Urazova Marina Batirovnaning
doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /pedagogika fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3/5Ped.04.01
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Sovershenstvovanie texnologii podgotovki budushhego pedagoga professional`nogo obrazovaniya k proektirovochnoy deyatel`nosti» («Bo‘lajak kasbiy ta’lim pedagogini loyihalashtirish faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish») (13.00.05 –Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: N.A. Muslimov,pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 16.07.2013-ped.04.01 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: A.R. Xodjaboev, pedagogika fanlari doktori; professor; L.Yu. Lomakina, pedagogika fanlari doktori, professor; E.I. Ruziev,pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bo‘lajak kasbiy ta’lim pedagogini loyihalashtirish faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini ilmiy jihatdan asoslash va tajriba-sinovdan o‘tkazib, takomillashtirishning pedagogik yo‘llarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Pedagogning kasbiy kompetentligi tuzilmasida loyihalashtirish faoliyatining pedagogni loyiha ko‘rinishidagi yangi bilimlarni hosil qilishga yo‘naltiradigan o‘ziga xos fikrlash qobiliyatining ijodiy darajada rivojlanganligini hamda refleksiyasi va mustaqilligini namoyon qiladigan individualligi darajalari aniqlangan;
talabalarga pedagogik turkum fanlarni o‘qitishda mashg‘ulotning noan’anaviy shakllaridan bo‘lgan, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va amalda qo‘llashda muammoli-modulli, topshiriqli yondashuvlarning samaradorligini aniqlashga yordam beradigan konsept-mashg‘ulot shakli ishlab chiqilgan;
bo‘lajak kasbiy ta’lim pedagogini loyihalashtirish faoliyatiga o‘rgatishda oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim bosqichlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan pedagogik turkum fanlarning funksional imkoniyatlari aniqlangan;
pedagogik jarayon tuzilmasiga asoslanadigan psixologik-pedagogik shart-sharoitlar to‘plami tavsiflab berilgan;
bo‘lajak kasbiy ta’lim pedagogini loyihalashtirish faoliyatiga tayyorlash modeli yaratilgan va bosqichma-bosqich sinovdan o‘tkazilgan.
oliy ta’lim muassasasida ta’limning har bir bosqichida o‘qitiladigan pedagogik turkum fanlarning mazmun-mohiyatini e’tiborga olgan holda bo‘lajak kasbiy ta’lim pedagogining loyihalashtirish kompetentligini bosqichma-bosqich shakllantirish modeli ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bakalavriat yo‘nalishi uchun «Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti» darsligiga (№ 32-002 qayd etilgan) muammoning ichki tuzilmasini ishlab chiqish hamda o‘quv modulini, mashg‘ulotning texnologik xaritasini loyihalashtirish bo‘yicha ko‘nikma va harakatlarni rivojlantirishga qaratilgan noan’anaviy shakldagi konsept-mashg‘ulotning ta’rifi kiritildi;
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari Davlat ta’lim standartlari («Uzstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan 12.08.14 № 1 – 2570) mazmuniga pedagogik vaziyatlarning dinamikasini loyihalashtirish, ta’lim natijalarini tashxis qilish, pedagogik nazorat va tahrirni hisobga olgan holda o‘rganiladigan o‘quv fani bo‘yicha materiallarning o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan darajasini aniqlashga qaratilgan pedagogik masalalarni hal etish algoritmi kiritildi;
nkras.ru/books/monogr.html xalqaro rasmiy saytlarida joylashtirilgan «Innovatsionnie obrazovatel`nie texnologii: teoriya i praktika» (Saint-Lousi, MO .USA Publishing House Science and Innovation Centor, 2013) xalqaro ilmiy tadqiqotiga joriy etildi, unda pedagogning ta’lim oluvchilar bilan hamkorligi va birgalikda ijod qilishini loyihalashtirish qoidalarini amalga oshirish mumkinligiga asoslangan konstruktiv-loyihalashtirish (metarefleksiv harakatlar) imkoniyatlarining aniqlanganligi tasdiqlangan.