Yarqulova Dilnoza Mehriddinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy badiiy diskursda zamon va makon munosabatlarining konseptuallashuvi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2. PhD/Fil4758
Ilmiy rahbar: Boltakulova Gulnoza Farruxovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: Sulaymanova Nilufar Jabborovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;  Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek badiiy diskursida zamon va makon munosabatlari, ularning ifodalanishi uchun xizmat qiluvchi turli lisoniy vositalar, ularning konseptuallashuvi hamda kognitiv, pragmatik, lingvomadaniy tamoyillarini tahlil qilgan holda, ularda anglashiladigan izomorf va allomorf xususiyatlarini badiiy diskursdan keltirilgan misollar, paremiologik, frazeologik va lisoniy birliklar orqali ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
borliq lisoniy manzarasining shakllanishida aks etadigan “zamon” va “makon” tushunchalariga oid badiiy, ijtimoiy-madaniy, falsafiy, kognitiv-mental mazmunni yoritish natijasida, mazkur konseptlarning chegaralarini tavsiflovchi semantik sathning umumiy va differensial aspektlari yoritib berilgan;
ingliz va o‘zbek badiiy diskursida zamon va makon semantikasini voqelantiruvchi temporal va lokativ birliklar struktur-sintaktik jihatdan qiyosiy tahlil etilib, ularni sintaksemalarga ajratgan holda paradigmatik va sintagmatik munosabatlari aniqlab,  badiiy matn tarkibida pragmatik va diskursiv xususiyatlari kompleks ochib berilgan;
muqoyasa qilinayotgan tillar tizimida yaratilgan badiiy asarlarning alohida turdagi diskurs maqomiga egaligi aniqlanib, ularda ifodalanilgan zamon va makon munosabatlarining konseptuallashuv jarayonida antiteza, metafora, metonimiya kabi stilistik vositalarning muhimligi dalillangan;
ingliz va o‘zbek badiiy diskursida zamon va makon munosabatlarini konseptuallashuvida xizmat qiluvchi leksik, frazeologik hamda paremiologik birliklar kognitiv, pragmatik, lingvomadaniy aspektda tahlil qilinib, ushbu turdagi diskursga universallikka moyil allomorf va alohida lingvomadaniyatga xos izomorf aspektlar ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy badiiy diskursda zamon va makon munosabatlarining qiyosiy tadqiq etilishi asosida:
borliq lisoniy manzarasining shakllanishida aks etadigan “zamon” va “makon” tushunchalariga oid badiiy, ijtimoiy-madaniy, falsafiy, kognitiv-mental mazmunni yoritish natijasida, mazkur konseptlarning chegaralarini tavsiflovchi semantik sathning umumiy va differensial aspektlari yoritib berilgan xulosalari va tahlili natijasidan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom Samarqand” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 20-noyabr kunidagi 01-07/388-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv va eshituv mazmun-mundarijasining ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va ilmiy qarashlar bilan boyitilgan;
ingliz va o‘zbek badiiy diskursida zamon va makon semantikasini voqelantiruvchi turli lisoniy birliklar struktur-sintaktik jihatdan qiyosiy tahlil etilib, ularni sintaksemalarga ajratgan holda paradigmatik va sintagmatik munosabatlari aniqlab,  badiiy matn tarkibida pragmatik va diskursiv xususiyatlari kompleks ochib berilgan xulosalardan Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Badiiy tarjima” bo‘limida o‘tkaziladigan suhbat va trening mashg‘ulotlarida amaliy manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 17-oktyabrdagi 01-06/993 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot natijalari o‘zbek adabiy merosini xorijiy tillarga tarjima qilishdagi uslubiy yondashuvlar va ekvivalentlik mezonlarini ishlab chiqishda  xizmat qilgan;
muqoyasa qilinayotgan tillar tizimida yaratilgan badiiy asarlarning alohida turdagi diskurs maqomiga egaligi aniqlanib, ularda ifodalanilgan zamon va makon munosabatlarining konseptuallashuv jarayonida antiteza, metafora, metonimiya kabi stilistik vositalarning muhimligi dalillangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2023-yil 18-maydagi 156-son buyrug‘i asosida 2023-2024-yillarda bajarilishi nazarda tutilgan A1-201704-sonli “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) fani bo‘yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab chiqish” nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga  o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti 2025-yil 16-oktyabr 03-17-09-978-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada keltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar loyiha ishlanmalarining takomillashishiga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek badiiy diskursida zamon va makon munosabatlarini konseptuallashuvida xizmat qiluvchi leksik, frazeologik hamda paremiologik birliklar kognitiv, pragmatik, lingvomadaniy aspektda tahlil qilinib, ushbu turdagi diskursga universallikka moyil allomorf va alohida lingvomadaniyatga xos izomorf aspektlar ochib berilgan xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi University” nomli xalqaro grand loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 21-oktyabrdagi 04/5617-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada keltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar loyiha ishlanmalarining takomillashishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish