Dalimova Go‘zal Abdurashitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha o‘tkaziladigan skrining hisobotlari asosida birlamchi giperal`dosteronizmning klinik-biokimyoviy tasnifi», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Tib420.
Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baxriddinov Fazliddin Shamsiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfandiyorov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yomon sifatli gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarda birlamchi giperal`dosteronizm skriningini o‘tkazish va kardiovaskulyar xavf rivojlanishini bashoratlash modelini ishlab chiqish uchun nishon a’zolar zararlanishi darajasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda ilk bor yuqori xavf guruxlari o‘rtasida o‘tkazilgan 3 bosqichli skrining tadqiqoti asosida birlamchi giperal`dosteronizm darajasi aniqlangan;
birlamchi giperal`dosteronizm va gipertoniya kasalligining differensial-diagnostik jihatlari ya’ni yurak qon-tomirlari asoratlari, arterial gipertenziya namoyon bo‘lishining manifesti, insul`t va miokard infarkti uchrashi sonining oilaviy anamnezga bog‘liqligi aniqlangan;
tadqiqot natijasida ExoKG, miya qon-tomirlarining ul`tratovush doplerografiyasi tekshiruvida miqdoriy o‘zgarishlar bilan birlamchi giperal`dosteronizmda nishon a’zolarning spesifik zararlanishi aniqlangan;
al`dosteron miqdori hamda sistolik va diastolik arterial qon bosimi, oxirgi sistolik hajm oxirgi diastolik hajm va haydash fraksiyasining regression tahlili asosida birlamchi giperal`dosteronizmda yurak qon tomirlari asoratlarini bashorat qilish uchun matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yomon sifatli gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarda birlamchi giperal`dosteronizm skriningini o‘tkazish va kardiovaskulyar xavf rivojlanishini prognozlash modelini ishlab chiqish uchun nishon a’zolar zararlanishi darajasini baholash asosida:
yomon sifatli gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda birlamchi giperal`dosteronizmning tashxisi bo‘yicha "Birlamchi giperal`dosteronizmni tashxislash algoritmi" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 21 oktyabrdagi 8r-m/374-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda birlamchi giperal`dosteronizmni erta tashxislash samaradorligini oshirish va o‘z navbatida, davolashning mos usulini tanlash imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha o‘tkaziladigan skrining hisobotlari asosida birlamchi giperal`dosteronizmning klinik-biokimyoviy tasnifi bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Akad. Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida, shuningdek Samarqand va Xorazm viloyat endokrinologiya dispanserlarida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 dekabrdagi 8r-m/253-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy etish arterial gipertenziya sindromi bo‘lgan bemorlarda birlamchi giperal`dosteronizm tashxisini ahamiyatli darajada yaxshilagan hamda o‘z vaqtida davolashning mos usulini qo‘llash orqali kassallik asoratlarini kamaytirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish