandis-texnologlar, ishshilar, iqtisodshilar hamda kon-metallurgiya o‘quv muassasalari ilmiy xodimlari, o‘qituvshilari va talabalari ushun, ish yuritishda va ilmiy-texnikaviy hujjatlarni to‘ldirishda terminlardan to‘g‘ri foydalanish imkoniyatini berish bilan bog‘liq holda hamda muayyan nutq vaziyati, muloqot sharoiti bilan uyg‘unlikda turli mavzuviy guruhlarda terminlarning namoyon bo‘lishi borasida bildirilgan ilmiy xulosalaridan loyiha doirasida o‘quv lug‘atlar yaratishning ilmiy-nazariy asoslari ishlab shiqishda yangi nazariy qarashlar bilan boyitishda foydalanilgan. 
Dissertatsiyaning tilshunoslik, pragmatika, sotsiopragmatika va til falsafasi g‘oyalarini birlashtirgan holda konshilik terminlarining sotsiopragmatik xususiyatlari, konshilik terminlarining semantik strukturasi va ularning kognitiv ma’nolarining ifodalanishiga doir ilmiy natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-FZ-201908172 – “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-fevraldagi 04/1-422-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilidagi leksikografik manbaalarda konshilik terminlarining kognitiv maqomi, terminlarning formal tasnifi, konshilik terminlarining kognitiv tavsifi, sohada qo‘llanilayotgan o‘z va o‘zlashma qatlamga doir terminlarning qo‘llanilish shastotasi kabilar bilan bog‘liq holda hamda muayyan nutq vaziyati, muloqot sharoiti bilan uyg‘unlikda turli mavzuviy guruhlarda terminlarning namoyon bo‘lishi borasida bildirilgan ilmiy xulosalaridan loyiha doirasida o‘quv lug‘atlar yaratishning ilmiy-nazariy asoslarj ishlab shiqishda, terminlar tadqiqiy metodologiyasiga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitishda foydalanilgan.
Dissertatsiyaning o‘zbek va fransuz tillarida konchilik terminlarining qiyosiy-leksik tahlili, ularning semantik-struktur xususiyatlari hamda leksikografik talqiniga doir ilmiy natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan IL-402104474 - ““Bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” nomli innovatsion loyihasida  foydalanildi.(Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025 - yil 12-noyabragi № 04/1-831-son ma’lumotnomasi).  Natijada, dissertatsiyada nazariy jihatdan asoslab berilgan terminlarning izohlanish tamoyillari, tarjima ekvivalentlarini aniqlash usullari, ikki tilli terminologik muvofiqlik mezonlari hamda terminologik birliklarning struktur-semantik tahliliga oid ilmiy xulosalar loyiha doirasida elektron lug‘atlar, izohli va qiyosiy ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, terminologik resurslarni tasniflash va tizimlashtirish, ko‘p tilli platforma kontentini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish, sohaga oid tushunchalarni yosh xususiyatiga mos soddalashtirilgan va vizual-uslubiy shaklda qayta ishlab chiqish, elektron ta’lim resurslarida ikki tillilik asosida tushunchalarning izchil va muvofiq talqinini ta’minlashda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish