Djumaniyozov Raximboy Matkarimovichning pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): “Germenevtik yondashuv asosida o‘qituvchilarning nutq madaniyati va ma’naviy tarbiyasini rivojlantirish mexanizmlari” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Ped5691
Ilmiy maslahatchi: pedagogika fanlari doktori, akademik Djuraev Risbay Xaydarovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.02.01
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Ibragimov A’lamjon Amrilloevich; pedagogika fanlari doktori, professor Xurvalieva Tarmiza Latipovna; pedagogika fanlari doktori, professor Abdullaeva Ozoda Safibullaevna
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘qituvchilarning nutq madaniyati va maʼnaviy tarbiyasini germenevtik yondashuv asosida takomillashtirish uchun nazariy model va amaliy metodikani ishlab chiqish hamda uni o‘qituvchilarning uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish jarayoniga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘qituvchilarning nutq madaniyati va ma’naviy tarbiyasini rivojlantirish mexanizmlari germenevtik yondashuv imkoniyatlariga ko‘ra nutqiy faoliyatni didaktik talqin qilish, dialogik muloqotni tashkil etish va matnlar mazmunidan tarbiyaviy ma’no chiqarish jarayonlarini nutq madaniyati standartlari bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
germenevtik yondashuvning didaktik imkoniyatlari matn, nutq va tarbiyaviy vaziyatlarni talqin qilish orqali ta’lim oluvchilarda ma’noni anglash, qadriyatli munosabat bildirish, kontekstual sharhlash va refleksiv xulosa chiqarish ko‘nikmalarini dialogik muhokama, germenevtik savollar va refleksiv topshiriqlar vositasida shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
nutq madaniyati va ma’naviy tarbiyani rivojlantirish metodikasi o‘qituvchi nutqini faqat to‘g‘ri talaffuz, grammatik savodxonlik yoki so‘z boyligi bilan cheklamasdan, uni ma’noni anglash, axloqiy pozisiyani ifodalash odobi va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish vositasi sifatida tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
o‘qituvchilarning nutq madaniyati va ma’naviy tarbiyasini rivojlantirish modeli milliy va umuminsoniy qadriyatlarni nutq vositasida etkazishning pedagogik mexanizmlari hamda didaktik imkoniyatlarini uzlyuksiz kasbiy rivojlanishning rasmiy, norasmiy va informal shakllari bilan uyg‘unlashtirish orqali o‘qituvchilarda ma’naviy-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
o‘qituvchilarning nutq madaniyati va ma’naviy tarbiyasini rivojlantirish samaradorligi germenevtik yondashuvning didaktik imkoniyatlariga muvofiq ularda matn, nutq va tarbiyaviy vaziyatlarni talqin qilish, ma’noni anglash, qadriyatli munosabat bildirish ko‘nikmalari rivojlanganligini yuqori (ma’noni mustaqil ochish), o‘rta (ma’noni yo‘naltirilgan anglash) va past (ma’noni yuzaki qabul qilish) darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligiga ko‘ra asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish tizimida o‘qituvchining nutq madaniyati va maʼnaviy tarbiyasini germenevtik yondashuv asosida takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘qituvchilarning nutq madaniyati va ma’naviy tarbiyasini rivojlantirish mexanizmlari germenevtik yondashuv imkoniyatlariga ko‘ra nutqiy faoliyatni didaktik talqin qilish, dialogik muloqotni tashkil etish va matnlar mazmunidan tarbiyaviy ma’no chiqarish jarayonlarini nutq madaniyati standartlari bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doir mualliflik g‘oyalaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida 2024-2025-yillarda bajarilgan “Umumta’lim maktablarining 5-6-sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 23-fevraldagi 03-33-995-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning matnlar mazmunidan tarbiyaviy ma’no chiqarish jarayonlarini nutq madaniyati standartlari bilan uyg‘unlashtirishga erishilgan;
