Dilmonov Qudrat Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim xizmatlarida inson salohiyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish (Buxoro viloyati OTMlari misolida)”, 08.00.05– Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2739
Imiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.1.72.05
Rasmiy opponentlar: Xidirova Gavhar Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Safarov Farhod Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim xizmatlarida inson salohiyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondoshuvga ko‘ra “inson salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni insonning xalqaro madaniy tahdidlar sharoitida raqamlashgan inklyuziv makonda oliy ta’limda barcha moddiy va ma’naviy, ichki va tashqi kuchlarini mujassam etgan keng qamrovli faoliyatni olib borishida raqamli hamda mafkuraviy salohiyati mukammaligi nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
inklyuziv shakldagi oliy ta’lim xizmatlarini rivojlantirishda ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan ilmiy darajaga ega pedagogik xodimlar, muassasaning barqaror rivojlanish imkoniyatlari, yaratilgan inklyuziv infratuzilmaning multiplikativ ta’siri (Y= Is+BR+Ii) darajasining past (Y=0,1-0,4), o‘rta (Y=0,4-0,7), yuqori (Y=0,8-1,0) intervallarda inobatga olinishi maqsadga muvofiqligi asoslangan;
oliy ta’limda xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishda umumiy samaradorlikkka nisbatan inson salohiyati (IS=0,25), inson kapitali (IK=0,15), mehnat salohiyati (MS=0,25), kadrlar salohiyati (KS=0,15), shaxsiy salohiyat (ShS=0,20) indekslarini ko‘p darajali integrallari balansiga asoslangan mualliflik yondoshuvi taklif etilgan;
Buxoro viloyatida talabalar soni o‘zgarishiga ilmiy darajalilar soni, oliy ma’lumotli xodimlar soni, muassasada xodimlar uchun yaratilgan inkluziv sharoitlar ta’sirini baholash asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim xizmatlarida inson salohiyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish (Buxoro viloyati OTMlari misolida) bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondoshuvga ko‘ra “inson salohiyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni insonning xalqaro madaniy tahdidlar sharoitida raqamlashgan inklyuziv makonda oliy ta’limda barcha moddiy va ma’naviy, ichki va tashqi kuchlarini mujassam etgan keng qamrovli faoliyatni olib borishida raqamli hamda mafkuraviy salohiyati mukammaligi nuqtai-nazaridan takomillashtirirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25-yanvardagi PF-5313-son “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025 yil 4-noyabrdagi 02/01-01-460-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholi turli toifalarini “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi bo‘yicha kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish asosida katta yoshli aholi, shuningdek, ishsiz yoshlar va nogiron shaxslarning mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga imkon yaratgan;
inklyuziv shakldagi oliy ta’lim xizmatlarini rivojlantirishda ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan ilmiy darajaga ega pedagogik xodimlar, muassasaning barqaror rivojlanish imkoniyatlari, yaratilgan inklyuziv infratuzilmaning multiplikativ ta’siri (Y= Is+BR+Ii) darajasining past (Y=0,1-0,4), o‘rta (Y=0,4-0,7), yuqori (Y=0,8-1,0) intervallarda inobatga olinishi maqsadga muvofiqligi asoslangan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari”ning 7v-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’lim tizimini rivojlantirish markazining 2025 yil 4-noyabrdagi №02/01-01-460 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarining quvvati, ilmiy salohiyati va boshqa asosiy ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash asosida ilmiy darajaga ega pedagogik xodimlarning oliy ma’lumotli pedagog xodimlardagi ulushining ta’siri 78,2 foiz aniqlikda baholash imkonini bergan;
oliy ta’limda xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishda umumiy samaradorlikkka nisbatan inson salohiyati (IS=0,25), inson kapitali (IK=0,15), mehnat salohiyati (MS=0,25), kadrlar salohiyati (KS=0,15), shaxsiy salohiyat (ShS=0,20) indekslarini ko‘p darajali integrallari balansiga asoslangan mualliflik yondoshuvi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan 3-bob “Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari”ning 3-xatboshidagi strategik maqsadlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025 yil 4-noyabrdagi 02/01-01-460-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirishda yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish imkonini bergan;
Buxoro viloyatida talabalar soni o‘zgarishiga ilmiy darajalilar soni, oliy ma’lumotli xodimlar soni, muassasada xodimlar uchun yaratilgan inkluziv sharoitlar ta’sirini baholash asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan 3-bob “Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari”ning 1-paragrafidagi birinchi xat boshida belgilangan vazifalarini amalga oshirish chora tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025 yil 4-noyabrdagi 02/01-01-460-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarining quvvati, ilmiy salohiyati va boshqa asosiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda qabul parametrlarini mustaqil belgilashining 2030 yilga qadar o‘zgarishi prognoz qilingan.