Sapaeva Feruza Davlatovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi
haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mumtoz she’riy matnlarning qardosh tillarga tarjimasi muammolari (Maxtumquli she’rlarining o‘zbek, qoraqalpoq va ozarbayjon tillaridagi tarjimalari misolida)” mavzusidagi 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Fil657.
Ilmiy maslahatchi: Omonov Qudratulla Sharipovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.05.03.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kurambaeva Gulandam Karimbaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi Maxtumquli she’rlarining o‘zbek, qoraqalpoq va ozarbayjon tillaridagi tarjimalari misolida mumtoz matnlarni qardosh tillarga tarjima qilishning muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mumtoz she’riy matnlarni qardosh turkiy tillarga o‘girishda tillararo genetik yaqinlik omili, lug‘aviy qulayliklar, ma’noviy chalkashliklar asoslangan hamda Maxtumquli she’rlarining turkiy tillardagi tarjimalari takomili yoritilgan;
Maxtumquli she’rlarining o‘zbek, qoraqalpoq va ozarbayjon tillaridagi tarjimalari misolida mumtoz asarlarni qardosh tillarga o‘girishda badiiy shakl va mazmunni saqlash usullari aniqlangan hamda tillararo tarjimada milliy o‘ziga xoslikni qayta yaratishning qiyosiy modellari ishlab chiqilgan;
Maxtumquli she’riyatining qardosh tillardagi tarjimasida shaklan o‘xshash, semantik jihatdan farqli birliklar – “soxta ekvivalentlar”ning yuzaga kelish sabablari aniqlangan hamda ularning asliyatdagi ma’no ko‘lamini etkazish tamoyillari konseptual jihatdan dalillangan;
Maxtumquli nazmiy asarlaridagi milliy xos so‘zlar va diniy-irfoniy tushunchalarning qardosh tillardagi ifodasi aniqlanib, tarjimon talqinida asliyatning lisoniy-uslubiy jozibasini saqlash hamda mumtoz poetik merosni qayta yaratishning mezonlari asoslangan;
tarjimada badiiy tasvir vositalarini aks ettirish hamda mumtoz she’riy matnning qardosh turkiy tillardagi talqinida muqobil vazn topish, qofiya tizimini saqlash va radifni qayta yaratish kabi janr muammolari Maxtumquli she’riyati misolida asoslanib, mumtoz she’r qurilishining lisoniy va estetik qonuniyatlari aniqlanlgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maxtumquli she’rlarining o‘zbek, qoraqalpoq va ozarbayjon tillaridagi tarjimalarining qiyosiy tahlili hamda qardosh tillardan tarjima masalalari tadqiqi jarayonida olingan natijalar asosida:
Maxtumquli she’rlarining o‘zbek, qoraqalpoq va ozarbayjon tillaridagi tarjimalarida soxta ekvivalentlar masalasi, paronim va tusmol ekvivalentlar muammosini o‘rganish masalasiga doir ilmiy-nazariy umumlashmalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zRFAQQB ning 2025 yil 16 maydagi 279/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mumtoz matnlarda Maxtumquli she’rlari tarjimalaridagi muammo o‘zbek va qoraqalpoq, ozar tillaridagi adabiyotshunoslik va tilshunoslik nuqtayi nazaridan maxsus o‘rganilib, ilmiy-nazariy xulosalar chiqarilganligi, milliy xos so‘zlar, realiyalar bilan bog‘liq uslubiy xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy ishlarni qiyosiy-tipologik jihatdan tadqiq etishga muhim asos bo‘lgan;
Mumtoz matnlar tarjimasida qardosh o‘zbek, turkman, qoraqalpoq va ozarbayjon adabiy aloqalarida Maxtumquli maqomi, xususan mumtoz she’riy yoki nasriy matnlar tarjimasi, tarixi, ularni ilmiy tadqiqot sifatida o‘rganish, adabiy-madaniy aloqalar tarixini yoritishda, adabiy ta’sir shakllari, ularning o‘zaro diffuziyasi, adabiy an’ana va unga munosabat masalalari ochib berilishiga xos tadqiqotlar haqidagi xulosalar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023 yil 1 iyundan 2025 yil 31 maygacha bajarilishi mo‘ljallangan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasi uchun manba sifatida foydalanilgan (O‘zDJTUning 2025 yil 24 maydagi 04-04-1/2499-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar orqali zaruriy ma’lumotlar olingan;
Tarjimada mumtoz matn uslubini aks ettirish muammosi – Maxtumquli she’rlarining o‘zbek, qoraqalpoq va ozarbayjon tillaridagi tarjimalari misolida milliy kolorit bilan bog‘liq birliklarning qardosh tillardagi tarjimalarida ifodalanishi hamda tarjimalarda ularning aks ettirish usullari haqidagi turli tarjimashunoslik maktabi vakillarining milliy koloritga, tarjima tiliga oid ilmiy qarashlarini o‘zaro taqqoslaganda olingan nazariy fikrlar, xulosalar va tarjimalarni asliyat bilan qiyoslash jarayonida yuzaga kelgan tahlillar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining ustuvor yo‘l xaritalari, dasturlari, adabiy muhokamalarida, ilmiy yig‘inlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025 yil 3 iyundagi 01-03/250-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarjimashunoslikning muhim masalalaridan biri bo‘lgan milliy xos so‘zlar va ularni tarjimada yuzaga chiqarishning usullari bo‘yicha adabiy tarjima bilan shug‘ullanuvchi ijodkorlarning bilim va malakasini oshishiga xizmat qilgan;
Tarjimada badiiy tasvir vositalarini qayta yaratish, milliy xos so‘zlar tarjimasi, mumtoz she’riy matn tarjimasida vazn, qofiya va radif, shuningdek, qiyosiy tarjimashunoslikka doir ilmiy-nazariy umumlashmalardan O‘zRFAQQB Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan “Qoraqalpoq yozuvchilarining ijodiy laboratoriyasini monografik aspektda tahlil qilish” (2021-2023) mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zRFA QQ bo‘limining 2025 yil 17 oktyabrdagi 633/1-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy jarayon va adabiy aloqalar, badiiy adabiyot, individual uslub masalalarini o‘rganishda, xususan Alisher Navoiy, Fuzuliy, Berdaq, Ajiniyoz, Maxtumquli singari o‘zbek, qoraqalpoq, turkman, ozar mumtoz adabiyoti vakillarining noyob asarlarining g‘oyaviy-badiiy, uslubiy xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy ishlarni qiyosiy-tipologik jihatdan tadqiq etishga hamda turkman, ozar, qoraqalpoq va o‘zbek adabiyoti haqidagi qarashlarning boyitilishiga muhim asos bo‘lgan;
Maxtumquli ijodi bilan bog‘liq qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari bo‘yicha takliflar va ilmiy tadqiqot ishlaridagi dolzarb mavzular, undagi ilmiy-nazariy, ilmiy-adabiy, ma’rifiy-axloqiy qarashlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining millatlararo totuvlikka doir “Miyras”, “Assalao‘ma әleykum, Qaraqalpaqstan”, “Jaңaliqlar”, “Izlenis” singari teleko‘rsatuv va eshittirishlarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2025 yil 12 iyundagi 05-22/347-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot manbalari aholiga, o‘quvchi yoshlarga, talabalarga, olimlarga va badiiy adabiyotga qiziquvchi keng ommaga targ‘ib etilib, madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvlar tomoshabopligi ta’minlangan.