germenevtik yondashuvning didaktik imkoniyatlari matn, nutq va tarbiyaviy vaziyatlarni talqin qilish orqali ta’lim oluvchilarda ma’noni anglash, qadriyatli munosabat bildirish, kontekstual sharhlash va refleksiv xulosa chiqarish ko‘nikmalarini dialogik muhokama, germenevtik savollar va refleksiv topshiriqlar vositasida shakllantirish asosida takomillashtirishga doir takliflaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida 2025-2026 yillarda bajarilgan “Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarini milliy ruhda tarbiyalashning 7 yillik differensial texnologiyasi” nomli innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 23-fevraldagi 03-33-995-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim oluvchilarda ma’noni anglash, qadriyatli munosabat bildirish, kontekstual sharhlash va refleksiv xulosa chiqarish ko‘nikmalarini dialogik muhokama, germenevtik savollar va refleksiv topshiriqlar vositasida shakllantirishga erishilgan;
nutq madaniyati va ma’naviy tarbiyani rivojlantirish metodikasi o‘qituvchi nutqini faqat to‘g‘ri talaffuz, grammatik savodxonlik yoki so‘z boyligi bilan cheklamasdan, uni ma’noni anglash, axloqiy pozisiyani ifodalash odobi va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish vositasi sifatida tashkil etish asosida takomillashtirishga oid g‘oyalari Toshkent, Xorazm va Surxondaryo viloyatlari pedagogik mahorat markazlari hamda Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 23-fevraldagi 03-33-995-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchi nutqini faqat to‘g‘ri talaffuz, grammatik savodxonlik yoki so‘z boyligi bilan cheklamasdan, uni ma’noni anglash, axloqiy pozisiyani ifodalash odobi va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish vositasi sifatida tashkil etishga erishilgan;
o‘qituvchilarning nutq madaniyati va ma’naviy tarbiyasini rivojlantirish modeli milliy va umuminsoniy qadriyatlarni nutq vositasida etkazishning pedagogik mexanizmlari hamda didaktik imkoniyatlarini uzlyuksiz kasbiy rivojlanishning rasmiy, norasmiy va informal shakllari bilan uyg‘unlashtirish orqali o‘qituvchilarda ma’naviy-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Ijod maktablarining 7-sinfi uchun “Matnshunoslik alifbosi” nomli darslik va “Husnixat mashq daftari” mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 23-fevraldagi 03-33-995-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni nutq vositasida etkazishning pedagogik mexanizmlari hamda didaktik imkoniyatlarini uzlyuksiz kasbiy rivojlanishning rasmiy, norasmiy va informal shakllari bilan uyg‘unlashtirishga erishilgan;
o‘qituvchilarning nutq madaniyati va ma’naviy tarbiyasini rivojlantirish samaradorligi germenevtik yondashuvning didaktik imkoniyatlariga muvofiq ularda matn, nutq va tarbiyaviy vaziyatlarni talqin qilish, ma’noni anglash, qadriyatli munosabat bildirish ko‘nikmalari rivojlanganligini yuqori (ma’noni mustaqil ochish), o‘rta (ma’noni yo‘naltirilgan anglash) va past (ma’noni yuzaki qabul qilish) darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligiga ko‘ra asoslashga doir mualliflik g‘oyalaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida bajarilgan AL-9524115131-raqamli “Talabalarning ko‘ngilli ijtimoiy-metodik harakatlari asosida inklyuziv va uydagi ta’lim samaradorligini oshirish texnologiyalari” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2026-yil 26-martdagi 01-09/189-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, germenevtik yondashuvning didaktik imkoniyatlariga muvofiq o‘qituvchilarda matn, nutq va tarbiyaviy vaziyatlarni talqin qilish, ma’noni anglash, qadriyatli munosabat bildirish ko‘nikmalari rivojlanganligini yuqori, o‘rta va past darajalarda aniqlashga erishilgan.