Xoshimova Nargis Abdullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Muloqot jarayonida gender nutqi tadqiqi (o‘zbek, ingliz va rus tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.DSc/Fil1167
Ilmiy maslahatchi: Qobilova Zeboxon Bakirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sulaymanova Nilufar Jabbarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Gulyamova Shaxnoza Qahramonovna, filologiya fanlari doktori, professor; G‘ozieva Maftuna Muhammadxon qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek, ingliz va rus tillarida gender tili imkoniyatlari va nutqda uning ifoda shakllarini muloqot jarayonida tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
lingvogenderologiya yo‘nalishi pragmalingvistika, psixolingvistika, muloqot tilshunosligi, falsafa fanlarning kesimida o‘rganilib, o‘zbek, ingliz va rus tillari fonetik, leksik, morfologik, sintaktik lisoniy qatlamlarida genderodifferensial belgilari erkak va ayol nutqini farqlashi bilan birga uslubiy vositalarning gender nutqida qo‘llanilishi muloqot hamkorlik tamoyillaridan chekinish holatlarini barpo etishi asoslangan;
o‘zbek, ingliz va rus tillarda gender nutqida muloqot hamkorlik tamoyillari kategoriyalaridan voz kechish, ularni buzish holatlari inkvestiv va reprezentatsiv nutqiy aktlarda tahlil etilib, muloqot samarasizligiga olib keluvchi omillar aniqlangan, hamkorlik muloqot tamoyillari kategoriyalaridan chekinish holatlari muloqot samarasizligi bilan birga muloqot samaraligini ham vujudga keltirishi asoslangan;
erkak va ayol muloqoti jarayonida nizolar sabablarini gender muloqot to‘sqinliklari orqali izohlanishi hamda stereotipli-kognitiv, ijtimoiy-kommunikativ, gender rolli, kommunikativ muomala, etika-kommunikativ muloqot to‘sqinliklarning turlariga ko‘ra xushmuomalalik tamoyillarining kategoriyalari buzilishi o‘zbek, rus va ingliz tillari misolida dallilangan;
erkak va ayol muloqotida xushmuomalalik tamoyillarning buzilishi psixologik jihatdan izohlanib, tranzakt tahlili yordamida muloqotda yuzaga chiquvchi nizolarning botiniy va zohiriy tomonlari, gender nutqida mitigatsiya vositalari ingliz, rus va o‘zbek tillarida milliyligi bilan ajralib turishi hamda o‘zbek tilida -yu, -da yuklamalar misigatsion vosita vazifasini bajarishi isbotlangan;
muloqot jarayonida nizo va janjal janri orqali noverbal tilning gender nutqida ifodalanishi tahlil etilib, erkak nutqida kinetika (adaptor-ob’ektlar) va okulesika, ayol nutqida kinetika (adaptor-tana) hamda okulesika noverbal o‘lchamlari xushmuomalalik tamoyillarining buzilish implisit holatlarini yuzaga chiqarishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
gender nutqida muloqot hamkorlik tamoyillari kategoriyalaridan voz kechish, ularni buzish holatlarida inkvestiv va reprezentatsiv nutqiy aktlarda muloqot samarasizligiga olib keluvchi omillarning aniqlanishi, hamkorlik muloqot tamoyillari kategoriyalaridan chekinish holatlari muloqot samarasizligi bilan birga muloqot samaraligini vujudga keltirishiga doir xulosa va natijalaridan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlari) to‘plamini yaratish” mavzusidagi IZ-2019081663 raqamli fundamental loyiha doirasida “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘atini” yaratishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 2026-yil 5-yanvardagi 1/04-04-son ma’lumotnomasi). Natijada gender nutqida qo‘llanadigan lisoniy birliklar loyiha materiallarini, xususan, loyiha doirasida tayyorlangan lug‘atning mukammallashuviga xizmat qilgan;
erkak va ayol muloqoti jarayonida nizolar sabablari gender muloqot to‘sqinliklari orqali izohlanishi hamda stereotipli-kognitiv, ijtimoiy-kommunikativ, gender rolli, kommunikativ muomala, etika-kommunikativ muloqot to‘sqinliklarning turlariga ko‘ra xushmuomalalik tamoyillari kategoriyalari buzilishi o‘zbek, rus va ingliz tillari misolida dallilanishiga doir xulosa va natijalardan 2021-2023 yillarda “Musiqa va san’at muassasalari uchun “Bolalar raqsi” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 2026-yil 5-yanvardagi 1/04-05-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi loyihaning ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashuviga xizmat qilgan;
muloqot jarayonida nizo va janjal janri orqali noverbal tilning gender nutqida ifodasi, erkak nutqida kinetika (adaptor-ob’ektlar) va okulesika, ayol nutqida kinetika (adaptor-tana) va okulesika xushmuomalalik tamoyillarining buzilish holatlarini yuzaga chiqarishi asoslanishiga doir xulosa va natijalaridan Farg‘ona davlat universiteti 2023-2025 yillarda faoliyat olib borgan “Milliy neyropsixolingvistik tashxislash metodikasini yaratish” ALM-202304076-05 xalqaro amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan. (Farg‘ona davlat universiteti 2026 yil 17-apreldagi 04/4036-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyiha ishtirokchilarining psixolingvistika sohasi bo‘yicha tushunchalari boyitilib, psixolingvistika doirasida inson nutqi va tafakkuri chambarchas bog‘liq holda o‘rganilib, ma’lumotning katta qismi noverbal kanal orqali uzatilishi yuzasidan bilimlari takomillashtirilgan;
lingvogenderologiya yo‘nalishi pragmalingvistika, psixolingvistika, muloqot tilshunosligi, falsafa fanlarning kesimida o‘rganilib, gender tilining fonetik, leksik, sintaktik lisoniy qatlamlarda ifodasi bilan birga uslubiy vositalarning gender nutqida qo‘llanilishi muloqot hamkorlik tamoyillaridan chekinish holatlarini barpo etishiga asoslangan ilmiy xulosalardan “Lexicology through theory and practice” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-son buyrug‘iga asosan 110-248 raqamli ruxsatnoma). Natijada gender tili leksik xususiyatlarining eksplisit va implisit trazda ifodalanishi o‘quv qo‘llanmaning ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashuviga xizmat qilgan;
erkak va ayol muloqotida xushmuomalalik tamoyillarning buzilishi psixologik jihatdan izohlanishi, tranzakt tahlili yordamida muloqotda yuzaga chiquvchi nizolarning botiniy va zohiriy tomonlari, gender nutqida mitigatsiya vositalari ingliz, rus va o‘zbek tillarida milliyligi bilan ajralib turishiga doir ilmiy qarash va xulosalaridan 2026 yilda O‘zbekiston Milliy Radiotelekompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozish uchun foydalanilgan va muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2026-yil 5-yanvardagi 26-36-03-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar asosida tayyorlangan radiodasturlarning mazmuni ilmiy jihatdan boyitilgan.