Primova Shaxnoza Komiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarida audit tizimini takomillashtirish”, 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5491.
Ilmiy rahbar: Mamatkulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot Universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSS.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Maxsudov Begmatjon Yo‘ldashalievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Baxadirov Alisher Komilovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarida audit tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar faoliyatining kompleks audit indikatorlar tizimi tariflar tuzilishi, xarajatlar elementlarining tarkibiy dinamikasi hamda xizmat ko‘rsatish sifatining auditorlik bahosi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashga qaratilgan integral baholash mezonlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
uy-joy mulkdorlari shirkatlari moliyaviy faoliyatida maqsadli tushumlarning funksiyaviy xarajatlar tuzilmasi bilan o‘zaro mutanosibligini tahlil qilish, resurslardan foydalanish samaradorligini aniqlash va xizmatlar natijadorligini baholash imkonini beruvchi audit ketma-ketligi taklif etilgan;
uy-joy xo‘jaligi sub’ektlarida audit salohiyatini baholash indikatorlari va mezonlari asosida har bir sub’ekt uchun hisoblanuvchi umumiy ballni “yuqori salohiyatli” (26-30 ball), “o‘rtacha salohiyatli” (20-25 ball), “past salohiyatli” (15-19 ball), “xavfli zona” (14 va undan past) darajalari bo‘yicha tasniflash taklifi asoslangan;
uy-joy mulkdorlari va fuqarolar murojaatlari va jamoatchilik fikrini auditorlik dalili sifatida qabul qilishning institutsional modeli uni kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi audit amaliyotiga integratsiya qilish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarida audit tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar faoliyatining kompleks audit indikatorlar tizimi tariflar tuzilishi, xarajatlar elementlarining tarkibiy dinamikasi hamda xizmat ko‘rsatish sifatining auditorlik bahosi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashga qaratilgan integral baholash mezonlarini kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 26-iyundagi 16-06/7106-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlarda hisob siyosatini faoliyat turlari va xizmat funksiyalariga mos ravishda shakllantirish imkoniyati yaratildi, bu esa hisobotlardagi aniqlik va xolislik darajasini oshirishga, moliyaviy jarayonlarning tahlil qilish va nazorat qilish samaradorligini kuchaytirishga xizmat qilgan;
uy-joy mulkdorlari shirkatlari moliyaviy faoliyatida maqsadli tushumlarning funksiyaviy xarajatlar tuzilmasi bilan o‘zaro mutanosibligini tahlil qilish, resurslardan foydalanish samaradorligini aniqlash va xizmatlar natijadorligini baholash imkonini beruvchi audit ketma-ketligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 26-iyundagi 16-06/7106-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida uy-joy mulkdorlari shirkatlarining moliyaviy faoliyati ustidan amaliy baholash va qaror qabul qilishni takomillashtirishga xizmat qiluvchi innovatsion audit algoritmi bo‘lib, u nafaqat tushum va xarajatlar o‘rtasidagi real nisbatni aniqlaydi, balki xizmatlar sifati, moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy natijalarning ichki bog‘liqligini ham aniqlash imkonini bergan;
uy-joy xo‘jaligi sub’ektlarida audit salohiyatini baholash indikatorlari va mezonlari asosida har bir sub’ekt uchun hisoblanuvchi umumiy ballni “yuqori salohiyatli” (26-30 ball), “o‘rtacha salohiyatli” (20-25 ball), “past salohiyatli” (15-19 ball), “xavfli zona” (14 va undan past) darajalari bo‘yicha tasniflash taklifi O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 26-iyundagi 16-06/7106-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida xizmat ko‘rsatish tannarxining shakllanishi, xarajatlar tarkibining iqtisodiy bahosi va xizmat sifatining amaliy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi uyg‘unlik baholanib, audit faoliyatining ob’ektivlik darajasi hamda boshqaruv qarorlarining asoslanganligi sezilarli darajada oshirgan;
uy-joy mulkdorlari va fuqarolar murojaatlari va jamoatchilik fikrini auditorlik dalili sifatida qabul qilishning institutsional modelini kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi audit amaliyotiga integratsiya qilish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 26-iyundagi 16-06/7106-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida uy-joy mulkdorlari va fuqarolarning fikr va murojaatlari audit jarayonida mustaqil va ishonchli dalil manbai sifatida foydalanilishi ta’minlanib, auditorlik xulosalarining ijtimoiy asosliligi va ta’sirchanligini kuchaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish