Rustambekova Feruza Rustambek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznesda mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish asosida rivojlantirish», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5263.
Ilmiy rahbar: Rashidov Rahmatullo A’lojonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.15.07.
Rasmiy opponentlar: Mullabaev Bahtiyor Bulturbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Baybabaeva Firuza Nabijonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznesda mahsulot ishlab chiqarish faoliyatini diversifikatsiya qilish asosida rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes subektlari faoliyatini diversifikatsiyalash” tushunchasining iqtisodiy mazmuni cheklangan resurslar sharoitida bozor talabiga mos yangi faoliyat yo‘nalishlarini o‘zlashtirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tuzilmasini kengaytirish hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy qarorlar tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot diversifikatsiyasi darajasini baholash >0,50 – “juda past diversifikatsiya” (1-2 turdagi mahsulot hukmronligi), 0,35–0,50 – “o‘rtacha diversifikatsiya” (3-5 turdagi asosiy mahsulot), 0,25-0,35 – “samarali diversifikatsiya” (6-10 turdagi mahsulot), 0,15-0,25 – “optimal diversifikatsiya” (muvozanatli taqsimlangan portfel, 10-20 turdagi mahsulot), <0,15 – “o‘ta yuqori diversifikatsiya” (20 turdan ortiq mahsulot) holatlarini ifodalovchi miqdoriy chegaralar asosida takomillashtirilgan;
kichik biznes subektlarida mahsulot ishlab chiqarish diversifikatsiyasini strategik rejalashtirish mexanizmi bozor muhitini kompleks tahlil qilish, resurslar salohiyatini baholash va muqobil strategiyalarni ishlab chiqish va tanlashda manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvchi guruhlar orqali qarorlarni muhokama qilish jarayonini kiritish orqali takomillashtirilgan;
“FAHR NUR SERVIS” MChJda mahsulot diversifikatsiyasi, marketing xarajatlari va savdo hajmini oshirish orqali sof foydani barqaror o‘stirishga ta’sirining ekonometrik trend modellari asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznesda mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish asosida rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes subektlari faoliyatini diversifikatsiyalash” tushunchasining iqtisodiy mazmuni cheklangan resurslar sharoitida bozor talabiga mos yangi faoliyat yo‘nalishlarini o‘zlashtirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tuzilmasini kengaytirish hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy qarorlar tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-metodologik materiallaridan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Global iqtisodiy xavfsizlik» nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14 apreldagi 136-sonli buyrugʼi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabarlarda «kichik biznes subektlari faoliyatini diversifikatsiyalash» tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalar shakllantirish imkoni yaratilgan.
ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot diversifikatsiyasi darajasini baholash >0,50 – “juda past diversifikatsiya” (1-2 turdagi mahsulot hukmronligi), 0,35–0,50 – “o‘rtacha diversifikatsiya” (3-5 turdagi asosiy mahsulot), 0,25-0,35 – “samarali diversifikatsiya” (6-10 turdagi mahsulot), 0,15-0,25 – “optimal diversifikatsiya” (muvozanatli taqsimlangan portfel, 10-20 turdagi mahsulot), <0,15 – “o‘ta yuqori diversifikatsiya” (20 turdan ortiq mahsulot) holatlarini ifodalovchi miqdoriy chegaralar asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlardagi kichik tadbirkorlik subektlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 20-yanvardagi SSP/N-05-33-510-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida mahsulot assortimentlarini 12.4 %ga oshirishga, ob’ekt sifatida tanlangan “FAHR NUR SERVIS” MChJ mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan;
kichik biznes subektlarida mahsulot ishlab chiqarish diversifikatsiyasini strategik rejalashtirish mexanizmi bozor muhitini kompleks tahlil qilish, resurslar salohiyatini baholash va muqobil strategiyalarni ishlab chiqish va tanlashda manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvchi guruhlar orqali qarorlarni muhokama qilish jarayonini kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlardagi kichik tadbirkorlik subektlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 20-yanvardagi SSP/N-05-33-510-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kelgusida viloyat iqtisodiy zona hududida yangi mahsulot ishlab chiqarish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha “Yo‘l xaritasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
“FAHR NUR SERVIS” MChJda mahsulot diversifikatsiyasi, marketing xarajatlari va savdo hajmini oshirish orqali sof foydani barqaror o‘stirishga ta’sirining ekonometrik trend modellari asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlardagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 20-yanvardagi SSP/N-05-33-510-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2026-2030 yillarda “FAHR NUR SERVIS” MChJ faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda istiqbol parametrlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.