Butaev Azamat Xasandjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miasteniyaning klinik morfologiyasi va uni kompleks davolashda lazer texnologiyalari qo‘llanilishini asoslash», 14.00.15–Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib280.
Ilmiy rahbar: Baybekov Iskander Muxammedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Xasan Ziyaevich tibbiyot fanlari doktori, professor; Magrupov Baxodir Asatullaevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: halqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: miasteniyani jarrohlik davolashda detoksikatsiyaning efferent usullari va qonni lazer nurlantirishdan kompleks foydalanish samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
timektomiyadan keyin turli muddatlarda va ungacha miasteniya mavjud bemorlardagi periferik qon eritrotsitlarining tarkibi va o‘zgarishning patomorfologik ko‘rstkichlari baholangan;
eritrotsitlar va periferik mikrotsirkulyasiya holatiga turli uzunlikdagi past intensiv lazerli nurlantirish bilan teri va vena tomir ichi orqali qonni lazer nurlanishining ta’siri taqqoslama baholash tartibi asoslangan;
vena tomir ichi hamda teri orqali qonning lazerli nurlanishining eritrotsitlarga ta’sirining taqqoslama xususiyatlari asosida miasteniyadagi qonni lazerli nurlantirishning optimal tartiblari belgilangan;
periferik qon eritrotsitlari shaklidagi temektomiyagacha va undan keyin plazmaferezga ta’sir tizimi baholangan;
miasteniyani davolashda plazmaferez va qonni efferent lazerli nurlantirish usullardan birgalikda foydalanishning maqsadga muvofiqligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Miasteniyaning klinik morfologiyasi va uni kompleks davolashda lazer texnologiyalari qo‘llanilishini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Jarrohlik va dermatologiyada tashxis qo‘yish va kompleks davolashda lazerli texnologiyalardan foydalanish» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 21 oktyabrdagi 8n-d/227-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma jarrohlik va dermatologiyada tashxis qo‘yish va kompleks davolashda lazerli texnologiyalardan foydalanish orqali kasalliklarni kamaytirish imkonini bergan;
miasteniyaning klinik morfologiyasi va uni kompleks davolashda lazer texnologiyalari qo‘llanilishini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand shahar klinik shifoxonasining yuz-jag‘ jarrohlik bo‘limi hamda Samarqand viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 6 yanvardagi 8n-z/2-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi miasteniyaning klinik morfologiyasi va uni kompleks davolashda lazer texnologiyalari qo‘llanilishini asoslash jarrohlik va teri kasalliklarini davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan.