G‘ozieva Shahnoza Baxtiyorovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): “Qadriyatli yondashuv asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida inklyuziv madaniyat ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi 
Dessertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9810
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori, professor Tojiboeva Xilolaxon Mahmutovna
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.02.01
Rasmiy opponentlar: Xusanova Sumbul Islamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xasanova Gulsanam Xusanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat  universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: qadriyatli yondashuv asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida inklyuziv madaniyat ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inklyuziv madaniyatni shakllantirish mexanizmlari o‘quvchilarda alohida ta’lim ehtiyojlari va nogironligi bo‘lgan shaxslarga hurmat, ijtimoiy adolat hamda o‘zaro yordam tushunchalarini tarkib toptirish orqali dars va darsdan tashqari pedagogik jarayon mazmuniga “hamkorlikda o‘qish”, “inklyuziv vaziyatni modellashtirish” va “jamoaviy qo‘llab-quvvatlash” modellarini integrativ kiritish asosida takomillashtirilgan;
inklyuziv madaniyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-volontyorlik loyihalari qadriyatli yondashuvning didaktik imkoniyatlariga muvofiq o‘quvchilarda o‘zaro empatiya, madaniy muloqot va ijtimoiy-hissiy qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida “Tengdoshga ko‘mak”, “Hammamiz birga o‘qiymiz”, “Do‘stlik ko‘prigi” kabi jamoaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari orqali takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarda inklyuziv madaniyat ko‘nikmalarini shakllantirishning indikativ modeli farqli ta’limiy vaziyatlarni anglash, tolerant pozisiyani namoyon etish hamda ta’lim-tarbiya muhitida faol ishtirokni ta’minlashga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar va konstruktiv xulq-atvor komponentlariga oid tarbiyaviy ta’sir usullarini bosqichma-bosqich tatbiq asosida takomillashtirilgan;
inklyuziv madaniyat ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligi o‘quvchilarda inson qadrini anglash, farqli ta’limiy ehtiyojlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish ko‘nikmalari rivojlanganligini yuqori (barqaror va mustaqil namoyon etish), o‘rta (vaziyatga bog‘liq holda namoyon etish), quyi (tashqi yo‘naltirish va ko‘mak asosida namoyon etish) darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligiga ko‘ra asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qadriyatli yondashuv asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida inklyuziv madaniyat ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
inklyuziv madaniyatni shakllantirish mexanizmlari o‘quvchilarda alohida ta’lim ehtiyojlari va nogironligi bo‘lgan shaxslarga hurmat, ijtimoiy adolat hamda o‘zaro yordam tushunchalarini tarkib toptirish orqali dars va darsdan tashqari pedagogik jarayon mazmuniga “hamkorlikda o‘qish”, “inklyuziv vaziyatni modellashtirish” va “jamoaviy qo‘llab-quvvatlash” modellarini integrativ kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida 2024-2025-yillarda bajarilgan “Umumta’lim maktablarining 5-6 sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 12-fevraldagi 03-33-814-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda alohida ta’lim ehtiyojlari va nogironligi bo‘lgan shaxslarga hurmat, ijtimoiy adolat hamda o‘zaro yordam tushunchalarini tarkib toptirishga erishilgan; 
inklyuziv madaniyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-volontyorlik loyihalari qadriyatli yondashuvning didaktik imkoniyatlariga muvofiq o‘quvchilarda o‘zaro empatiya, madaniy muloqot va ijtimoiy-hissiy qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida “Tengdoshga ko‘mak”, “Hammamiz birga o‘qiymiz”, “Do‘stlik ko‘prigi” kabi jamoaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari orqali takomillashtirishga oid mualliflik g‘oyalaridan “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “Bolalar va biz” nomli dasturlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 9-dekabrdagi 05-09-1988-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda o‘zaro empatiya, madaniy muloqot va ijtimoiy-hissiy qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida ijtimoiy-volontyorlik loyihalarini amalga oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarda inklyuziv madaniyat ko‘nikmalarini shakllantirishning indikativ modeli farqli ta’limiy vaziyatlarni anglash, tolerant pozisiyani namoyon etish hamda ta’lim-tarbiya muhitida faol ishtirokni ta’minlashga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar va konstruktiv xulq-atvor komponentlariga oid tarbiyaviy ta’sir usullarini bosqichma-bosqich tatbiq asosida takomillashtirishga doir tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Agar” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2026-yil 7-yanvardagi 15-20/18-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda farqli ta’limiy vaziyatlarni anglash, tolerant pozisiyani namoyon etishga yo‘naltirilgan konstruktiv xulq-atvor komponentlariga oid tarbiyaviy ta’sir usullarini bosqichma-bosqich tatbiq etishga erishilgan;
inklyuziv madaniyat ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligi o‘quvchilarda inson qadrini anglash, farqli ta’limiy ehtiyojlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish ko‘nikmalari rivojlanganligini yuqori (barqaror va mustaqil namoyon etish), o‘rta (vaziyatga bog‘liq holda namoyon etish), quyi (tashqi yo‘naltirish va ko‘mak asosida namoyon etish) darajalarda aniqlashning maqsadga muvofiqligiga oid takliflaridan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 2023-2025-yillarda amalga oshirilgan 672205602-raqamli “Ko‘zi ojizlar uchun spelling audio dictionary” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 12-fevraldagi 03-33-814-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda inson qadrini anglash, farqli ta’limiy ehtiyojlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish ko‘nikmalari rivojlanganligini yuqori, o‘rta va quyi darajalarda aniqlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish